• 22-MAVZU. TURIZMDA RAQOBAT STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH Reja
  • Tayanch so‘zlar va iboralar




    Download 490,94 Kb.
    bet103/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Tayanch so‘zlar va iboralar: sotish kanali, sotishning ichki kanallari, sotishning tashqi kanallari, xususiy sotishlar byurosi, an’anaviy turmahsulotni sotish, noan’anaviy turmahsulotni sotish, ulgurji turistik firmalar, chakana turistik firmalar.

    Mustaqil ishlash uchun savollar:
    1. Turmahsulotni sotishning asosiy kanallarini sanab bering.
    2. Sotish kanali nima degani? Turoperator turmahsulotini sotishning bozor kanallari ko‘rinishlarini sanab bering.
    3. Turistik mahsulotni sotishning an’anaviy va noan’anaviy shakllarini tushuntirib bering.
    4. Sotish bo‘yicha hamkorlarni tanlashda qaysi asosiy jihatlarini hisobga olish zarur?
    5. Potensial hamkorning faoliyat qobiliyati nima degani va uni baholash usullari qanday?
    6. Turagentlarni tanlashda turoperatorlar tomonidan qanday omillar e’tiborga olinadi?
    22-MAVZU. TURIZMDA RAQOBAT STRATEGIYASINI

    ISHLAB CHIQISH

    Reja:
    22.1. Turizmda raqobat va raqobatbardoshlik tushunchalarining mohiyati
    22.2. Turistik xizmatlar sotishda raqobat strategiyasini ishlab chiqish

    22.1. Turizmda raqobat va raqobatbardoshlik tushunchalarining mohiyati
    Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi turizm xizmatlari iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu yo‘nalishdagi ishlar hozir ham davom etmoqda. Xizmat ko‘rsatish va servis faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati milliy iqtisodiyotga katta hissa qo‘shmoqda.
    Raqobat atamasi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da basma-baslikka bellashuv, kim o‘zdi ma’nosida berilgan. Bu so‘z iqtisodiyotda ko‘proq foyda olish, bozorlarni, xom ashyo manbalarini egallash va shu kabilar uchun o‘zaro kurashish tushunchasini anglatadi. Raqobat muhiti bilim va ko‘nikmalardan samarali foydalanishga undaydi. Inson qo‘lga kiritgan ko‘pgina boyliklar aynan bellashuv, raqobat orqali erishilgan bo‘lib, raqobat resurslarning oqilona sarfini rag‘batlantiradi. Raqobat bozor iqtisodiyotining me’yoriy faoliyatini ta’minlovchi zaruriy element hisoblanadi. Lekin raqobat muhiti o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
    Ijobiy tomonlari:
    resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi;
    o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitlariga tez moslashish zaruratini talab qiladi;
    yangi tovar va xizmatlar ishlab chiqishda ilmiy-texnik yutuqlardan optimal foydalanish sharoitini yaratadi;
    iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar harakati va tanlovi erkinligini ta’minlaydi;
    ishlab chiqaruvchilarni tovar va xizmatlar sifatini oshirish va iste’molchilarning turli xil ehtiyojlarini qondirishga erishiladi.
    Salbiy tomonlari:
    qayta tiklanmaydigan resurslarni (hayvonot va o‘simliklar dunyosini, foydali qazilmalarni, suv va sh.k.) tejashga salbiy ta’sir qiladi;
    atrof-muhit ekologiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
    fundamental fanlar, ta’lim tizimi, shahar xo‘jaligining ko‘pgina unsurlari rivojiga sharoit yaratmaydi;
    mehnat, daromad, dam olishga bo‘lgan huquqni kafolatlamaydi;
    jamiyatni boylar va kambag‘allar qatlamiga ajralishining oldini oluvchi va ijtimoiy nohaqliklarga qarshi mexanizmlarga ega emas.
    Umuman olganda, ushbu iqtisodiy munosabat ko‘proq ijobiy holatlarni vujudga keltiradi. Raqobatning mazmun, mohiyatini chuqurroq anglash uchun turli mualliflar ta’riflarini tahlil qilamiz (7-jadval).



    Download 490,94 Kb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




    Download 490,94 Kb.