|
Turopereyting
|
bet | 47/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.orgHavo marshrutlari.
Mahalliy havo marshrutlari
Davlatlararo havo marshrutlari
Qit’alarda havo marshrutlar
Koinot marshrutlari
Suv marshrutlari
Mahalliy suv havzalari marshrutlari
Davlatlararo suv marshrutlari
Qit’alararo suv marshrutlari
Xalqaro suv marshrutlari
Quriqlikdagi turistik marshrutlar
Mahalliy avtomagistral marshrutlari
Davlatlararo avtomagistral marshrutlari
Evro-Osiyo avtomagistral marshrutlar
Temir yo‘llar marshrutlari.
Mahalliy temir yo‘l marshrutlari
Davlatlararo temir yo‘l marshrutlari
Evro-Osiyo temir yo‘l marshrutlari
Qit’alararo temir yo‘l marshrutlari
Qayd qilinganlardan ma’lum bo‘ladiki, turistik marshrutlar ko‘plab belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Turistik marshrutlarni tasniflashning muhim yoki e’tiborga molik tomonlari bormi? Diqqat qilsangiz yuqorida qayd qilinganlar turistik marshrutlarning tasniflarini tashkil qiladi. Tasniflardagi barcha belgilar, vositalar har qanday turistik resursga ishlab chiqaradigan turistik marshrutda qo‘llaniladi va ishlatiladi. Shuning uchun ham turistik marshrutlarning tasnifini yaxshi o‘zlashtirib, o‘rganib olish tavsiya etiladi.
Endi, yuqorida qayd qilingan turistik marshrutlarning amaliyotda ishlatilishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz. Ya’ni- Marshrutning harakatlanish yo‘l darajalari bo‘yicha-turizmda harqanday turistik marshrut ma’lum bir yo‘lda amalga oshiriladi. Turist yoki turistlarning marshrutdagi samarali hrakatlanishini yo‘lnining sifat darajalari belgilaydi. SHuning uchun ham marshrutning texnologik xaritasida yo‘lning holati alohida qayd qilinadi. Bu qaydga binoan marshrutda foydalanish uchun transport vositasi tanlanadi.
E’tibor qilsak, marshrutdagi har qanday xizmatlarni sifatli amalga oshirishda ba’zida arzimas element deb qabul qinadigan xizmatlar bu xizmatlarni bajarish vaqtida katta muammolarga aylanib ketishi mumkin. Yuqorida qayd qilingan tasniflarning barchasida alohida-alohida tahlillar xulosalarni keltirishimiz mumkin. Eng muhimi, turistik marshrut ishlab chiqilganda marshrutning hujjatlarida marshrut yo‘llarining sifat darajalari aniq tavsiflanishi talab qilinadi.
|
| |