Turistik xizmatlar sotishda raqobat




Download 490,94 Kb.
bet107/123
Sana30.01.2024
Hajmi490,94 Kb.
#148296
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123
Bog'liq
Turopereyting-fayllar.org

22.2. Turistik xizmatlar sotishda raqobat

strategiyasini ishlab chiqish
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jahondagi ko‘plab yirik kompaniya va firmalarning tovar tarqatish kanallari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ularning qisqarishiga sabab bo‘ldi. Asosan bu inqirozda talabning keskin kamayib ketishi oqibatida chakana savdo korxonalari katta zarar ko‘rdi. Ishlab chiqaruvchilar va ularning tovar tarqatish kanallarida yig‘ilib qolgan ortiqcha tovar zahiralari ijtimoiy takror ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatishi natijasida mamlakatlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketdi. Bu sharoitda ayniqsa ko‘p kanalli tovar tarqatish tizimidan foydalanuvchilar ziyon ko‘rishdi. Sababi barcha kanallarni moliyaviy ta’minoti zaiflashib ketdi. Ishlab chiqaruvchilar uchun samarali tovar sotilishlarni ta’minlaydigan tovar tarqatish kanallariga ehtiyoj ortib ketdi.
Keyingi paytda raqobatda engib chiqish, tovar sotish hajmini oshirish, bozorni keng qamrab olish, bozordagi mavqeini mustahkamlash, korxona rentabelligini oshirish maqsadida tovar tarqatish tizimida integratsiyalashuv, taqsimot tizimlari ichida samarali o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish va ularning kooperatsiyasi yuz bermoqda. Natijada tovar tarqatish kanallarining tarkibiy tuzilishida o‘zgarishlar bo‘lib tovar tarqatish kanallarining yangi variantlari shakllanmoqda. Tovar tarqatish kanallarining tuzilish variantlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ular quyidagi muammolarni echa olishi kerak:
tovarni pirovard iste’molchiga tomon siljitishda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan aniq sheriklarni aniqlash;
tovarni kerakli joyga va kerakli vaqtda etkazib berilishini ta’minlaydigan optimal tizimni shakllantirish;
kerakli miqdordagi tovar aylanishini ta’minlay oladigan va kerakli hajmdagi tovar zahirasini boshqara oladigan savdo tarmoqlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
mavjud va potensial iste’molchilar bilan aloqani o‘rnatish, saqlab qolish va yaxshilash;
tovar harakati jarayonini tashkil qilish, transportirovka va omborlashtirish;
tovar harakati jarayonini va u bilan bog‘liq xarajatlarni optimallashtirish.
Umuman, «ishlab chiqaruvchi-iste’molchi» zanjirida vositachilarning soni va ularning funksiyalari tovardan tovarga, hududdan hududga, mamlakatdan mamlakatga o‘zgaradi. Kanalning ko‘pchilik ishtirokchilari tovarlarni faqat sotib oladilar va qayta sotadilar, boshqalari esa marketing tadbirlariga ko‘proq e’tibor berishga harakat qiladilar. Yevropa davlatlarining tajribasi tovar tarqatish kanalining, shu jumladan, uning alohida elementlarining umumiy holda rivojlanishi va takomillanishidagi muayyan tendensiyalar haqida guvohlik beradi. Lo‘nda ko‘rinishda ularning ma’nosi quyidagidan iborat:
taqsimot kanallaridagi oraliq bo‘g‘inlarning soni tovarlarni etkazib berishning transport tizimlaridan foydalanishni va axborot uzatishni takomillashtirish hisobiga, shuningdek, ko‘p hollarda ulgurji sotuvchi funksiyalarni bajarish imkoniyatlarini isbotlayotgan tovar ishlab chiqaruvchilarning mavqei ko‘chayishi o‘rniga ulgurji savdo-sotiq rolining pasayishi hisobiga qisqarib bormoqda (shuningdek, bu yo‘nalishlarning tashabbuskorlari chakana sotuvchilar bo‘lishi ham mumkin);
taqsimlash kanallarida narx siyosatini shakllantirish ustidan nazoratning ko‘chayishi, chakana savdo-sotiqning agressiv siyosatiga qarama-qarshi o‘zining taqsimlanish tizimlarini yaratishga harakat qiladigan yirik kompaniyalar;
aholi tomonidan bo‘sh va ish vaqtidan foydalanishda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, bu esa o‘z navbatida taqsimlash kanalini sotish texnologiyasining rayional va samarali usullaridan foydalanish o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mikroprotsessorlar (ayniqsa, ularni programmalash imkoniyatlarini), iste’molchilarning bo‘sh vaqtini ancha tijashga va bir vaqtda qulaylik va servis xizmat ko‘rsatishga imkon beradigan supermarketlar va do‘kon kulblarni rivojlantirish kabi tomonlarini qayta baholashga olib keladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, tovar tarqatish kanallarining tuzilish variantlari dastavval manfaatlar va maqsadlarni, korxona rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda shakllanishi kerak.
Tovar tarqatish kanallarining tuzilish variantlari bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolar bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Tovar tarqatish kanallari tuzilish variantlarining nazariy muammolari asosan ilmiy adabiyotlarda aniq tovar tarqatish kanallarining tasnifi keltirilmayotganligidadir. To‘g‘ri iqtisodiy taraqqiyot davomida tovar tarqatish kanallari tuzilish variantlari rivojlanib, yangilanib, takomillashib bormoqda. Shuningdek har bir mamlakatning milliy xususiyatlari, rivojlanish darajasi, me’yoriy-huquqiy asoslaridan kelib chiqqan holda tovar tarqatish kanallarining tuzilish variantlarida har xil farqlar mavjud.Pirovard iste’molchiga tovarni etkazib berish shakliga ko‘ra tovar tarqatish kanallarining uchta: bevosita, bilvosita va aralash kanal turlari mavjud.

Download 490,94 Kb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123




Download 490,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turistik xizmatlar sotishda raqobat

Download 490,94 Kb.