• Ishning dolzarbligi
  • Ishning asosiy maqsadi
  • Ishning amaliy ahamiyati
  • Turopov ilyosning




    Download 0,59 Mb.
    bet1/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #246465
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    INFORMATIKANI BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIKDA O‘QITISH METODIKASI


    SHDPI II-OLIY TA’LIM KECHKI MATEMATIKA VA INFORMATIKA YUNALISH TALABASI
    TUROPOV ILYOSNING
    “INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI” fanidan
    INFORMATIKANI BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIKDA O‘QITISH METODIKASI MAVZUSIDA
    KURS ISHI
    KIRISH
    "Informatika va axborot texnologiyalari" fanining predmeti bir-biri bilan o`zviy bog`liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va kompyuterdan tashqil topgan bo`lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini ustirish, kom­pyuter savodxonligini oshirish va kompyuterni o`qish jarayonida, ilmiy texnik hisoblash ishlarida, ilmiy izlanishlarda qo`llash bilimlarini berishni nazarda tutadi.
    Ishning dolzarbligi: "Informatika va axborot texnologiyalari" fanining vazifasi talabalarga kompyuterda qayta ishlov uchun zarur bo`lgan axborotlarni tasvirlash, yechilayotgan masalani birmuncha sodda bulaklarga bo`lib, matematik modellash asoslarini o`zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni kompyuterga kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni urgatishdan iboratdir.
    Ishning asosiy maqsadi:"Informatika va axborot texnologiyalari" axborotlarni kompyuter yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini urganadigan fandir.
    Ishning ilmiy yangiligi: Bu fan ham boshqa fanlar qatorida olamni bilish uchun xizmat qiladi. Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudot makonda va vaqtda o`zgarib turadigan modda va quvvat ko`rinishda namoyon bo`la­di. Modda va quvvat dunyoning ikki muhim mazmuni, uning ikki muhim tarkibiy qismidir. Lekin borliqning mavjud bo`lishi va uni bilishning yana bir muhim va zarur mazmuni bor, bu ham bo`lsa axborotdir.
    Ishning amaliy ahamiyati: Atrofimizni o`rab turgan borliq haqidagi bilimlar yoki har qanday ma`lumotlar axborot deb ataladi.
    Axborot odamlar bir-biriga og`zaki, yozma yoki boshqa usulda (shartli signallar, texnika vositalari yordamida) beriladigan ma`lu­mot, shuningdek ularni berish va olish jarayonidir. Axborot ayirboshlash nafaqat odamlar o`rtasida, balki odam bilan kompyuter, kompyuter bilan kompyuter o`rtasidagi ma`lumotlarni, hayvonlar va o`simliklar o`rtasidagi xabar (signal) almashinishi yoki to`qimadan to`qimaga, organizmdan organizmga irsiy va boshqa alomatlar orqali o`tish ko`rinishida sodir bo`lishi mumkin.

    Download 0,59 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.