|
Transport, joylashtirish, ovqatlantirish va marshrutdagi ekskursiya xizmatlari dasturi
|
bet | 48/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.org7.2. Transport, joylashtirish, ovqatlantirish va marshrutdagi ekskursiya xizmatlari dasturi
Turistlarni joylashtirish shaharlarda muammo emas. Turist yoki turistlarning hoxish-istaklariga qarab ularni turli darajadagi mehmonxonalarga joylashtirish mumkin. Joylashtirish muammolari shahardan uzoq masofalar dagi turistik ob’ektlarga sayyohatlar davomida yuzaga keladi.
Respublikamizda turizmni rivojlantirishdagi eng og‘riqli, muammoli masala ham ekoturizm, arxeologik turizm, ovchilik turizm kabi turizm turlariga marshrutlar ishlab chiqishda yuzaga qalqib chiqadi. O‘zbekistonning tabiat mintaqalariga turistik marshrutlar ishlab chiqilmayotganligining asosiy sabablari ham bu turistik makonlarda turistlar uchun tunash joylari ning yo‘qligidadir. Ekoturizm, arxeologik turizm va ovchilik turizmini rivojlantirishni rejalashtirar ekanmiz birinchi navbatda turistlarning tunashi (joylashtirish) sharoitlarini yaratishimiz kerak bo‘ladi. Shaharlardan uzoqda bo‘lgan turizm resurslarida (ekoturizm, rekreatsiya turizmi) turistlar uchun tunash joylarini hozircha turistik bazalar yoki turistik lagerlar usulida yaratish imkoniyatlari mavjud. Lekin, turizmda tadbirkorlikning kengaymayotganligidan bunday tunash joylari hozirgacha yaratilmayapti.
Agarda tabiat bag‘ridagi ekoturizm maskanida (resursida) bunday tunash joylari yaratilganda edi. Turistlarning ham tunash, ham dam olish va ovqatlantirish muammolari birdaniga hal qilingan bo‘lardi. Bu muammoli holatdan chiqishning yagona yo‘li ekoturizm, rekreatsiya turizmi yoki ovchilik turizmdagi turistik resurslarga marshrut ishlab chiqishda resursga yaqin joydagi aholi uylarini ijaraga olish hisoblanadi. Lekin, unutmaslik lozimki, xalqaro turistlar har qanday sharoitlarda ham tunab qolavermaydi. Shuning uchun ham bunday sharoitlardan mahalliy turizmdagi turistlarni joylashtirishda foydalanish mumkin.
Tabiat landshaftlaridagi turizm maskanlariga (resurslariga) marshrut ishlab chiqishdan oldin bunday joylarda turistik bazalar va turistik lager lar barpo qilishga qat’iy ravishda kirishishimiz lozim. Turistik lagerlarni palatkali yoki yurta (cho‘ponning qora uyi) usulida tezkor vaqtlarda mavsum larga moslashtirib qurish imkoniyatlari juda katta.Turistlar shahar mehmonxonalariga joylashtirilganda ularni ovqat lantirish muammo emas. Chunki, turist joylashgan mehmonxonada ham shahar ning har bir ko‘chasida ham turistning ehtiyojini qondiradigan restoran, kafe, oshxona va choyxonalar bor.
Shaharlar mehmonxonalarida joylashgan turistlarni ovqatlantirishda xalqaro me’yorlardagi takliflar quyidagicha:
a) to‘liq pansion – 3 marta ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat);
b) yarim pansion – 2 marotaba ovqatlanish (nonushta–tushlik, nonushta – kechki ovqat yoki tushlik – kechki ovqat);
v) faqat nonushta;
g) faqat tushlik;
d) faqat kechki ovqatlanish.
Ovqatlanishda xizmatlar shakli quyidagicha:
a) «Shved stoli»-o‘z-o‘ziga xizmat. Bu usulda restoran yoki oshxonada turli-tuman ovqat xillari tayyorlangan bo‘ladi. Turistlar (mijozlar) o‘zlari yoqtirgan ovqat va ichimlik xillarini hoxlaganlaricha (ehtiyojalariga yarasha) olib, eb-ichishlari mumkin. Ovqatlanib bo‘lgandan keyin turist (mijoz) idish – tovoqlarni yig‘ishtirmaydi.
«Tablgot»-hamma mijozlar uchun faqat bitta menyu tayyorlanadi (mijozlarga ovqat tanlash huquqi berilmaydi).
«Alya kart» - restoran menyusida turistlar hoxlagan ovqat turini erkin tanlaydilar.
Ovqatlanishning qaysi shakllari bo‘lmasin shaharda va tuman markaz larida turistlarni ovqatlantirish yuqorida qayd qilganimizdek muammo tug‘dirmaydi. Faqat turistik marshrutda shaharda (tumanda) ovqatlantirish joyi va sharoitlari yozib qo‘yilsa etarli bo‘ladi. Turistlarni ovqatlan tirishdagi muammolar shaharlardan (tumanlardan) uzoq masofadagi turistik ob’ektlarga marshrut ishlab chiqishda qiyin vaziyatlarni keltirib chiqar moqda. SHaharlardan uzoq masofalarda joylashgan turistik ob’ektda tunash muammosi yuqorida keltirildi. Bunday sharoitlarda ovqatlantirish ham ana shu muammoni takrorlamoqda.
Qayd qilinganlardan quyidagi xulosalar hosil bo‘ladi:
1. Turistik marshrut ishlab chiqishda agar marshrut ekoturizm, ovchilik turizmi, sarguzasht turizmi yoki g‘orshunoslik va rekreatsiya turizmi mavzulari bo‘yicha ishlab chiqilganda turistlarni «palatka usuli»da ovqatlantirishni tashkil qilish mumkin. Bu usulda turistlarni qiziqtirish uchun milliy ekzotika variantini–ya’ni ko‘chma qozon–tovoq usulida–«tabiat bag‘rida tabiiylik» sharoitida ovqat tayyorlashda taklif etish va ovqatlantirish.
2.Qayd qilingan turizm mavzularida turistik marshrut ishlab chiqilganda turistik makonda–ob’ektda ovqatlantirishni turistik lager (mavsumiy–palatka usulida) tashkil qilish maqsadiga muvofiq.
3.Har qanday mavzuda turistik marshrut ishlab chiqishda marshrut davomi da mineral suvlar, termosda issiq choy, sovutilgan choy va ekologik toza sharbatlar bo‘lishligini ta’minlash shart.
4.Turistik marshrutda ekskursiyaga chiqilganda ekspeditsiya usulida ovqatlanishni (konservalar, qotirilgan kolbasalar, tushonkalar va hako..) issiq choy bilan tashkil qilish mumkin.
Turistik marshrutda ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish turning jizabador, qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Har qanday turistik marshrutda ekskursiyalarni tashkil qilish turoperatorning tadbirkorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda shaharlardagi diqqatga sazovar joylarni ko‘rishga va diniy ziyoratgoh maskanlarga kelib-ketuvchi turistlarni ekskursiyalarga taklif qilish deyarli yo‘q hisoblanadi. Chunki bunday joylarga ham puxta tuzilgan turistik marshrutlar ishlab chiqilmagan. Eng afsuslanarli joyi shundaki,hozirgacha turistlarga turist yurmoqchi va ko‘rmoqchi bo‘lgan marshrut unga og‘zaki holda taklif qilinmoqda. Shaharlardagi xotira bog‘lari, o‘lkashu noslik, xalqlar tarixi va hayvonot olami bilan bog‘liq muzeylar, xalqimiz ning hunarmandchiligi ustaxonalariga mahalliy turizmda ham, xalqaro turizm da ham qiziqarli ekskursiyalar uyushtirishning katta imkoniyatlari deyarli barcha shaharlarimizda mavjud.
Shahar ichidagi turistik marshrutda albatta ekskursiya marshrutlari qo‘yilishi lozim. Buning uchun shaharlardagi ekskursiya ob’ektlari to‘liq ro‘yxatga olinib undagi xizmatlarning turlari va baholari aniqlanishi lozim. Endi shaharlardan chiqish va uzoq masofalarga (ekoturizm, arxeologik yoki ovchilik turizmi kabilar) boriladigan turistik marshrutlarda albatta yo‘l-yo‘lakay ko‘rib o‘tiladigan ekskursiya marshrutlari bo‘lishi marshrutni qiziquvchanligi, turli-tumanligini kuchaytiradi.
Chunki, uzoq masofaga avtotransportda to‘xtovsiz yurish turistlarni toliqtiradi (ayniqsa,tabiiy relefi qariyib bir xil bo‘lgan cho‘l hudud laridan yurilganda). Uzoq masofalarga turistik marshrut ishlab chiqilganda dastlab yo‘l va yo‘l atrofida bo‘lgan diqqatga sazovor joylar, tarixiy obida lar, buloqlar yoki qadimiy daraxtlar, soylar va boshqa to‘xtash mumkin bo‘lgan ob’ektlar haqida ma’lumotlar to‘planadi.
Turistik marshrut tuzuvchi bu ob’ektlarning eng jozibador, qiziqti ruvchilariga ekskursiyalar uyushtirishini turistik marshrutga kiritishi turistning yo‘lda zerikishining oldini oladi. Shu o‘rinda yana bir muhim fikrni yodda saqlash lozimki marshrut haqidagi buklovda yoki axborotnomada marshrut yo‘li atrofidagi barcha diqqatga sazovor ob’ektlarning rangli rasmlari qisqacha izohda berilishi turistlarning ekskursiyalarni tanlashiga sharoit yaratadi. Ekskursiyalarni tanlashda ob’ekt asosiy yo‘ldan juda ham uzoq bo‘lmasligiga e’tibor berish lozim.
|
| |