Xalqaro marshrutlardagi sayohatlar bo‘yicha




Download 490,94 Kb.
bet55/123
Sana30.01.2024
Hajmi490,94 Kb.
#148296
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
Bog'liq
Turopereyting-fayllar.org

9.2. Xalqaro marshrutlardagi sayohatlar bo‘yicha

Manila deklaratsiyasi va Gaaga deklaratsiyasi
Butunjahon turizm tashkilotining davlatlar o‘rtasida obro‘sini ko‘targan va bu konferensiyalarda ishlab chiqilgan tavsiyalar, ko‘rsatmalar, yo‘llanmalarning aniqligi, joriy etishga qulayligi va tushunarli ekanligi bo‘yicha BTT ning «Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi»ni qabul qilgan «Turizm bo‘yicha jahon konferensiya»si bo‘ldi. Konferensiya 1980-yil 27-sentyabrdan 20-oktyabrgacha Filippin davlatining poytaxti Manila shahrida bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaga 107 davlatning delegatsiyalari va 91 ta delegatsiya kuzatuvchi sifatida qatnashdi.
Manila konferensiyasidagi eng muhim qaror va tavsiyalar xalqaro miqyosida va davlatlarda turistlarning hayoti xavf-xatarsizligini, sog‘ligini ta’minlash va ularning buyumlarini saqlash, davlatlarda turistlarning erkin harakatlariga barcha shart-sharoitlarni yaratish natijasida xalqlar, elatlar va millatlarning do‘stona aloqalariga asoslar yaratiladi,millatlar o‘rtasidagi urf-odatlarni o‘rganish, qiziqish natijasida biri-biriga yaqinlik qiluvchi davlatlararo madaniyat markazlari kelib chiqadi:
Insonda aqliy, ma’naviy kamolotga etishishi, intilish hislari kuchayadi;
Insonning shaxs sifatiga xar tomonlama garmonik kamol topishi ga ishonch hosil bo‘ladi;
Ongida voqe’likni bilish, tarbiyalanganlik darajalari ortib boradi;
O‘z taqdirini belgilashida jahon xalqlaridagi din, urf–odat, madaniyat, ma’naviyat, qadriyat xususiyatlarini ko‘rib, bilib foyda lanadi;
Xalqlarning urf–odatlari, an’analari, madaniyati, ma’naviy qadriyatlarini tan olish va hurmat qilish kuchayadi.
Konferensiyaning tinchlik shiori–«Dunyoda tinchlikni, hamkorlik, hamjihatlikni saqlash, halqlarning madaniy merosini rivojlantirishda turizmning hissasi» mavzusi qabul qilindi. Manila konferensiyasida 27- sentyabr «Butunjahon turizm kuni» deb belgilandi. Xalqaro turizmda va davlatlar turizmida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha aniq va jiddiy tavsiyalarni ishlab chiqqan xalqaro konferensiyalarning eng obro‘lisi, tan olinganligi butun jahon turizm tashkilotning «Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi» ni qabul qilish bo‘ldi.
Butunjahon turizm tashkilotining dunyo davlatlari Parlamentlarining turizm bo‘yicha xalqaro konferensiyasi Niderlandiyaning Gaaga shaxrida 1989 yilning 30 martdan 14 aprelgacha bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida Parlamentlararo ittifoq (MGTS) vakillari ham qatnashdi. Konferensiya birinchi navbatda BMTning jahon davlatlarida turizmni rivojlantirishda Butun jahon turizm tashkilotning mehnatlari va muhim mavqe’ga ekanligini e’tirof etdi. Ikkinchidan, jahon turizmining rivojlanayotganligida xalqaro tashki lotlar: Halqaro mehnat tashkiloti (HMT), Butunjahon cog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST), BMTning fan va madaniyat,ma’orif tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro grajdan aviatsiyasi (MKAO), atrof muhit bo‘yicha BMT Dasturi (YUNEP), Xalqaro jinoiy qidiruv politsiyasi (INTERPOL) va xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotlari BTT bilan mustahkam aloqada bo‘ldilar, yordam berdilar.
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 10 ta prinsipni qabul qildi va dunyo mamlakatlariga tarqatdi. Deklaratsiya jahonda turizmning rivojla nishida turizm xavfsizligi xalqaro miqyosida ta’minlanishi shartligini ta’kidladi. Bunga erishish uchun qo‘yidagilarni amalga oshirishni tavsiya qilindi:
Turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqib va turizmda joriy qilish;
Jamoatchilikka aniq axborotlarni etkazish va tarqatish;
Turistlarning xavfsizligini o‘rganuvchi va ta’minlovchi ayniqsa ekstremal vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashni tadqiq qiluvchi institutsional markazlar tashkil qilish;
Turistlarning xavfsizligini ta’minlashda xalqaro, davlatlararo, regionlararo va qit’alararo hamkorlikni tashkil qilish va harakatlantirish.
Gaaga deklaratsiyasi qayd qilingan tavsiyalyar bilan birga xalqaro turizm milliy turizm xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 7 va 8 prinsiplarni alohida–alohida muhokamadan so‘ng quyidagicha qabul qildi: Gaaga deklaratsiyasining turistlarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligini ta’min lash bo‘yicha tavsiyalari: Turistlarni hurmat qilish, qadr-qimmatini himoya qilish, huquqini va xavfsizligini himoya qilish turizm rivojlanishining ajralmas qismidir. SHuning uchun ham:
turistlarning qadr-qimmati, hayoti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ular xarakatlanadigan barcha turistik ob’ektlarda, safarda, sayohatda, mehmonxonalarda ishlab chiqilgan va bartaraf etilgan bo‘lishi;
turistlarning qadr-qimmatini hurmat qilish, turistlarni va turistik ob’ektlarni himoya qilish, xayoti xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishiga qaratilgan samarali turizm muhitini yaratish siyosatini shakllantirish;
turistik o’ektlarga va turistlar hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar haqidagi barcha axborotlar, ma’lumotlarni turistlarga o‘z vaqtida etkazilishini ta’minlash;
har bir davlatda turistlarning erkin harakat qilish, xafsizli gini ta’minlashning huquqiy me’yorlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishga erishish, har bir davlatda turistlarning huquqini himoya qilish organlariga o‘z vaqtida murojat qilishi, o‘zining haq-huquqlarini himoya qilish imkoniyatlarining yaratilishiga erishish;
turistlarni himoya qilish, xayoti xavfsizligini ta’minlashdagi huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish, xavfga qarshi chora–tadbirlar tizimini yaratishda har bir davlatlarning BTT bilan o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;
Gaaga deklaratsiyasida qabul qilingan yana bir muhim xujjat shundan iborat bo‘ldiki, terrorizm turizm va turistik harakatlanishning rivojiga real xavf deb tan olindi. Jahondagi davlatlarga terroristlarga har hil siyosiy sababalarni ro‘kach qilib boshpana berish hollari jahon miqiyosida qoralanishi e’tirof etildi.
Xalqaro turizm sayohati xavfsizligi va sayohatlarda turistlarning xayoti xavfsizligini ta’minlashda Butunjahon turizm tashkilotining 2001 yil 30 sentyabr – 1 oktyabrda Yaponiyada (Ming yillikning Osaka deklaratsiyasi) o‘tkazilgan konferensiyasi, MDH davlatlarining «Turizm sohasida hamkorlik» - Ashgabad 23-dekabr 1993 yil, 29-oktyabr 1994 yil, 4-noyabr 1994 yil Osaka deklaratsiyasi,Turistik faoliyatni tashkil qilish Yevropa kengashi, 2-noyabr 1981 yil Nepaldagi Xalqaro mehmonxona qoidalari assotsiatsiyasi muhim qarorlar qabul qildi, tavsiyalar ishlab chiqib dunyo mamlakatlariga tarqatdi.
Xalqaro turizm amaliyotidan ma’lum bo‘ladiki ko‘pgina davlatlarning turizm boshqaruvi o‘z turistlarining dunyo davlatlariga, regionlariga borishi yoki bormasliklari, xavsizlikning holati, darajalari, ushbu davlatlarda turizm siyosati va himoya tizimi xalqlarning urf–odatlari, tili butunlay boshqacha bo‘lgan mamlakatlarga sayohatga chiquvchi turist faqat ushbu, u tanlagan mamlakatdagi sayohati davrida o‘z xayoti xavfsizligini ta’minlanishini (ushbu davlatda bu sohada qabul qilingan qarorlar, qonunlar, huquqiy–me’yoriy xujjatlar va boshqalar) aniq bo‘lganidan keyin gina bexavotir holda ishonch bilan o‘z harakatini boshlaydi.
Shuning uchun ham turizm sohasini rivojlantirishda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora–tadbirlarini ishlab chiqish, turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, xolatlar va omillarni aniqlash, guruxlash, xavfli vaziyatlarga tushib qolgan turistlarga o‘z vaqtida tezkor yordam berish usullarini ishlab chiqish respublikamizda turistik oqimni jadal kuchaytirishda, umuman turizm sohasini xalqaro talab va me’yorlarda rivojlantirishdagi eng muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

Download 490,94 Kb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




Download 490,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro marshrutlardagi sayohatlar bo‘yicha

Download 490,94 Kb.