• 11.2. Turistik korxonada marketing xizmati
  • 7-rasm. Turistik korxonaning oddiy savdo bo‘limi 2-bosqich.
  • -rasm. “Tadbirkor-iste’molchi” bozori munosabatlarida




    Download 490,94 Kb.
    bet64/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    6-rasm.Tadbirkor-iste’molchi” bozori munosabatlarida

    marketingning o’rni.
    Bugungi kunda marketing tadbirkorlik sohasida ham o’z o’rnini topmoqda. “Tadbirkor - iste’molchi” bozori munosabatlarida marketingning o’rnini 20-rasmda keltiramiz.
    Bu rasm ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek, marketing bozor to‘g‘risida ma’lumotlar berish, ishlab chiqarish dasturini tayyorlash va talabni bashorat qilish orqali tadbirkorga iste’molchilar talabini qondirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    11.2. Turistik korxonada marketing xizmati
    Tarixiy shunday bo‘lib kelganki, necha un yillik mobaynida marketing bo‘limi sotish bilan shug‘ullanuvchi oddiy bo‘limdan kompaniya faoliyatining muhim funksional sohasiga aylangan.
    Marketing firma ichidagi rivojlanishida odatda uning oltita bosqichga ajratiladi:


    1-bosqich. Sotish bilan shug‘ullanuvchi oddiy bo‘lim. Dastlab korxonalarda savdo xodimlarini boshqarish vazifasini o‘taydigan rahbar lavozimi kiritiladi. Agar korxona marketing tadqiqotini yoki reklama kompaniyasini o‘tkazish niyatida bo‘lsa, u boshqa kompaniyalarning mutaxassislariga murojaat qilar edi (7-rasm).

    7-rasm. Turistik korxonaning oddiy savdo bo‘limi
    2-bosqich. Yordamchi marketing vazifalarni bajaruvchi savdo bo‘limi. Kompaniya kengayishi natijasida, savdo jarayonini murakkablashuvi bilan birga u ayrim marketing vazifalarini yaratish yoki kuchaytirishga majbur bo‘ladi. Masalan, turfirma unda bo‘lgan xizmatlar doirasini kengaytirishga qaror qiladi: avval u bozordagi xaridorlarning salohiyati, ularning ehtiyojlarini o‘rganish uchun marketing tadqiqotini o‘tkazishi zarur. Bu vazifalarni bajarish uchun mutaxassislar: marketing tadqiqotlari bo‘yicha menejer va reklama menejeridan foydalanish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bu vazifalarni hamda boshqa marketing vazifalarni bajaruvchi marketing bo‘yicha direktor lavozimi tashkil etilishi mumkin (8-rasm).


    Download 490,94 Kb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123




    Download 490,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. “Tadbirkor-iste’molchi” bozori munosabatlarida

    Download 490,94 Kb.