• Tayanch so‘zlar va iboralar
  • Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari




    Download 490,94 Kb.
    bet60/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari.
    Turizm xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasidagi xalqaro tajriba Jahon turistik tashkiloti (БTT) tomonidan tadqiq qilinadi va umumlashtirib boriladi. Turizm Xartiyasida va Turist kodeksida (БTT Bosh assambleyasining VI sessiyasi, 1985 yil), Turizm bo‘yicha Gaaga parlament konferensiyasida (1989 yil) sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash shartligi qayd etib o‘tilgan. 1994 yili БTT Ijroiya Kengashi qoshida sayohatlarning xavfsizligi uchun javob beruvchi Turistik xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Shu yili БTT «Sayohatchilar, turistlar va turistik ob’ektlar xavfsizligi hamda ularni himoya qilish» mavzusida jahonning 73 mamlakatida tadqiqot o‘tkazdi. 1995 yili yozda JTT tashabbusi bilan Esterund (SHvetsiya)da turizm xavfsizligi hamda sayohatlar chog‘ida xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha I xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, jahon mamlakatlarining 71% da turistlar tashrif buyuradigan ob’ektlar maxsus turistik politsiya yoki xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Mamlakatlarning yarmidan ko‘pida bunday xizmat davlat politsiyasi yoki munitsipal politsiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
    Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va organlar o‘rtasida yaxshi aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lmasa, turistlar sayohat paytida ma’lum muammolarga, shu jumladan jinoiy unsurlar tomonidan turistlar hayoti yoki mol-mulkiga tajovuz qilish, ayrim tashkilotlar (umumiy ovqatlanish tarmoqlari, joylashtirish vositalari va h.k.) tomonidan malakasiz xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash keladilar.
    Tayanch so‘zlar va iboralar: turizmda xavf, turistik muhitda xavf, turistik faoliyatda xavf,turistlarning tavakkalchiligi,turistik marshrutda xavf, kutilmagan xavflar, biologik xavflar, zararli xavflar, turdagi xavflar, xavfsizlikni ta’minlash.
    Mustaqil ishlash uchun savollar:
    1.O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonunida turist larning hayoti xavfsizligini taminlashning chora-tadbirlari qanday belgi langan?
    2.O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonunida turist larning hayoti xavfsizligini ta’minlashda sug‘urta qilish qanday belgilan gan?
    3.Turizmda xavf-xatar masalalarini qanday tushunasiz?
    4.Turizmda xavf-xatarlarni bartaraf qilishdagi xalqaro me’yorlarni qanday tushunasiz?
    5.Xalqaro turizmda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha Gaaga deklaratsiya sida qanday talablar qabul qilindi?


    Download 490,94 Kb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123




    Download 490,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari

    Download 490,94 Kb.