• Kartografik (xaritali) usulda
  • Turopereyting




    Download 490,94 Kb.
    bet38/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Majmuali usulda turizm marshrutlar ishlab chiqilganda marshrut nomi bir mavzuda bo‘lishi ham yoki ikki, ayrim hollarda uchta mavzuda bo‘lishi ham mumkin. Masalan: tarixiy-diniy ziyoratgoh turizmi marshrutlari; tarixiy-rekreatsion-sport turizmi marshrutlari. Bunday majmuali turizm marshrut larni ishlab chiqish ko‘pincha xalqaro turistlarning talab va istaklari asosi da amalga oshiriladi. Majmuali turizm marshrutlar aksariyat hollarda uzoq masoflardagi turistik makonga-ob’ektga turistlar tashrif qilinganda ishlab chiqiladi. Masalan: ekoturizm resurslari shaharlar va tumanlar markazlaridan ancha uzoqda cho‘l yoki tog‘ mintaqalarida joylashgan. Tabiiy holatki, bunday resurs larga birdaniga etib borish turistni charchatadi va zeriktiradi. Shuning uchun ham majmuali marshrutlarni ishlab chiqilganda turistni qiziqtirgan so‘nggi (oxirgi) turistik resursga borishdagi yo‘l-yo‘lakay barcha turizm resurslariga ekskursiyalar uyushtirish, so‘lim joylarda dam olish, tunashni tashkil qilish, eng muhimi, marshrut atrofidagi diqqatga sazovar joylar, qadimiy maskanlar, tarixiy-madaniy obidalar ham marshrutga kiritiladi.
    Bunday majmuali turistik marshrutlar guruhlar uchun ham alohida turist (buyurtma) uchun ham ishlab chiqilishi mumkin. Ba’zi bir hollarda kasbiy faoliyat tufayli kelgan turist turistik resurslarning tarixi bilan qiziqi shi mumkin. Masalan, ekologik turizmdagi hayvonat olami bilan qo‘riqxonada tanishgan turist uning yashash tarzi, areali, biologiyasi bilan qiziqib qolgan da turistik marshrut tuzuvchi mazkur hayvonot turlari bo‘yicha ishlaydigan ilmiy markazlar, universitetlar va tajriba markazlari va bu markazlarda ishlaydigan olimlar bilan uchrashuvlarni tashkil qilishni ham marshrut dasturiga kiritadi. Ana shu tariqa bir mavzuli turistik marshrutlar ko‘p mavzuli yoki majmuali mavzuli turistik marshrutlarga aylanib boradi.


    Kartografik (xaritali) usulda turistik marshrutlar asosan uzoq masofalarga mo‘ljallanganligi uchun harakatlanish marshrut o‘tadigan joylardan xaritadan foydalanib ishlab chiqiladi. Turistik marshrutni o‘tkazish davomida ham xaritadan foydalaniladi. Xarita bilan amalga oshiri ladigan turistik marshrutlarda marshrutda dam olinadigan aholi joylari yoki shaharlarda dam olish yoki ovqatlantirish, tunash xizmatlarining darajalari oldindan belgilangan bo‘lishi kerak.
    Eng muhimi shundan iboratki, turoperator ushbu marshrutning yo‘li holatini oldindan yaxshi bilishi, o‘rganishi lozim bo‘ladi. Chunki, mamlakati mizda qishki va bahorgi mavsumlardagi suv toshqinlari, sel hodisalari ba’zi hollarda ko‘priklarni, yo‘llarni yuvib ketishi hollari uchraydi. Bu holatlar dan xabarsiz bo‘lish natijasida uzoq masofali marshrut buzilishi mumkin. Bu usulda sarguzasht turizmi, suv havzalaridagi sayohat, g‘orshunoslik turizmi, tabiiy mintaqalarga, tog‘larga turistik marshrutlar ishlab chiqiladi. Kartografik usulda turistik marshrut ko‘p hollarda arxeologik yoki paleontologik sayohatlarni tashkillashtirishda ham juda qo‘l keladi.


    Download 490,94 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




    Download 490,94 Kb.