BADIIY Ruxobod hunarmandlar markazi muhitining




Download 2,18 Mb.
bet4/24
Sana01.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#15318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BADIIY




Ruxobod hunarmandlar markazi muhitining dizayn yechimini topishda avvalambor uning har tomonlama o‘lchamlari, binoning balandligi hamda asosiy xujralarning ko’rinishlarini badiiy jihatdan loyihalash nazarda tutiladi.

Bitiruv malakaviy ish 2400x1600mm o‘lchamdagi bannerda komponovka qilingan bo‘lib, u o‘z ichiga – bosh reja, hunarmandlar markazining ishlangan har xil rakurslardan ko’rinishlari loyihasi, tashkil topadi.

Mustakillik yilarida vakt utgani sari karovsiz xolga kelib kolgan kupgina tarixiy obidalarimiz, masjidu madrasalarimiz, jaxonshumul axamiyatga ega bulgan yodgorliklarimiz ularga uz vaktida kilgan e'tiborimiz tufayli kayta ta'mirlab avvalgi xolatiga kaytarildi.

Mustakilligimizning dastlabki kunlaridan respublikamiz raxbariyati uz e'tiborini joylarda karovsiz xolda yotgan tabarruk ziyoratgoxlarimiz, me'moriy obidalarimiz, yodgorliklarimizni obod kilish, ularga eltuvchi yullarni shaxarsozlik jixatdan tartibga keltirish ishlariga karatdi.

Mazkur me'moriy majmualarnikayta ta'mirlash va ularning atrof muxitini buzib turgan kurimsiz, pala-partish kurilgan imoratlarni olib tashlab, yangi sayyoxlik yunalishlarining ochilishiga olib keldi.

O‘zbek milliy interyeriga xos bo‘lgan umumiy jihatlar devorlarga va shiftga qo‘lda chiziladigan naqshlar, ganch, o‘yma naqshlar, xontaxta, uning atrofiga to‘shaladigan ko‘rpachalar, bolishlar va boshqalar bilan xarakterlanadi. Milliy intererda yorqin ranglardan keng foydalaniladi, devorlarga so‘zana, palak, zardevor kabi qo‘l bilan naqshlar tikilgan matolar osiladi, maxsus tokchalarga misdan yasalgan va o‘yma naqshlar bilan bezatilgan laganlar, oftoba, shamdon, yog‘chiroq kabi buyumlar chiroyli qilib teriladi yoki guddor naqshli sopol idishlar qo‘yib bezatiladi. Tokchasiz xonalarda bunday buyumlar devorlarga osiladi. Bulardan tashqari devor atlas matosi, turli musiqa asboblari yoki gilamlar bilan ham bezatilishi mumkin. Umumiy qilib aytganda, uyingizni qay bir interer uslubida bezatishingizdan qat'iy nazar u yerda o‘zingiz uchun qulaylik, shinamlik va xotirjamlik zohir bo‘lishi kerak. Ishdan yoki ko‘chadan charchagan holda qaytganingizda uyga kirib kayfiyatingiz ko‘tarilsa, charchoqlaringiz unut bo‘lsa bilingki, tanlagan intereringizda uyg‘unlik bor va bu, albatta, yaqinlaringizga ham manzur bo‘ladi.

Uyingizni qaytadan ta'mirlayotganingizda, intererini o‘zgartirayotganingizda, yangi mebel, gilam yoki pardalar xarid qilayotganingizda birinchi navbatda ranglar uyg‘unligini hisobga olasiz. Nima uchun? Ranglarning qanday xususiyati borki, biz ularga bunchalik e'tibor beramiz?

Ranglar shunday ta'sir kuchiga egaki, ular insonning miya faoliyatiga, kayfiyatiga va ruhiyatiga to‘g‘ridan to‘gri ta'sir eta oladi. Masalan, moviy, yashil ranglar «shifobaxsh» rang sifatida e'tirof etiladi. Olimlar tomonidan yashil rangning yurak va kon aylanish jarayoniga ta'sir qilishi isbotlab berilgan. Biz odatda uyimizda, ish joyimizda turli tabiiy gullarni o‘stiramiz yoki atrofni sun'iy gullar bilan bezatishga harakat qilamiz. Nega, degan savol tug‘ilishi turgan gap. Bu shuning uchunki gullarga, yashil rangga bo‘lgan ehtiyoj bizning ong ostimizda paydo bo‘ladi va biz yashil dunyoning bir bo‘lagini shuurimizga olib kirib undan bahra olamiz. Bu esa bizning yuragimizning xotirjam va baquvvat bo‘lishiga yordam beradi.


Arxitekturaviy yodgorliklarga nisbatan e'tibor, ularning shaxarlar strukturasida egallagan urnini saklab kolish yulidagi ishlar xar bir xalkning milliy gururi va milliy tiklanishi darajasini kursatadi.

Tarixiy shaxarlar eski kuchalarini saklash va kayta tiklashdan asosiy maksad shaxar loyixaviy tuzilmalarida kaynok xayot xususiyatlarini jonlantirish, arxitekturaviy yodgorliklarga zamonaviy funksiyalarni kiritish yuli bilan xayotiy ritmni davom ettirish yotadi. Tarixiy kuchalarni xaddan ortik muzey xolatiga keltirish esa ularning xayotdan uzoklashuviga olib keladi. Tarixiy kucha va ansambllarni saklash bilan biz bir tomondan bunday merosga tugri baxo berishimiz va ikkinchi tomondan eski kuchalardan foydalangan xolda ularda mavjud ijobiy xususiyatlardan tulik foydalanishimiz kerak.

Shuning uchun tarixiy merosga ijodiy yondashuvni saklagan xolda, tarixiy kuchalarni kayta kurishning shunday usullarini topishimiz kerakki, ular mavjud loyixaviy va badiiy xususiyatlarga zid bulmasin.

Tarixiy kuchalarni kayta kurishdan asosiy maksad tarixiy markazlarda kulay xayotiy muxitni yaratib, kup sonli sayyoxlar va maxalliy axoli uchun zamonaviy sharoitlarni yaratib berish.

Mashxur arxitektor V. A. Lavrov ta'kidlaganidek [10] “shaxarlar tarixiy markazlarini kayta kurish” degan ibora ikki xil ma'noga egadir: birinchidan, bu jarayon tarixiy shaxarlar fazoviy va loyixaviy tizimining uzok davr davomida uzgarishi bulsa; ikkinchidan, bu jarayon tarixiy shaxarlarda xozirgi kunlarda olib borilayotgan ta'mirlash va obodanlashtirish ishlari bulib, tugallangan va rivojlanish uchun imkoniyatlarga ega shaxar tuzilmalaridan iboratdir.

Tarixiy kuchalarni ta'mirlash va kayta kurish ishlarini amalga oshirish jarayonida bir kator loyixaviy, ijtimoiy va iktisodiy masalalar xal kilinishi kerak. Bu masalalar kompleks ravishda yechilgan paytda sifat jixatidan yukori darajadagi muxit yaratiladi.



Tarixiy kuchalarning uziga xos xususiyatlarini saklab kolish va rivojlantirishda an'analar muxim axamiyatga egadir [10, 12]. An'analarga asoslangan kayta kurish va ta'mirlash ishlari tarixiy shaxarlar obrazlarini saklab kolish uchun birinchi navbatda tarixiy kuchalarda olib borilayotgan yangi kurilishlar arxitekturaviy va kompozitsion jixatdan milliy me'morchilikka xos bulgan xususiyatlarni uzida jamlashi kerak. Shu bilan birga kayta kurilgan va ta'mirlangan tarixiy kuchalar zamonaviy kulayliklarga ega bulishi kerak. An'anaviylik tugrisida suzlaganda shu narsani kuzdan uzoklashtirmaslik kerakki, milliy me'morchilikga xos bulgan xususiyatlar asosan tarixiy shaxarlar markaziy kuchalarida uz ifodasini topgan. Bu narsa oddiy stilistik shakldan boshlab to butun shaxar fazoviy tuzilishigacha bulgan darajada namoyon buladi. Bunday xususiyatlarni yukotmaslik uchun strukturaviy jixatdan asoslangan shaxarsozlik an'analarini zamonaviy amaliyotga joriy etish talab kilinadi. Tarixiy kuchalarda nisbatan an'analarning kompozitsion , funksional loyixaviy va mikro-iklim yaratuvchi xususiyatlari aloxida-aloxida emas, balki shaxar muxitini fazoviy sirukturasini shakllantiruvchi omillarning kompleks tarzda xisobga olinishi va amaliyotda kullanilishi muximdir. Tarixiy shaxar muxitini tiklashda arxitekturaviy merosning kompozitsion imkoniyatidan kengrok foydalanish maksadga muvofikdir. Tarixiy kuchalar uygunligi me'moriy yodgorliklarga taklid kilish yuli bilan emas; balki umumiy kompozitsion goyaga amal kilish yuli bilan yaratilishi mumkin.

Me'moriy yodgorliklarga shakliy jixatdan uxshashlik emas, balki kuchalar fazoviy tuzilishining masshtab va xajmiy-fazoviy jixatdan uzaro boglanganligi muxim axamiyatga egadir.

Tarixiy kuchalar arxitekturasida an'anaviylikni saklab kolishning bir necha kurinishi mavjud bulib, ular kuyidagilar:

-shakllarning umumiyligi:

-shakllarning uxshashligi:

-shakllarning tafovuti ( kontrast )

Uzbekiston tarixiy shaxarlari markaziy kuchalarini kayta kurish va ta'mirlashda asosan shakllarining umumiyligi va shakllarning uxshashligidan kuprok kullanilmokda. Ammo zamonaviy chet el tajribasida arxitekturaviy kontrast, ya'ni shakllar tafovutidan xam keng kulamda foydalanilmokda. Masalan, Litva davlatida kayta kuri shva ta'mirlashda ushbu usul keng kullanilgan.

Litvalik arxitektor V. Yurkshtas ta'kidlaganidek, eski va yangi arxitektura kontrast asosida birlashganda uziga xos natijaga erishiladi. Ammo bu usul Uzbekiston sharoitida uzini oklamadi. Masalan, Registon maydoni atrofida kurilgan kup kavatli turar joy binolari tarixiy kuchalar tuzilishini buzilishiga olib keldi va eski shaxar strukturasiga nomutanosiblikni vujudga keltirdi

Arxitekturaviy shakllarga asoslangan tarixiy kuchalar muxiti uzidan oldingi davrlarga xos bulgan xususiyatlarni saklagan xolda, an'anaviylikga asoslangan yangi goyalar bilan boyitilishi maksadga muvofikdir. Bu narsani kanday amalga oshirilishi mumkin degan savolga zamonaviy amaliyotdan javob topish mumkin. Masalan, Samarkand shaxridagi M. Ulugbek kuchasini kayta kurish va ta'mirlash ishlari natijalarini taxlil kilishimiz mumkin.

Ushbu kuchaga XIX asr oxirida asos solingan bulib, shaxar markaziy kuchalaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Kayta kurish va ta'mirlash natijasida kuchaning transport xarakatiga muljallangan kismi kengaytirildi va obodonlashtirildi, vash u bilan birga zamonaviy talablarga mos ravishda jixozlandi. Ammo kuchaning ikki tomonida joylashgan binolarning kayta kurilishda tarixiy kuchada mos masshtab va stilistik shakllar tiklandi. Natija esa, bizning fikrimizga tarixiy kuchaga xos bulgan muxit shakllanishiga olib keldi. Bu urinda shu narsani ta'kidlash kerakki, an'anaviy xajm-fazoviy yechimlarni kullash bilan bir katorda xajmiy plastika va fasadlarni detallari kabi elamentlar xam tarixiy kucha muxitini kayta tiklash vazifasiga xizmat kiladi.






Download 2,18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 2,18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BADIIY Ruxobod hunarmandlar markazi muhitining

Download 2,18 Mb.