• O‘tni o‘chirishni dastlabki uskunalari.
  • Tushuntirish xati




    Download 6.04 Mb.
    bet11/28
    Sana22.06.2021
    Hajmi6.04 Mb.
    #15158
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
    - yonmaydigan – beton, pishiq gisht, marmar kabilar olovning ta'sirida yoki yuqori haroratda yonmaydi, tutamaydi va erimaydi;

    - kiyin yonuvchan – bu materiallar yuqori harorat ta'sirida qiyinchilik bilan uchqunlanadi, tutaydi va ko‘mirlanadi hamda olov manbai bo‘lgandagina yonishda davom etadi. Bularga DVP, DSP va boshqalar kiradi;

    -yonadigan – bularga yog‘och materiallari, sellyuloza, plastmassa, tol kog‘oz, bitumlar kiradi.

    Bino va inshootlar o‘tga chidamliligi jihatidan besh darajaga bo‘linadi:




    Jadval


    O‘tga chidam-lilik darajasi

    B i n o va i n sh o o t l a r n i n g

    q i s m l a r i



    Zinalar

    Zina va zina maydonlari

    Qoplama tuzilishlari

    Qoplama qismlari

    I

    3soat yonmaydigan

    1soat

    yonmaydigan



    1soat

    yonmaydigan



    0,5soat

    yonmay-


    digan

    II

    2,5soat yonmaydigan

    1soat

    yonmaydigan



    0,25soat

    yonmaydigan



    0,25soat

    yonmay-


    digan

    III

    2soat yonmaydigan

    1soat

    yonmaydigan



    0,25soat

    yonmaydigan



    yonadigan

    IV

    0,5soat

    kiyin


    yonadigan

    0,25soat

    kiyin


    yonadigan

    0,25soat

    kiyin


    yonadigan

    yonadigan



    V

    Yo n a d i g a n

    Amaldagi tartib va qoidalarga ko‘ra yonadigan va yengil yonadigan qurilish materiallarining jamoat joylarida, bolalar muassasalari va shifoxonalarda ishlatilishi qat'iyan man etiladi.



    O‘tni o‘chirishni dastlabki uskunalari.

    O‘tni o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar; bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexaniq yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar; harxil masofadagi hududlarda harakatlanaoladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi.

    Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in drujina (IYoD-DPD) a'zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, yong‘inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar, maxsus yeng va dastaklar bilan jihozlangan ichki o‘t o‘chirish kranlari va boshqa uskunalar kiradi.

    Ma'muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan, «yong‘inga qarshi qalqon» chizma da aks ettirilgan.

    Yong‘inga qarshi «qalqon» va undagi asboblarni o‘rnatilishi.

    Unda yong‘in havfsizligi me'zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart:

    2 dona qo‘lda ishlatiladigan ko‘pikli o‘t o‘chirgich;

    1 dona karbonat- angidridli o‘t o‘chirgich;

    2 tadan misron va ilgakli changaklar;

    2 ta bolta; 2 ta yong‘inga qarshi suv uzatgich elastik yenglar;

    2 ta maxsus tayyorlangan konussimon chelaklar;

    2 ta bel kurak; 1 ta bochkada suv va 1 ta qutida qum va h.o.


    Bunday qalqonlar ma'muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o‘rnatiladi. Himoyalanayotgan hududning har 5000 kvadrat metriga 1 ta «qalqon» xisobidan loyihalashtiriladi.

    Undagi suv bochkasining hajmi 200 l dan kam bo‘lmasligi kerak, qum solinadigan qutining hajmi esa 2-3 m3 atrofida bo‘ladi.



    Download 6.04 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




    Download 6.04 Mb.