|
va chiqish
muddatlari
|
bet | 51/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.orgva chiqish
muddatlari
|
Joylashtirish sharoitlari, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar
ning ro‘yxati, manzili
|
Rejalash-tirilgan turistik xizmatlar ekskursiyalar soni, mavzusi, ko‘rsatiladigan asosiy ob’ektlar ro‘yxati,
|
Marshrut ichidagi (doirasi
dagi) harakatlanish tartibi
|
Bir kishiga xarajatlar (so‘m)
|
|
|
|
|
|
5. Tunash joylari va sharoiti (mehmonxona, kemping, palatka)-mehmonxona va Palatka
|
|
Turistik tashkilot rahbari-S.Abduhamidov
|
|
M.O‘. (imzo)
|
Tasdiqlangan vaqti
|
8.2. Turistik marshrutni tashkil qilishdagi hujjatlar
Har bir tur uchun texnologik hujjatlar yig‘indisi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Marshrutda turistlar sayohatning texnologik xaritasi (GOST R 50681 - 94).
Marshrutda xizmatlar ko‘rsatuvchi turistik korxonalarning buyurtmalarni bajarish grafigi.
Turistik sayohat yo‘llanmasiga axborot varaqasi (GOST R 50681 - 94).
Hamkorlar bilan shartnomalar (mehmonxona, transport, ekskursiya byurolari, turistik tashkilotlar).
Turning bahosi (kalkulyasiyasi).
Marshrutning yozma matni.
Marshrutning harakatlanish grafigi.
Marshrutning karta sxemasi.
Marshrut davomida (avtobusda, yig‘ilishlarda) beriladigan axborotlar ro‘yxati, manbalari, mazmuni.
10. Turistlar uchun maslahat bukleti (marshrutda qanday kiyim yoki poyafzal kerak bo‘lishi, marshrutdagi ekskursiyalar vaqtida nimalar kerakligi va hakozolar).
11. Marshrut haqida ma’lumotlar to‘plami.
12. Marshrut haqida bukletlar, reklama variantlari.
13. Transport vositalarining yo‘l qoidalariga asosan harakatlanish hujjatlari.
14. Marshrutda yo‘l-yo‘lakay to‘xtash ob’ektlari (qisqa muddatli dam olish, choy ichish, axborotlar eshittirish va boshq…).
Marshrutning axborotlar varaqasi ikkita bo‘limga ajratiladi: birinchi bo‘limda (a) marshrutda belgilangan va to‘liq bajarilishi rejalashtirilgan axborotlar; ikkinchi bo‘limda (b) vaziyat yuzasidan kelib chiqadigan qo‘shimcha axborotlar.
Bu axborotlar ro‘yxati quyidagicha tuziladi:
a) birinchi bo‘limda:
turistik sayohatning tipi va turi, sayohatda ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlarning dasturi, marshrutning masofasi va muddati, sayrlar va ularning darajasi, o‘tkazilish usullari;
sayohat trassasining yozma matni–har bir ob’ektlarga etib borish vaqti, bu ob’ektda bo‘lish va nimalar bilan mashg‘ul bo‘lish (joylashtirish, ovqatlantirish, sayr qilish, axborotlar berish, sanitariya-gigena holatlarini bilish, harakatlanish yo‘laklarini aniq belgilash–oshxonaga, soyga, boshqa imoratlarga, tibbiy xizmat punktiga, hojatxo naga, sartaroshxonaga, saunaga, basseynga va hokazolar);
sayohat o‘tkaziladigan hudud, rayonning qisqacha geografik tavsifi (relefi, o‘simliklari, daryolari, aholisi va ularning kasbiy faoliyat lari, diqqatga sazovar joylari, har bir ob’ektda turish vaqti va bu ob’ektda ko‘rsatiladigan xizmatlar dasturi);
qo‘shimcha xizmatlarning ro‘yxati;
sport ob’ektlarining (o‘yin maydoni, transport to‘xtash joyi, suv havza lari, kutubxona, kinozallar) borligi haqida ma’lumotlar;
sayohatni tashkil qilgan turistik korxonaning manzili va unga etib borish haqidagi ma’lumotlar.
b) ikkinchi bo‘limda
marshrutda qatnashadiganlarning yoshini belgilashdagi chegaralanish, ota-onalarning bolalarini o‘zi bilan birga olishi yoki olishga ruxsat berilishi va berilmasligi;
turistik sayohatdagi ekskursiyalar va sayrlarda qatnashish shartlari, chegaralanishlar, ruxsatnomalar, tibbiyot xulosalari;
vaziyat yuzasidan kelib chiqadigan axborotlar.
|
| |