• R.A. Fatxutdinov
  • A.Yu. Yudanov
  • M.Q. Pardaev
  • -jadval Raqobatbardoshlik atamasiga turli mualliflarning ta’riflari




    Download 490,94 Kb.
    bet106/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    8-jadval

    Raqobatbardoshlik atamasiga turli mualliflarning ta’riflari


    Mualliflar


    Ta’riflar

    O‘zbek tilining izohli lug‘ati”


    Raqobatbardoshlik - bu raqobatga dosh bera olish, raqobatchilarga qarshilik ko‘rsata olishdir.




    M.A.Jukova

    Raqobatbardoshlik - bu tovarlarning (xizmat) raqo-batbardoshligi deganda, iste’molchi bahosi va mazkur bozor talablariga o‘zining sifati va qiymat tavsifi bilan mos keladigan, boshqa o‘xshash mahsulotlar bi-lan taqqoslaganda iste’molchi uchun ko‘proq jozi-bador bo‘lgan mahsulot xususiyati tushuniladi.



    G.N.Kulikov

    Raqobatbardoshlik – bu mazkur tovar (xizmat) tavsi-fining boshqa raqobatchi tovardan aniq jamiyat eh-tiyojlariga muvofiqlik darajasi, ushbu ehtiyojlarni qondirishdagi xarajatlari farqi tushuniladi.






    R.A. Fatxutdinov

    Raqobatbardoshlik – bu ma’lum bir ob’ektni mazkur bozorda taqdim etiladigan o‘xshash ob’ektlar bilan solishtirilganda, ushbu ob’ektning ehtiyojlarni qondira olish darajasining yuqoriligi bilan tav-siflanadi. Raqobatbardoshlik aniq bir bozor yoki aniq iste’molchilar guruhiga nisbatan aniqlanadi. Agar ob’ekt raqobatbardosh hisoblangan bozor ko‘rsa-tilmasa, demak ushbu ob’ekt hozirda dunyodagi eng yaxshisi hisoblanadi.




    A.Yu. Yudanov

    Raqobatbardoshlik - bu real xaridni amalga oshi-rayotgan iste’molchi uchun ushbu mahsulotning maftun-korlik, jozibadorlik darajasidir. Raqobat-bardoshlik tovarning bozorda taqdim etilgan boshqa o‘xshash tovarlar bilan solishtirganda, raqobatli bo-zor va xaridorlar talablariga javob bera olish qobiliyati bilan aniqlanadi.




    M.Q. Pardaev

    Tadbirkor tovari (ishi, xizmati) raqobatbardoshligi deganda, raqobatbardosh sub’ektlar tovari (xizmati) ning sifati va narxiga nisbatan iste’molchiga (xaridorga) qulayligi, unga ketadigan xarajatlar-ning samaradorligi va shu tovardan oladigan foyda-ning ko‘pligini ta’minlovchi omillar tizimi tushuniladi.



    Raqobatbardoshlik nazariyasi yaqin o‘tmishda shakllanib, rivojlanganligi sababli raqobatbardoshlik tushunchasiga umumiy qabul qilingan qoida mavjud emas. Ushbu tushuncha qaysi ob’ektga nisbatan qo‘llanilishiga qarab izohlanadi (8-jadval).
    Turistik destinatsiya (hudud) yagona turistik mahsulot sifatida raqobatbardosh birlik hisoblanib, yagona strategik tijorat birligi sifatida boshqarilishi zarur bo‘lmoqda. Turizm xizmatlarini taklif etuvchi turistik hudud sifati ular o‘z xizmatlarini qanchalik darajada buyurtmachilar ehtiyojiga moslashtira olishi bilan o‘lchanadi. Bozorda etarlicha mavqega ega bo‘lgan turistik hududgina raqobatbardosh bo‘la oladi. Yаgona raqobatbardosh birlik ko‘rinishida umumiy hududning strategik maqsadi raqobatbardoshlikni uzoq muddat ta’minlashidan iboratdir. Turistik majmua elementlari (mehmonxona, transport korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari va sh.k.), ularning bozorlari, aholi, atrof-muhit hududning raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadi.

    Download 490,94 Kb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123




    Download 490,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Raqobatbardoshlik atamasiga turli mualliflarning ta’riflari

    Download 490,94 Kb.