O‘quv rejasi va ishchi dasturlarga qo'yiladigan talablar




Download 458,85 Kb.
bet27/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

O‘quv rejasi va ishchi dasturlarga qo'yiladigan talablar.
Oliy ta’limning o‘quv-meyoriy xujjatlariga o‘quv rejasi, o'quv dasturi va darsliklar kiradi. O‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi o‘quv rejasi.
Tayanch o'quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bo'lib, u namunaviy va amaliy o'quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tayanch o'quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy o'quv reja tayanch o'quv rejasi asosida tuziladi va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo'ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o'quv rejalari ishlab chiqiladi.
O'quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
- o'quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;
-ushbu ta’lim muassasasida o'rganiladigan o'quv fanlari tartibi;
- o'qish yillari bo'yicha fanlarni taqsimlash;
-har bir fan bo'yicha yaxlit ta’lim davri va har bir kursda fanlarni o'rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
- har bir fanni o'rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
-praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
O‘quv dasturi-muayyan o'quv fani bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar
mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o'rganilishi bo'yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o'rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat. O'quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo'lishi mumkin.
Namunaviy o'quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim
standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O'quv dasturlari quyidagilardan iborat
bo'ladi:
-ushbu fanni o'rganish maqsadlari, o'quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o'qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
- o'rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
-kursning alohida savollarini o'rganishga o'qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro'yxati;
- fanlararo va kurslararo bog'liqlikni amalga oshirish bo'yicha ko'rsatmalar;
- o'quv uskunalari va ko'rgazmali qo'llanmalar ro'yxati;
- tavsiya etiladigan adabiyotlar.

Download 458,85 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Download 458,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv rejasi va ishchi dasturlarga qo'yiladigan talablar

Download 458,85 Kb.