• AXBOROT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHASI
  • AXBOROTNING O’LChOV BIRLIKLARI




    Download 0,59 Mb.
    bet2/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #246465
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    INFORMATIKANI BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIKDA O‘QITISH METODIKASI

    AXBOROTNING O’LChOV BIRLIKLARI
    Hammamizga ma’lumki hozirgi kunga kelib barcha axborot tizimlari (kompbyuterlar, planshetlar, mobil qurimalar va boshqalar) ikkilik sanoq sistemasida, ya’ni 0 va 1 raqamlar orqali axborotni qabul qiladi va uzatadi.
    Axborotni o’lchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
    Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud:
    1 Bit = 0 yoki 1,
    1 Bayt = 8 Bit,
    1 Kb =1024 Bayt,
    1 Mb =1024 Kbayt,
    1 Gb =1024 Mbayt,
    1 Tb =1024 Gbayt,
    1 Pb =1024 Tbayt.
    Kompyuter ishga tushgandan so'ng barcha dasturiy
    vositalarni ishlashini ta'minlab beruvchi xotira
    Foydalanuvchi tomonidan eng ko'p
    foydalanilgan axborot yoki dasturiy vositani o'zida saqlab boruvchi xotira
    INFORMATIKA
    “Informatika” atamasi 1960-yillarda Frantsiyada yuzaga kelgan bo’lib, information va automatique so’zlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama ma’lumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni o’rganuvchi sohani nomlash uchun o’ylab topilgan.
    Informatika (nem. informatik, fransuzcha: informatique, inglizcha: computer science - komputer fani), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, ma’lumot)ning mohiyati, umumiy hossalari va ko’rinishlarini, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (o’sha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni o’rganish bilan shug'ullanadigan ilmiy fandir. Inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi.
    AXBOROT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHASI
    Axborot texnologiyalari - ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yig’ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
    Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o’ziga xos hususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda. *

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.