Yong‘inlar
Yong‘in – insonlar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi, moddiy va madaniy boyliklarni yo‘q qiluvchi ofat, nazoratdan chiqib ketgan yonish jarayoni.
Yong‘in kelib chiqishi uchun quyidagi uch omilning bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lishi yetarlidir.
Ya'ni: - yonuvchi moda (kog‘oz, yog‘och-taxta, neft va uning mahsulotlari);
- yonish manbai (gugurt, uchqun, alanga);
- oksidlovchi (kislorod, havo);
Yonginning oldini olish uni o‘chirishdan ko‘ra osonroqdir. Quyida yong‘in havfi paydo bo‘lganda va yuz berganda aholining harakatlari qanday bo‘lishligi hakida fikr yuritamiz:
Yongingacha bo‘lgan harakat:
1.Yongin va gaz havfsizligi qoidalariga rioya qiling.
2.yengil alanga oluvchi moddalar va buyumlarni issiqliq manbai yonida saqlamang. Yong‘inlar kelib chiqishining sabablarini tahlili to‘g‘risidagi ma'lumot quyidagi jadvalda keltirilgan.
Jadval
T/r
|
Yong‘in keltirib chiqaruvchi sabablar
|
Ulushi,
%
|
1
|
Olov yoki yong‘inga xavfli moddalar bilan e'tiborsiz munosabatda bo‘lishi
|
35 – 45
|
2
|
Elektr o‘tkazgichlari va qurilmalarining nosozligi
|
20 – 25
|
3
|
Gaz bilan isitish tizimlarining nosozligi
|
8 – 12
|
4
|
Bolalarning sho‘xligi-o‘yinqaroqligi
|
6 – 10
|
5
|
Ataylab o‘t qo‘yishlar
|
5 - 8
|
6
|
Injener-energetika tizimidagi buzilishlar
|
5 - 8
|
7
|
Boshqa turdagi
|
5 – 10
|
Yong‘inlarni tez, keng tarqalib ketishining asosiy sabablari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;
- inshootlar qurilishida Qurilish me'yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik;
-yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan, yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;
- fuqarolarning yong‘in sodir bo‘lganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga tushib qolishlari;
- bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi uyinlariga kattalarning beparvolik bilan qarashi;
- yong‘inga qarshi
kurashda qo‘llaniladigan o‘chirish va qutqarish vositalarining yetishmasligi.
Yong‘inning oldini olish chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
- yong‘in va portlashga xavfli bo‘lgan barcha ob'ektlarni inventarizatsiyalash (korxona yoki muassasaga qarashli mol-mulkni hisobga olish, ro‘yxat qilish), pasportlashtirish va deklaratsiyalashtirish (kerakli ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan rasmiy hujjat tuzish);
- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan yong‘in va portlashning oldini olish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish, yong‘in chiqishi va portlashlarga sabab bo‘luvchi kamchiliklarni aniqlash, zudlik bilan bartaraf etish va ularga yo‘l qo‘ymaslik;
- Qurilish me'yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so‘zsiz bajarish;
- yong‘indan muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlari bergan ko‘rsatmalarni bajarish, eng asosiysi yong‘inga olib keluvchi vaziyatlarni maxsus kuchlar tomonidan birinchi navbatda bartaraf etish bo‘yicha qilinadigan ishlarni bajarish;
- yong‘inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa yong‘inni o‘chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv yetarli bo‘lishini, uchinchi daqiqada esa bir sisterna suv ham yetmay qolishi mumkinligini yodda tutish;
- aholining barcha tabaqasini muntazam ravishda yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarish bo‘yicha o‘rgatib borish.
Yong‘inga qarshi kurashda va uni bartaraf etishda quyidagi qoidalarga amal qilish katta samara beradi:
- yong‘in keng tus olib ketmasligi uchun yonayotgan joyning tevarak-atrofini suv va boshqa yonmaydigan qorishmalar hamda moddalar bilan sovitib, yonishiga yo‘l kuymaslik;
- yonayotgan hududni ko‘pik, kukun, qum, qalin mato va havo o‘tkazmaydigan boshqa narsalar bilan ajratib, yakkalab quyish;
- yon-atrofdagi barcha tez yonuvchi jihozlarga, inshootlarga maxsus ko‘pik-kukunli, ishqorli suv sepish;
- yonish reaksiyasini kimyoviy yo‘l bilan sekinlashtirish.
Yong‘in o‘choqlarining paydo bo‘lishi va yong‘inning rivojlanishi bino-inshootlarning o‘t (olov)ga chidamlilik darajasi va ishlab chiqarish jarayonlarining yong‘inga havfliligidan ham bog‘liq bo‘ladi.
Barcha qurilish materiallari o‘tga chidamliligi jihatidan uch toifaga bo‘linadi:
|