|
Mazmundorlik va faoliyatlilik tamoyillari
|
bet | 43/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.org6.4. Mazmundorlik va faoliyatlilik tamoyillari
Turistik marshrut ishlab chiqishning mazmundorligi tamoyili. Bu tamoyildagi talablar ko‘proq birinchi-jozibadorlikni tashkil qilish tamoyi liga o‘xshab ketadi. Lekin jozibadorlikdan boshqa ta’surotlar mazmundor liklarga e’tibor berilib ishlab chiqilgan turistik marshrut har qanday darajadagi turistlar uchun eng yaxshi turistik marshrut hisoblanadi.Bu tamoyilda turistik marshrutlar ishlab chiqishda turistning oz vaqt davomida ko‘p ob’ektlarni ko‘rishi, bilib olishi yoki eshitish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bunday imkoniyatlardan foydalangan turist turistik firma ning boshqa marshrutlariga ham buyurtma berishi mumkin. Masalan: turist Respublikamizning tabiiy hududlari, mintaqalaridagi ekoturizm resurs larini ko‘rishni tanlaydi. Bu holatda turoperatorda xuddi ana shu turist tanlangan ekoturizm resursiga olib boradigan 2 ta turistik marshrut bo‘lishi lozim.
Birinchi turistik marshrut – Ekoturizm resursiga–ob’ektiga to‘g‘ridan –to‘g‘ri boradi. Bu marshrutdagi jozibadorlik va betakrorlik ekologik turizm ob’ektining o‘zida bo‘ladi albatda. Ob’ektga to‘g‘ri borilganidan yo‘l-yo‘lakay turist ko‘rgan mazmundorlik ham uzuq-yuluq bo‘ladi, axborotlar kam, to‘xtash deyarli yo‘q va hakozolar. Albatda, bunday turistik marshrut turistga, ayniqsa xorijiy turistga unchalik ham xush kelmasligi mumkin.
Ikkinchi turistik marshrut – yo‘l-yo‘lakay, tarixiy madaniy, me’moriy obidalar,tabiatning rang-barangligi, ko‘ngil ochar o‘yinlar, ko‘rgazmalar, favvoralar, hayvonat bog‘lari, agroturizm ob’ektlarining o‘zgarib turishi, soylar, baland, haybatli qoyatoshlar yoki bepoyon kengliklarning yastanib yotganligi va bu erda yashayotgan mahalliy xalqning yashash tarzi, urf-odatlari, jarliklar, daryo sohili va hakzolarga turistlar e’tiborini jalb qiladi. Agar tur operator yo‘ldagi soylar yoki qandaydir tarixiy joylarning tarixdagi mashhur kishilarning hayoti bilan bog‘liq (masalan, Temuriylar, Chingiziylar yoki Shayboniyxon, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va boshq.) qiziq afsona va rivoyatlarni topib turistlarga qiziqarli usullarda, jonli ravish da aytib bersa marshrutdagi mazmundorlik yanada oshadi.
|
| |