• E.N.Xodjaev, R.T.Yunusova, E.Radjabov, M.To‘raqulov, I.Olloyorov, Y.Abdullaev, Sh.Musaeva, B.Abdukarimov
  • M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov




    Download 490,94 Kb.
    bet105/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov


    Raqobat maydoni - u halol-pokiza yashash, g‘alaba qilish uchun kurash maydonidir. Bu maydonda har bir tadbir-kor raqibining, ya’ni raqobatchining sha’niga, nufuziga tegmagan holda o‘zining tovari (ish, xizmati)ni xaridorgir qilib o‘z iqtisodiyotini tiklab, tovarining ham, o‘zining ham raqobatbardoshligini ta’minlashga erishmog‘i lozim.




    E.N.Xodjaev, R.T.Yunusova, E.Radjabov, M.To‘raqulov, I.Olloyorov, Y.Abdullaev, Sh.Musaeva, B.Abdukarimov

    Raqobat g‘oliblar va engilganlarning o‘zaro musobaqasi shakli bo‘lib, u bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o‘rtasida ro‘y beradi...bu esa ular orasida qarama-qarshilik paydo bo‘lishiga, ishbilarmonlarning o‘z oldiga qo‘ygan vazi-fasiga boshqalar manfaatiga zarar etkazmagan holda erishishga olib keladi.



    Mamlakatimiz va xorij iqtisodchi olimlarning fikrlari tahlil qilinib, quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: “raqobat” - bu iste’molchilar manfaati uchun zaruriy bozor elementi bo‘lib, uni o‘rganish bozorda o‘tkaziladigan tadqiqotlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki bu tadqiqotlar turizm xizmatlari raqobatbardoshligini boshqarishni tashkil etishda asos bo‘ladigan strategiya va taktikani ishlab chiqish, texnik daraja va sifatni oshirishda to‘g‘ri yo‘l tanlash masalalarini hal qilishga yordam beradi.
    “Raqobatbardoshlik” raqobatning natijaviy mahsuli bo‘lib, iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda turizm sohasida tezda va qisqa muddatlarda yuzaga keladi. Shuning uchun, turizm sohasida raqobatdan cho‘chimaslik, ikkilanmaslik talab qilinadi, chunki birinchidan, turizm bozoridagi raqobat natijalari bo‘yicha qisqa vaqtda bo‘lajak rejaning maqsadi va vazifasini belgilab olish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, turizmdagi xizmatlar sifatini iqtisodiyotning moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohalariga tenglashtirganda qisqa vaqtda yaxshilash, oshirish mumkin. Shuningdek, yangi turistik xizmatlarning reklamasini ham tezlikda turizm bozoriga taklif qilish imkoniyatlari ham mavjud bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining iqtisodiy muvaffaqiyati ularning qanchalik raqobat qonuni va uning ko‘rinishlarini o‘rganganlari, raqobat kurashiga tayyor ekanliklariga bog‘liq bo‘ladi. Hozirda “raqobatbardoshlik” atamasi ishlab chiqaruvchilar, xususan xizmat ko‘rsatuvchilar, tadbirkorlar orasida kam ishlatilmoqda. Bu ichki bozorda raqobat darajasining pastligidan va xizmat ko‘rsatishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ulushi kamligini bildiradi. O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotida bosqichma-bosqich integrallashuvi korxonalar raqobatbardoshligini oshirish muammosining dolzarbligini belgilamoqda. Hozirgi paytda “raqobatbardoshlik” mohiyatini chuqurroq anglash uchun turli mualliflar ta’riflarini ko‘rib chiqamiz (8-jadval):
    Mamlakatimiz va xorij iqtisodchi olimlarining fikrlarini tahlil qilib, raqobatbardoshlikning takomillashgan ta’rifini keltiramiz: “raqobatbardoshlik” - bu ma’lum bir bozorda tovar yoki xizmatlarning iste’molchi ehtiyojini qondira olishi darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik tovarning (xizmatning) farq qiluvchi jihatlari bilan emas, balki xaridni amalga oshirayotgan mijozlar uchun uning qoniqarliligi bilan aniqlanadi.

    Korxona faoliyat olib borayotgan tovar va xizmatlar bozorida raqobatning mavjudligi korxonadan aniq raqobatbardoshlikni talab qiladi, aks holda uni bozordan „siqib” chiqarishadi. Boshqacha qilib aytganda, raqobat xususiyati raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.



    Download 490,94 Kb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




    Download 490,94 Kb.