|
Davlatlarda joylashgan turistik ob’ektdagi jozibadorlik va betakrorlik
|
bet | 41/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.orgDavlatlarda joylashgan turistik ob’ektdagi jozibadorlik va betakrorlik. Jahonning barcha davlatlarida ham o‘sha mamlakatda yashayotgan aholi uchun ham va boshqa mamlakatlarda yashayotgan aholilar uchun ham taniqli bo‘lgan turistik resurs ob’ekt mavjud bo‘ladi. Ko‘p mamlakatlarda esa faqat shu mamlakat aholisiga tanish, e’zozli turistik ob’ekt bo‘lishi mumkin. Bu e’zozli turistik ob’ekt jahon shumul ahamiyatga ega bo‘lmaganligidan boshqa davlatlardagi odamlar deyarli qiziqishmaydi, ular bu davlatga ushbu ob’ektni ko‘rish uchun kelib-ketuvchi turistlar bo‘la olishmay di. Jahondagi ko‘pgina davlatlarda esa sivilizatsiya qadimdan rivojlanganligi uchun o‘sha davlat aholisi uchun ham, boshqa davlatlardagi aholi uchun ham hatto jahonshumul ahamiyatga, qiziqishga molik turistik ob’ekt mavjud bo‘ladi.
Dunyoning davlatlarida joylashgan turistik ob’ektlaridagi jozibadorlik va betakrorlikni O‘zbekistondagi turizm resurslarida tahlil qilgani mizda ko‘z o‘ngimizda juda katta va turli-tuman mavzuli turizm resurslari va bu resurslarning har birida o‘ziga xos va mos bo‘lgan jozibadorlik va betakrorlik borligini ko‘ramiz. Qisqa qilib aytganimizda To‘maris, Spitamen, Zahiriddin Bobur, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Shaybo niyxon, Temur Malik, Inolchiq kabi jahonga mashhur sarkardalar, sohib qironlar bizning vatanimizning farzandlari va ularning faoliyati, hayoti, ular qurdirgan Niliy gumbazli maqabaralar, madrasalar va boshqa tarixiy obidalardagi jozibadorlik, betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
Jahon sivilizatsiyasining madaniyati, tabobati, astronomiyasi, matema tikasi, geografiyasi, she’riyati, geologiyasining tamal toshini qo‘ygan, jahon shumul maktablarni, dunyodagi dastlabki akademiyalarini (Ma’mun akademiyasi, Ulug‘bek akademiyasi) tashkil qilgan Al-Beruniy, Ibn-Sino, Al-Xorazmiy, Ulug‘bek, Al-Farg‘oniy, Abu-Nasr Farobiy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Lutfiy kabi buyuk siymolar hayoti bilan bog‘liq tarixiy obidalardagi jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
Islom olamining mukammal ta’limotini yaratgan, islom olamining buyuk daholari bo‘lgan Ahmad Yassaviy, imom Termiziy, at-Termiziy, Motrudiy, Bahoviddin Naqshband, imom al Buxoriy, Maxdumi A’zam, Qusam ibn Abbos, Buxorolik etti pirlar, Buxorolik chor Bakrlar, hazrati Doniyor payg‘ambar, Dovud payg‘am bar, Xo‘ja Ahror Vali kabi aziz avliyolar va boshqa ko‘plab ulug‘ inson lar hayoti-faoliyati bilan bog‘liq tarixiy obidalar dagi o‘ziga xos va o‘ziga mos jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
|
| |