• 9.1. Xalqaro marshrutdagi sayohatlarda davlatlarning ma’sulligi
  • -MAVZU. XALQARO MARSHRUTLAR BO‘YICHA BUTUNJAHON TURIZM TASHKILOTLARINING TAVSIYANOMALARI




    Download 490,94 Kb.
    bet54/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    9-MAVZU. XALQARO MARSHRUTLAR BO‘YICHA BUTUNJAHON TURIZM TASHKILOTLARINING TAVSIYANOMALARI

    Reja:
    9.1. Xalqaro marshrutdagi sayohatlarda davlatlarning ma’sulligi
    9.2. Xalqaro marshrutlardagi sayohatlar bo‘yicha Manila deklaratsiyasi va Gaaga deklaratsiyasi
    9.1. Xalqaro marshrutdagi sayohatlarda davlatlarning

    ma’sulligi
    Turizmning xalqaro xavfsizligidagi xalqaro tajribalarni Butun jahon turizm tashkiloti (BTT) tadqiq qiladi va tadqiqot natijalari asosi da ishlab chiqilgan tavsiyalarni turizm to‘g‘risida qonun va xuquqiy– me’yoriy hujjatlar qabul qilgan davlatlarga ko‘rsatma –yo‘llanma sifatida taqdim etiladi.
    Sayohatchilarning xavfsizligini ta’minlash haqidagi Xartiya 1985 yil Butunjahon turistik tashkilotining Bosh assambleyasining VI–sessiyasida qabul qilingan. Xartiya tarkibi 9 ta modda va turist kodeksi, bu kodeks ham 9 ta moddadan iborat. Xartiyaning VI–moddasida turistlarning sog‘ligi va hayotiy xavfsizligini ta’minlashda, ularning buyumlari ning saqlanishi, har bir davlat hududlarida erkin harakat qilishida qo‘yi dagi talablar bajarilishi dunyodagi barcha davlatlarga tavsiya qilingan.

    Davlatlarning ma’sulligi: a) turistlarga imkoniyatlar yaratishi o‘z davlatining va chet ellik turistlar uchun sayohatlar davrida Birlashgan Millatlar tashkiloti, Xalqaro grajdanlar aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro bojxona hamkorligi kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlarning turizm to‘g‘risidagi, xalqaro turizm to‘g‘risidagi «Xolatlar», «Dasturlar», «Huquqiy–me’yorlar»bilan tanishish, o‘rganish, foydalanish sharoitlarini yaratishlari;
    turistlarning ongi, shuuri, tushunchasi o‘sishida hamkorlik qilishi va etib kelgan davlatlarning maxalliy aholisi bilan bo‘lgan muloqotlarda, aloqalarda o‘zaro tushunish, o‘zaro do‘stona muxitlarni yaratishi;
    sayohatlarda turistlarning hayoti xafsizligini taminlash va buyumla rini saqlash chora-tadbirlarini xalqaro qonunlarga mos holda ishlab chiqishi;
    gigiena va sog‘liqni saqlash xizmatlariga murojat qilish, yordam olishning barcha shart–sharoitlarini yaratishi, yuqumli kasalliklar va baxtsiz hodisalardan saqlanish haqida ogohlantirish;
    turizmda fohishalik maqsadlarida qilingan har qanday hatti-harakatlarning oldini olish;
    turistlar va mahalliy aholini giyohvanlik moddalaridan nolegal foydalanish manbalaridan himoya qilish tizimlarini ishlab chiqishi.
    Xalqaro Xartiyaning VI–moddasida turistlarning sayohati davrida butunjahon turizm tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlarning ma’sulligi quyidagicha belgilangan:
    a) o‘z davlatining turistlari va chet ellik turistlarning davlat xududlarida erkin harakat qilishlarini chegaralovchi to‘siqlar, tadbirlarni belgilamasliklari, ba’zi hollarda aholining milliy manfaatlarini himoya qilish uchun chegaralashni belgilashlariga huquqlari borligi;
    b) turistlarga nisbatan tahqirlash, kamsitish, haq–huquqini chegara lab qo‘yish tadbirlarining paydo bo‘lishiga qarab qat’iyan yo‘l qo‘ymaslik lari.
    Xartiyada ta’kidlanishicha xartiyaning barcha moddalari va xartiyadagi «turist kodeksi» moddalarining turizm faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlarda qabul qilinish va amal qilinish turistlarning etik jihatdan barcha davlatlarda o‘zini boshqara bilishiga, davlatlardagi xalqlar, elatlar bilan xalqaro do‘stlik rishtalarini yaratishiga, xalqaro muhitni insoniyat baxti- saodati uchun saqlash, dunyoni saqlash imkoniyatlarining kuchayishiga olib keladi.


    Download 490,94 Kb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   123




    Download 490,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. XALQARO MARSHRUTLAR BO‘YICHA BUTUNJAHON TURIZM TASHKILOTLARINING TAVSIYANOMALARI

    Download 490,94 Kb.