• Mustaqil ishlash uchun savollar
  • 10-MAVZU: TUROPEREYTINGDA TURISTLAR XAVSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI Reja
  • Tayanch so‘zlar va iboralar




    Download 490,94 Kb.
    bet56/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Tayanch so‘zlar va iboralar: turizmda xavf, turizmda xavfsizlik, xavfsizlikni ta’minlash, BMT, YUNESKO, YUNEP, BTT, MKAO, Manila deklaratsiyasi, Gaaga deklaratsiyasi, turizmda hamkorlik, munitsipal politsiya, INTERPOL, xavf soluvchi vaziyatlar, xavfsizlikning me’yoriy hujjatlari.

    Mustaqil ishlash uchun savollar:
    Sayohatchilarning xavfsizligini ta’minlash haqidagi Xartiya qaysi tashkilot tomonidan qachon qabul qilingan?
    Xalqaro Xartiyaning VI–moddasida nimalar belgilangan?
    Manila deklaratsiyasi qachon qabul qilingan va u to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
    Gaaga deklaratsiyasi qachon qabul qilingan va u to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
    Ming yillikning Osaka deklaratsiyasi qachon qabul qilindi?


    10-MAVZU: TUROPEREYTINGDA TURISTLAR XAVSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI

    Reja:
    10.1. O‘zbekistonda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari
    10.2. Turistik faoliyatdagi xavf-xatarlar va ularni bartaraf qilishning chora-tadbirlari
    10.1. O‘zbekistonda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari
    Turizmda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash eng muhim, davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi. Hozirgacha turizmning rivojlanishiga quyidagi omillar asosiy ta’sirlarni hosil qiladi. Mazkur asosiy omillarni 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin;


    I-guruh–«Statistik omillar»-bu omillar vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiya tini yo‘qotmaydi, saqlab turadi. Bu guruhga tabiiy iqlim omillari, geogra fik omillar, madaniy – tarixiy omillar kiradi.

    II–guruh– «Dinamik omillar»-Bu guruhga quyidagi omillar kiritilgan;
    Siyosiy omillar;
    Ijtimoiy – demografik omillar;
    Iqtisodiy – moliyaviy omillar;
    Moddiy texnik omillar.
    Turistik marshrutlarni ishlab chiqish, tashkil qilish, o‘tkazishda qayd qilingan omillar asosida turistlarning tur vaqtida (marshrut vaqtida) hayoti xavfsizligini ta’minlash, vatanimizga turistlar oqimini kuchaytirishdagi eng muhim va ma’sul vazifalardan hisoblanadi.
    Turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash O‘zbekistonda turizmni tashkil qilish va rivojlantirish sohasidagi dastlabki qonunlarda alohida moddalar bilan belgilangan. Ana shunday dastlabki qonun–O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonuni hisoblanadi. Bu qonun 20-avgust 1999 yilda qabul qilingan bo‘lib qonundagi 18.19.20 moddalar turist larning hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi chora–tadbirlar tizimini yaratishga asos bo‘ladi. Turizm ta’limidagi barcha mutaxassislar ushbu qonun moddalarini yaxshi o‘zlashtirishi, mukammal bilishi nuqtai-nazaridan qayd qilingan moddalarni keltirish o‘rinli bo‘ladi. «Turizm to‘g‘risida» qonun ning:

    18–moddasi–«Turistlarning xavsizligi kafolati». O‘zbekiston Respub likasi hududida turistlarning hayoti xavfsizligi davlat tomonidan kafolat lanadi. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turistlarning himoya qilinishini hamda xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqadi va uning bajarilishini tashkil etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari turizm sohasida barcha turistik yo‘nalishlar bo‘yicha turistlarning himoya qilinishini va xavfsiz ligini ta’minlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadilar va ularning bajarilishini tashkil etadilar.Turistik faoliyat sub’ektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ular jarohatlanganda, kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.

    19–moddasi–Turistlarning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari. Turistik faoliyat sub’ektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
    turistlarning safarda xavf–xatardan xoli bo‘lishlari uchun shart-sharoitni, safar, sayr, ekskursiya yo‘llari, musobaqalar o‘tkaziladigan joylarning ta’minlanishlari;
    turistlarga jarohatlanish va baxtsiz hodisalardan saqlanish hamda ularning oldini olish usullarini o‘rgatishlari, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan yo‘l-yo‘riq berishlari, shuningdek, belgi langan yo‘nalishning xususiyati va turistlarning hatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilishlari;
    turistlarning sayohatlar, safarlar, musobaqalar, boshqa turistik tadbirlarga tayyorgarligi ustidan nazoratni amalga oshirishlari;
    falokatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko‘rsatishlari;
    avtomobil, tog‘-chang‘i, velosiped, suv, mototsikl, piyoda safar, g‘or turizmi va turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish va o‘tkazishda xavfsizlikning alohida talablarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart;


    20 moddasi– «Turistlarni sug‘urta qilish». Turistlarni sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat sub’ektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuzila digan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
    Butunjahon turizm tashkiloti (VTO) talablari bo‘yicha har bir davlatda turistlarning ushbu davlatga kelib–ketishi bo‘yicha davlat nizomi bo‘lishi lozim. Bizning Respublikamizda ham xudi shunday nizom hukumatimizning maxsus vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. «Sayyohlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq quyidagi moddalar sayyohlarning hayoti xavfsizligini ta’min lashga qaratilgan:
    xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin,O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish;
    ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayyohat qilishni ta’minlash;
    belgilangan yo‘nalishning xususiyati va sayyohlarning hatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash;
    qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari,O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi.
    Turizmda xavfsizlik masalalari dolzarbligiga qaramasdan hozirgacha turizm mutaxassislarining e’tiboridan chetda hisoblanadi. Respublikamiz dagi turizm mutaxassislari va bakalavlari tayyorlaydigan kollej, institut va universitetlarda turizmda hayot xavfsizligini ta’minlash kursini o‘qitish vaqti keldi. Chunki, mamlakatimizga xalqaro turistik oqim yildan-yilga ortib bormoqda. Turizmda hayot xavfsizligi bo‘yicha hozirda yagona manbani, taniqli olim, professor N.Tuxliyev va T.Abdullaevalarning mukammal asari ni keltirishimiz mumkin.
    Turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’min lashda kutiladigan va kutilmaydigan xavflarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida–«Ekologik turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati keltirildi.Turistik marshrutlarning barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari ishlab chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim.



    Download 490,94 Kb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123




    Download 490,94 Kb.