• Mustaqil ishlash uchun savollar
  • 8-MAVZU: TURISTIK MARSHRUTNI TASHKIL QILISHDAGI SHARTNOMALAR VA HUJJATLAR Reja
  • 8.1. Turistlarga xizmatlar ko‘rsatish talabnomasi, marshrutning texnologik xaritasi va marshrutda turistlarga xizmatlar ko‘rsatish
  • Tayanch so‘zlar va iboralar




    Download 490,94 Kb.
    bet49/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Tayanch so‘zlar va iboralar: tasnif, tur mavzulari, ekologik maskan, marshrut trassalari, so‘qmoqlar, aylanma trassalar, ovchilik marshrutlari, havo marshrutlari, suv marshrutlari, marshrut mavzulari, marshrutda harakatlanish vositalari, marshrutdagi atamalar, turistik marshrutning xizmatlari, quruq ovqatlantirish, marshrutda to‘xtash joylari, diqqatga sazovor joylar, pansion, yarim pansion, to‘liq pansion, tabiiy rel’ef.

    Mustaqil ishlash uchun savollar:
    Turistik marshrutning tasniflanishi turizmga nimalarni beradi?
    Turizm marshrutlarining mavzulari qanday tanlanadi?
    Turizm marshrutlarini o‘tkazishda marshrutlarning tasnifidan foydalanish mumkinmi?
    Turistik marshrutning so‘qmoqlarini qanday aniqlaysiz?
    Turistik marshrutdagi harakatlanish vositalarini tur nomi bilan atash mumkinmi?


    8-MAVZU: TURISTIK MARSHRUTNI TASHKIL QILISHDAGI SHARTNOMALAR VA HUJJATLAR

    Reja:
    8.1. Turistlarga xizmatlar ko‘rsatish talabnomasi, marshrutning texnologik xaritasi va marshrutda turistlarga xizmatlar ko‘rsatish dasturi
    8.2. Turistik marshrutni tashkil qilishdagi hujjatlar
    8.1. Turistlarga xizmatlar ko‘rsatish talabnomasi, marshrutning texnologik xaritasi va marshrutda turistlarga xizmatlar ko‘rsatish
    Turistik marshrutda turni loyihalashtirish Rossiya davlati turizmida qabul qilingan GOST R-50681–94–«Turistik–ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatish» bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Bu hujjat bo‘yicha turistlarga xizmatlar ko‘rsatish talabnomasida quyidagilar bo‘lishi shart.
    turistlarga xizmatlar ko‘rsatishning shakli va usullari, jarayonlarini yozish;
    turistlarga xizmatlar ko‘rsatish jarayonini tavsiflash;
    xizmat ko‘rsatuvchilarning soni va malakaviy jihatdan tayyorgarligi;
    xizmatlar ko‘rsatishning shartnomaligi yoki shtatdaligi;
    turistlarga xizmatlar ko‘rsatishning kafolatlanganligi;
    xususiy mulkga aylantirilgan turistik ob’ektlar, yong‘inga qarshi kurashadigan tashkilotlar va sanitariya-epidemiologiya nazorati tashkilotlari bilan o‘zaro kelishuvlar.
    «Turistik sayohatlar»dagi xizmatlarni loyihalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
    Turni loyihalashtirishda turistlarga xizmatlar ko‘rsatish dasturi «turistik sayohat»dagi xizmatlarga mos kelishi.
    «Turistik sayohatdagi barcha xizmatlarni loyihalashtirish».
    Birinchi bosqichdagi–«turistlarga xizmatlar ko‘rsatish dasturida quyida gilar aniqlanadi»:
    sayohat marshruti;
    xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning ro‘yxati;
    xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning xizmatlar ko‘rsatish vaqti;
    ob’ektlarning diqqatga sazovarligi va ekskursiya tarkibi;
    turistlarning sayrlarga chiqish va har xil o‘yinlar o‘tkazish vaqti ruyxati;
    dam olish tadbirlari;
    marshrutning har bir ob’ektga to‘xtash va ko‘rishga ajratilgan vaqt;
    sayohatda ishtirok etadigan turistlarning soni;
    xizmatlar ko‘rsatuvchi transportning xillari va ularning etarli bo‘lishi;
    gidga, ekskursiya rahbariga, instruktor (yo‘riqchi), chet ellik vakilga talab, ularni marshrutga qayta tayyorlash;
    turistlarga beriladigan reklama, axborotlar varaqasi, bukletlar, marshrut tavsifi yozilgan ma’lumotlarni tayyorlash;
    texnologik xarita;
    turist yo‘llanmasiga axborot varaqasi;
    turistlarga xizmatlar ko‘rsatish dasturi.
    Qayd qilinganlardan tashqari GOST. R 50690-94 bo‘yicha yana quyidagi talablar ham turistik marshrutda (turda) bajarilishi ta’minlanishi lozim.
    turistlarning buyumlari saqlanishi, hayoti xavfsizligi ta’minlanishi va tabiatni muhofaza qiluvchi tadbirlarning marshrutda yozilib chiqi lishning majburiyligi;
    marshrutda xizmatlarning aniq va o‘z vaqtida sifatli bajarilishi, maj mualilik, xushmuomilalilik, komfort (qulaylik), xizmat ko‘rsatuvchi larning farosatli, aqlliligi, mehmondo‘stligi.
    Turistik marshrutning texnologik xaritasi turning asosiy hujjati hisoblanadi va bu texnologik xarita rasmiy jihatdan to‘ldirilishi va turistik firmaning rahbari tomonidan imzolanishi va muhrlanishi kerak. Quyidagi texnologik xaritani to‘ldirish namunalarini keltiramiz:






    Download 490,94 Kb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




    Download 490,94 Kb.