• Tayanch so‘zlar va iboralar
  • Ma’lumotga qo‘yiladigan talablar




    Download 490,94 Kb.
    bet113/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Malumotga qo‘yiladigan talablar. Birinchi talab – vaqt omilini hisobga olish. Ma’lumot hodisalarni ogohlantirib turishi lozim. Har oyda chiqadigan jurnallar uchun qandaydir hodisa haqidagi reportaj nashrdan kamida uch oy oldin tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Ikkinchi talab – materialni berish ko‘rinishi shu nashr egallaydigan joyga mos kelishi kerak. Aynan bir xil material kimga mo‘ljallanganligiga qarab turli ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
    Turistik mahsulot tashviqoti uchun ma’lumot berishning asosiy ko‘rinishlari intervyu va sharh hisoblanadi.
    Turistik tadbirlar o‘z xarakteriga ko‘ra turli-tuman bo‘lishi mumkin:
    u yoki bu sport kurorti yoki ma’lum mavzuga diqqatni jalb qilish uchun stend, vitrinalarni o‘rnatish imkonini beradigan namoyish kunlari va xaftalari (press-konferensiyalar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar, turli namoyishlar, taqdimot marosimlari va boshqalar);
    bir yoki ikki hafla ichida kutilishi mumkin bo‘lgan, qandaydir hodisa yoki mehmonxonalarga e’tiborni jalb qilish uchun o‘tkaziladigan gastronomik tadbirlar;
    savdo kunlari va haftalari. Ular turistik namoyishlar munosabati bilan tashkil qilinadi;
    ko‘p sonli iste’molchilar e’tiborini jalb qilishga qaratilgan yirik uyushmalar tomonidan yoki yirik turoperatorlar tashabbusi bilan o‘tkaziladigan konkurslar. Ular ham matbuot ko‘magida yoki matbuot ko‘magisiz o‘tkazilishi mumkin;
    sport-tomosha tadbirlari – chempionatlar o‘tkazish, kuboklarni topshirish, murakkab bo‘lmagan bayram musobaqalarini tashkil qilish. Bunday turistik tadbirlarda qatnashchilarni mehmon qilish amaliyoti qo‘llaniladi (furshet, ko‘chma bufetlar va hokazo).
    Bunday tadbirlarni tashkil qilishda uning statik va dinamik namoyish vositalari (suratlar, afishalar, vitrinalar, filmlar, slaydlarni ko‘rsatish) bilan bezatilishi ata ahamiyatga ega. Bu erda turistik korxona savdo belgisining taniqliligi muhim rol o‘ynaydi.
    Tayanch so‘zlar va iboralar: reklama, turizmda reklama, turfirma reklamasi, reklama vositalari, reklama tashuvchilari, reklama nashrlari, turmahsulot reklamasi, rag‘batlantirish, rag‘batlantirish vositalari, chakana turagentlarni rag‘batlantirish, turistik tashviqot, mahsulot tashviqoti, ma’lumot safarlari.


    Download 490,94 Kb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




    Download 490,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotga qo‘yiladigan talablar

    Download 490,94 Kb.