• 17-mavzu: Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). I.Kirish
  • III.Yakuniy qism
  • 19-mavzu: Tejamkorlik. Gaz , elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz I.Kirish
  • 20-mavzu: Donolar bisotidan (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). I.Kirish.
  • 21-mavzu: Birlashgan M illatlar T ashkiloti haqida. I.Kirish
  • II.Asosiy qism: O’qituvchi: Birlashgan millatlar tashkiloti
  • 22- mavzu: Piyodalarning yakka, guruh bo’lib va jamlanma harakatlanishi
  • Tushuntirish xati




    Download 2.36 Mb.
    bet18/27
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.36 Mb.
    #4626
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
    16-mavzu: Yangi yilga yangi rejalar

    (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
    IKirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Archa va turli bezaklar,DVD

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash

    II Asosiy qism: O`qituvchi:Assalomu alaykum,aziz mehmonlar,mehribon ustozlar!Kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo`lsin!

    Tabiatda qish fasli o`z hukmini o`tkazar,

    Ayoz bobo shimoldan sovuq shamol yetkazar

    Kirib keldi qish fasli bo`ron,sovuq,qor bilan

    Tabriklaymiz sizlarni do`stlar yangi yil bilan!

    1-boshl:Darhaqiqat,yilimizni tarix qa`riga kuzatib,yangi yilni qarshi oladigan paytimiz kirib keldi.Biz sizlarga ertak aytib bermoqchimiz.

    2-boshl:-Bu ertak mana shu yangi yil arafasida bo`ladi.Keling,ertagimizni tomosha qiling.

    (Sahnaga ertakchi chiqadi.)

    Ertakchi:Bir bor ekan,bir yo`q ekan.Biz yashab turgan shu zamonda bir ayoz bobo bor ekan.Ayoz bobo har yili butun olamga qor yog`dirar, bo`ron yuborib, qish faslini bezatar ekan.olam oppoq libosga kirganda, odamlar yangi yil bayramini nishonlayotganda ,sovg`alar olib,butun yer yuzini sayr qilar ekan.Eng yaxshi ,eng odobli bolalarga sovg`alar ulashar ekan.Bolalar esa archa bezatib,qo`shiqlar,she`rlar o`rganib,ayoz boboni kutib olishar ekan.Ayoz bobo bir kuni nabirasi qorqiz bilan chaqqon quyonchalarni chaqirib,ularga bolalarga sovg`a-lar yig`ishni topshiribdi.

    Ayoz bobo:-Hoy quyonchalar!Oppoqqina beozor quyonchalar ,jonivorlar!Menga sovg`a tayyorlashga yordam beringlar.

    Quyonchalar:Xo`p bo`ladi bobojon:Aytganingizni tezda bajaramiz.

    (Quyonchalar xursand bo`lib u yoqdan bu yoqqa yugurishadi.Panada turgan bo`ri va tulkini sezishmaydi.)

    Och bo`ri va ayyor tulki:-Mana bu g`ilay, kaltafahm jonivorlar nega buncha xursand bo`lib qolishdi?Kelinglar bir ta`zirini berib qo`yamiz.

    Ayiq:-Nima shovqin,nima to`polon.Endigina uxlagan edim,kim u mening oromimni buzgan?Hozir u bezorining ta`zirini berib qo`yaman.

    Bo`ri va tulki:-Sizni uyg`otgan anovi quyonlar.Ularning jazosini berib qo`ying.Biz ularni tutishda yordam beramiz.

    Olmaxon:-Yolg`on ayiq polvon aka. Ularning o`zlari sizni uyg`otib yuborishdi.Ayoz bobo quyonlarga sovg`a yig`ishni topshirgan edilar.Bo`rilar ularni quvlab,qo`rqitib yuborishdi.

    Ayiq:-Hoy, ochko`z bo`ri,ayyor tulki.Hali meni aldamoqchi bo`ldilaringmi?Hozir senlarni tutib jazolaringni beraman.Bo`ri va tulki qochishib,yalmog`iz kampirning huzuriga borishadi.

    Yalmog`iz kampirning kulbasi.

    Tulki:-Buvijon,buvijon .Eshigingizni oching,bizlar keldik.

    Bo`ri:-Buvijon,bizni ayiq polvondan qutqaring.

    Yalmog`iz:-Dunyodagi eng yaxshi kampirdirman.Chapga qarar birisin,o`ngni ko`rar bir ko`zim.To`polonchi,quloqsiz bolalarni sevaman.A`lochi bolalarni juda yomon ko`raman.Sehr jodu qilib,kuchimni ko`rsataman.Yomonlarga do`st bo`lib,yaxshini yig`lataman.Kelinglar, shumtakalar!Sizlarga nima kerak?Nega it talaganday qochib yuribsizlar?

    Bo`ri,tulki:-Quyonchalar bolalarga sovg`a tayyorlasharmish.Ayiq polvon bizlarni yeb qo`yarmish.Ularning jazosini berib qo`ying.

    Yalmog`iz:-Yuringlar mening kulbamga.Kirib maslahat qilamiz.Agar uchchalamiz birlashsak,rosa katta ishlar qilamiz.(kulbaga kiradilar).Olmaxon Ayoz boboga xabar beradi.

    Olmaxon:Ayoz bobo,tulki,bo`ri,yalmog`iz bir yomonlik o`ylashdi.Ular quyonchalarni yeb, sovg`alarni yo`q qilishmoqchi.

    Qorqiz:-Voy yaramaslarey!Endi nima qilamiz, bobojon?

    Ayoz bobo;-Yur qizim, u ochko`zlarning jazosini beramiz.Toki,ikkinchi marta bunday ish qila olishmasin.Ular yalmog`iz huzuriga borishdi.

    -Ey,yaramas bezori,qora niyatli yalmog`iz.Har yili bolalarning bayramini buzib, yomon ishlar qilmoqchi bo`lasizlar.Yaxshi hamki bundan vaqtida xabar topdim.Hozir sizlarni umrbod muzlatib qo`yaman.

    Yalmog`iz,bo`ri,tulki:-Kechiring bobojon, boshqa bunday qilmaymiz.

    Qorqiz:-Bobojon,keling yangi yil arafasida ularni kechira qoling.

    Ayoz bobo:-Bo`pti,bu gal kechirdim.Yana shunday qilsangizlar,unda mendan xafa bo`lmanglar.

    Yalmog`iz,bo`ri,tulki:-Rahmat,bobojon!

    Ertakchi:-Mana,bolalar.Davramizga qorbobo va qorqiz kelyapti.Tezda davrani qizdiring,mening ertagim esa davom etaveradi.


    III.Yakuniy qism:

    1-boshlovchi:

    Yangi yil keltisin sizlarga zafar

    Yangi yilda yana gullasin diyor.

    Har bir xonadonga rizqu ro`z to`lsin,

    Barcha insonlarning iqboli kulsin.


    2-boshlovchi:

    Istiqlol kulsin qolsin abadiy

    Degaymiz yangi yil bo`lsin omadli.

    Bugungi shodliklar tark etmay bizni,

    Ollohim mo`l qilsin nasibamizni.

    Mavzu xulosalanib,o`quvchilarni rag`batlantirish


    17-mavzu: Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi

    (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

    I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: plakatlar,devoriy gazeta,slayd,bayramona ko`rinish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash

    II.Asosiy qism: O`qituvchi:Mana bugun mustaqil O`zbekistonimiz Qurolli kuchlarining jasur va mag`rur askarlarining bayramlari.Qurolli kuchlarimiz davlatimiz xavfsizligi va tinch hayotini ta`minlaydi.Yurt tinchligi-vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog`liqdir.

    Sizlarga ma`lumki, O`zbekiston o`z mustaqillilgiga erishgandan so`ng,birinchi navbatda mamlakat tinchligini maqsad qilib qo`ydi.

    Shu sababli 1992-yil 14-noyabr kuni Qurolli kuchlarni birlashtirish hamda, O`zbekiston Qurolli Kuchlarini tashkil etish haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov farmon chiqardi.O`tgan yillar davomida ushbu kun keng miqiyosda bayram sifatida nishonladi.Sizlarni ham ushbu bayram bilan muborakbod etamiz.

    O`quvchi: Ta`rifingdir tillarda doston,

    Lol bo`libdi senga keng jahon.

    Mehnating –la kun ko`rding har on,

    Omon bo`lgin.o`zbegim omon.

    Qadamingdan chechaklar unsin

    Osmoningda Quyosh,oy kulsin.

    Falak senga bosh egib tursin,

    Omon bo`lgin oz`begim omon.
    O`quvchi:Bilaman,tuprog`ing tillolarga teng

    Tenglar ichra tengsen, Vatan Onajon.

    Tunlari beshikka suyanib aytgan Onamning sho`x-shodon allalarini.

    Sahna ko`rinishi

    O`g`lini harbiy xizmatga kuzatgan onaning ko`ngli g`ash bo`ladi. Yurtga tinchlik,og`lining esa sog`-salomat kelishining xudodan iltijo qilib so`raydi.Shu payt o`g`lining dushman bilan jangda mardonalarcha halok bo`lganligi haqidagi xabarni yetkazishadi.

    Onaizor nima qilishni bilmay zor-zor yig`laydi.Dushmanlarga o`lim tilaydi.

    1-boshlovchi:Hozir sahnada ko`rganingiz hech qanday mubolag`asiz hayotiy voqeadir.Chunki,yurtimiz mustaqilligidan so`ng,uning tinch,osoyishta hayot kechirishini ko`rolmaydilar g`alamislar bir necha bor suqilib kirishga harakat qilishmoqda.

    2-boshlovchi:XXI asr vabosi hisoblangan terrorizmga qarshi Vatanimiz Qurolli kuchlarida xizmat qilayotgan o`g`lonlar o`zlarining mahorati,mardligi hamda sodiq yurt farzandi ekanligini ko`rsatishmoqda.

    1-boshlovchi:Yurtimiz mustaqilligini ko`rolmaydigan ayrim Vatanfurushlar 1999-yil 16-fevralida Vatanimiz poytaxti Toshkentda o`z terrorchilik harakatlarini amalga oshirib,qanchadan-qancha begunoh insonlarning umriga zomin bo`lidi.

    2-:Yaxshiyamki,baxtimizga Vatan himoyachilari, posbonlar,mard va jasur o`g`lonlari,huquqni muhofaza qiluvchi ichki ishlar xodimlari bor ekan.

    1-boshlovchi:Vatan himoyachilarining sa`y-harakatlari,vatanga bo`lgan muhabbatlari,sadoqatlari evaziga yurt tinchligi saqlab qolindi.

    2-boshlovchi :Vatandoshlarimiz-leytenant Sayor Sa`dinov,katta Leytenant Alisher Salimov, leytenant Boburjon G`aniyev,katta serjant Ma`rufjon Rajapov, serjant Ulug`bek Barnoyevlar Surxon vohasiga suqilib kirgan bir to`da g`alamislar bilan olishuv chog`ida Vatan va xalq osoyishtaligi uchun qahramonlarcha halok bo`lishdi.

    1-boshlovchi:Hurmatli mehmonlar,aziz ustozlar va tengdoshlar!Shu aziz Vatan deb shahid ketgan marhum ota-bobolarimiz,akalarimiz,vatandoshlarimiz xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlashingizni so`raymz.

    1-o`quvchi:

    Adolat qurol-u,hushyorlik shior, Po`latday mustahkam iymonlarimiz. Yurt uchun,xalq uchun ichganmiz qasam, Bag`ri keng elimning vijdonlarimiz.

    2-o`quvchi:

    Bizda bor halollik,mardlik-matonat

    Po`latdan mustahkam iymonlarimiz. Yurt uchun,xalq uchun ichganmiz qasam,

    Bag`ri keng elimning vijdonlarimiz.

    III.Yakuniy qism: Raqs 1-boshlovchi:Aziz mehmonlar,qadrli ustozlar va tengdoshlar,shuning bilan vatan himoyachilari kuniga bag`ishlab o`tkazilgan kechani yakunlaymiz.
    18-mavzu:Barcha fuqarolar tengdirlar.
    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan barcha fuqarolar qonun oldida tengligi, millatlararo hamjihatlik va dinlararo bag’rikenglik ta’minlanganligi haqida tushuncha berish.

    Tarbiyaviy mashg`ulot jihozi:Mavzuga oid rasm,tarqatma material,DVD

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

    Tashkiliy qism:



    II.Asosiy qism:

    O’qituvchi: Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va do’stlararo murosa borasida faqat MDX davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda Moskva va Butunrus Patriarxi Aleksey II, AQSh senatori Xillari Klinton xonim, AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya qirolligi shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o’tganlar. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo’lgan bu xislat o’zining uzoq tarixiga ega.

    Tariximizning har qaysi davrida din doimo odamlarda yaxshi xislatlarni ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishga chorlagan, Yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Bugungi kunda ma’naviy va diniy jabhalarda kechayotgan murakkab jarayonda barcha millat va din vakillari birbirlariga nisbatan hamjihatlik barrikenglik va o’zaro hurmat tamoyillariga amal qilishlari doimiy barqarorlikning muhim omillaridan biridir.

    O’zbekistonning birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Mustaqillik niholi ko’karishi uchun unga tinchlik osoyishtalik totuvlik millatlararo chidam va bardosh kabi kuchli ildizlar kerak. Shunda u har qanday shamol, dovul, bo’ronlarda egilmaydigan bo’lib ulg’ayadi", degan so’zlari hayotga izchillik bilan tadbiq etilmoqda. Ilgari surilgan mazkur g’oyani amalga oshirishda bugungi kunda ikki muhim masala, bir tomondan, tinchlik va ezgulik dini islomni "soxta islomchi"lardan, ya’ni ma’rifiy islomni siyosiylashgan jangari islomdan himoya qilish, ikkinchi tomondan, ko’p millatli, ko’p dinli jamiyatimizda e’tiqod erkinligi kafolatlangan sharoitda ayrim jamoalarning missionerlik ruhida faoliyat yuritishlarining oldini olish muhim. Bu, o’z navbatida, yurtimizdagi millatlararo hamjihatlik va diniy bagrikenglikni yanada mustahkamlaydi.

    So’nggi yillarda butun dunyo, shu jumladan, mintaqamizda kuchayib borayotgan diniy aqidaparastlik va jangarilik islomning asl mohiyati bo’lgan bag’rikenglikka zid bo’lgaya harakatlarga sabab bo’lmoqsa. Bu harakat va garazli oqimlarning nomlari va shiorlari turlicha bo’lishiga qaramay, maqsadlari bir — dindan niqob sifatida foydalanib, davlat siyosatiga aralashish, hokimiyatni qo’lga kiritish O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov "O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida, jumladan, shunday deydi: "Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz. Lekin biz hyech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorliga uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz".

    Xozirgi zamonda milliy va diniy bag’rikenglik dunyoda tinchlik va barqarorlikni asrash hamda diniy ekstremizm, fundamentalizm va aqidaparastlikka qarshi kurashni, butun jahon hamjamiyatining ham borligini nazarda tutadi. Shu tamoyilga asoslangan O’zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrabavaylash, barcha fuqarolar o’z e’tiqodini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ular o’rtasidagi qadimiy mushtarak an’analarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

    Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, milliy bagrikenglik — turli milatga mansub kishilarning birbirlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urfodati va an’analarini, milliymadaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadrqimmatini, ornomusini qadrlash orqali amalga oshadigan o’ziga xos ma’naviy kenglikni (bagrikenglikni) anglatadi. Milliy bagrikenglik bunga zid bo’lgan, milliy manfaatga ziyon yetkazish hisobiga ta’minlanmaydi. U turli millat manfaatlarini uyg’un ko’rish va ta’minlash asosida mustahkamlanib boradi.

    Diniy bagrikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo’nalishlar va mazhablarning ezgu g’oyalarini qadrlash, birbirlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi.

    Bu milliy g’oya amal qiladigan ustuvor g’oyalar sifatida Milliy bag’rikenglik va dinlararo bag’rikenglikka asoslanish turli xalqlar va millatlar o’rtasida o’zaro hamjihatlik totuvlikni ta’minlash orqali erkin va farovon hayot qurishga, insonlarning tub hayotiy maqsadlari bilan mushtarakdir.



    III.Yakuniy qism:

    Topshiriq O’zbekistonda nechta millat vakillari yashashi hamda ularning urf odatlari, milliy raqslari va o’yinlaridan namoyish qilib berish.

    Dars yakunida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

    19-mavzu: Tejamkorlik. Gaz, elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid ko`rgazma.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism

    O`quvchilarni darsga hozirlash; ma`naviyat daqiqasi.

    II.Asosiy qism:

    Inson hayotida ro`zg`or uy-joy tutishda tejamkorlik, ya`ni, isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik, rejalilik katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz”Tejog`lik ish –bejog`lik”deb aytishmagan.Tejamkorlik –insoning ma`naviyatini boyitadi,moddiy holatiga qut-baraka ato etadi.Ayniqsa bu narsaga o`zbek oilasida kichiklikdan o`rgatiladi.

    Tejash-bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash,har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.Ajdodlarimiz tejamli oilalarning barakali, piri badavlat, dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan.Tejamkorlik-avvalo, xalqni va o`z mehnatini qadrlash, qanoatli bo`lish, faqat bugunni emas, ertani ham o`ylashi,tadbirkor bo`lishdir.Tejamkorlik-savob, isrofgarchilik gunohdir.Biz elektr toki, suv va gazlarni qadrlab, tejab ishlatishimiz kerak,chunki,xalqimiz yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak, shunda oilamiz,davlatimiz farovon bo`ladi.Davlatimiz,oilamiz bor bo`lsin desangiz, har bir narsadan isrof qilmay foydalanishga odat qiling.Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalangani uchun boyib, mol-mulkga ega bo`ladi.Lekin tejayman deb o`ta xasislikka berilish ham yaramaydi.

    III.Yakuniy qism: “SWOT”texnologiyasi

    S - Kuchli tomon: Oquvchilarni tejamkorlikka undash.

    W – Kuchsiz tomon:Haddan tashqari tejamkorlik qizg`anchiqlikka olib keladi.

    O – Imkoniyat:Hikoya,xalq og`zaki ijodi,sahna ko`rinishlaridan foydalanish.

    T – Tahdid:Layoqatsizlik,beparvolik.

    “Uch varaqli kundalik” texnologiyasi



    Sitata

    Fikr

    Savol

    Tejog`lik ish –bejog`lik



    Bobomiz A.Navoiyning “Haddan ziyod tejab-tergash, o`ziga zulm”fikrini izohlang.

    Tejamkorlik hislatlari nima?

    Sharh

    Javob

    Isbot

    Har bir narsani me`yorida ishlatish, har qanday ishni oylab, lozim.

    Tejamkorlik koni foyda.Ertasini o`ylagan har bir inson puxta amalgam oshirish ne`matlaridan o`z o`rnida foydalanishi kerak.

    Isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik, ehtiyotkorlik, saranjomlik, uzoqni o`ylash.

    Mavzuni xulosalab,faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
    20-mavzu:Donolar bisotidan

    (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).

    I.Kirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:A.Navoiy,Z.M.Bobur siymolari tasviri,tarqatma material,DVD

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

    Tashkiliy qism

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    Ma`naviyat daqiqasi



    II.Asosiy qism:

    Sahna ko`rinishi:

    4-5 yoshli Alisher sahnada kitob varaqlaydi,shu payt otasi kirib qoladi.

    -G`iyosiddin;-Iy-a, men sizni izlab yursam, siz bu yerda kitob varaqlab o`tiribsizmi, Alisher!

    Alisher:(o`rnidan turib)-Uzr, padaribuzrukvor, men bilmabmen,assalomu alaykum.

    Otasi:-Vaalaykum assalom.Alisher bu kitobni o`ynamang, yirtib qo`yursiz.

    Alisher:-Yirtmaymen otajon,avaylab ko`rurmen.

    Otasi:-Menga bering .Bu kitobning joyi javondadur. Bu kitobni men ikki qo`y bahosiga olganmen,siz mana bu o`yinchoqni o`ynangiz.(qo`chqor o`yinchog`ini beradi)

    Alisher(kitobni yopib, otasiga beradi va o`yinchoqni olib,xursand bo`lib chiqib ketadi)-Men bu qo`chqorni Husaynning qo`chqori bilan urushtururmen.

    Otasi esa kitobni javonga qo`yadi.

    A.Navoiy kichik yoshidan ta`lim olishga qiziqib,maktabda o`qib yurgan kezlari Faridudin Attorning mashhur “Mantiq ut-tayr”dostonini yod olgan.U ikki tilda –turkiy va fors tillarida ijod etgan.51230 misradan tashkil topgan “Xamsa” shoh asarini yaratdi.Navoiy o`zbek adabiyotini yuksakligiga ko`targan va avlodlarga boy adabiy meros qoldirgan shoir.

    |Amir Temurning uchinchi farzandi Mironshohning nabirasi Sulton Abusaid Mirzoning o`g`li Bobur mashhur shoir va davlat arbobi edi.U 12 yoshida otasidan ayrilib,otasining o`rniga Farg`ona viloyatiga hokim bo`ldi.Bobur ko`pgina qarshiliklarga uchrab,o`z vatanidan chiqib ketishga majbur bo`ladi va qolgan umrining oxirigacha Hindistonning Agra shahrida yashab ijod etadi.Bobur ijodiy faoliyatini ruboiy va g`azallar yozishdan boshlagan edi.Umrining oxirida esa sohibi devon adib sifatida shuhrat qozondi.U “Boburnoma”nomli shoh asar yaratib qoldirdi.Shukronalik,hayot go`zalliklari va tabiat ko`rkamliklaridan bahramandlikka undash,dunyo lazzatlariva chin do`stlar davrasida bo`lganidagi quvonch, bahor latofati va sozlar navosidan yayrash shoir devonidagi ko`plab she`rlarda bosh g`oya darajasiga ko`tarilgan.



    III.Yakuniy qism.

    Aqliy hujum.Mavzu bo`yicha savol-javob o`tkaziladi.

    “Venn”diagrammasi




    A.Navoiy va Z.M.Bobur ijodlaridan “Mushoira”o`tkaziladi.

    Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



    21-mavzu: Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqida.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga BMT butun dunyoda tinchlikni saqlash, global muammolarni hal etish, ochlik va kasalliklarga qarshi birgalikda kurashish maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot ekanligi haqida tushuncha berish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid ko`rgazma.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism

    O`quvchilarni darsga hozirlash; ma`naviyat daqiqasi.

    II.Asosiy qism:

    O’qituvchi:

    Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 yilda, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945 yilda qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000 yilda esa ular soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — NyuYork. BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukdi bo‘lishi va o‘z takdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iktisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini taʼminlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.

    2000 yil 6—8 sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida "Ming yillik sammiti" bo‘lib o‘tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiyiktisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doyr muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan kabul qilgan deklaratsiyada 2015 yilgacha ’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo‘linadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi. BMT sessiyasi yidda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari ko‘pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.

    O‘zbekiston o‘z mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin ko‘p o‘tmay—1992 yil 2 martda BMTga aʼzo bo‘ddi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zRning Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo bo‘ldi.

    O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yyapti. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993 yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bag‘ishlangan sessiyada (1995 yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining "Ming yillik sammiti" (2000 yil sentabr) da so‘zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr so‘nggidagi eng yirik anjumanida O‘zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.

    O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda.

    III.Yakuniy qism:

    Topshiriq: “Birlashgan millartalar tashkilotini qanday tashkilot ekanligini izohlab berish ”

    “SWOT”texnologiyasi

    S-Kuchli tomoni:O`quvchilarni millatlararo totuvlikka undash.

    W-Kuchsiz tomoni:Haddan tashqari chuqur kirib ketmaslik.

    O-Imkoniyat:Tadbir, dars va boshqa yig`ilishlarda foydalanish.

    T-Tahdid:Layoqatsizlik,beparvolik

    Mavzu xulosalanib,o`quvchilarni rag`batlantirish



    22- mavzu: Piyodalarning yakka, guruh bo’lib va jamlanma harakatlanishi

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga yo’l harakati qoidalaridan Piyodalarning yakka, guruh bo’lib va jamlanma harakatlanishi haqida tushuncha berish.

    Tarbiyaviy mashg`ulot jihozi:yo’l harakati qoidalariga oid plakatlar.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.

    Ma`naviyat daqiqasi



    II.Asosiy qism:

    O’qituvchi:

    Piyoda – yo‘l transport vositasidan tashqarida bo‘lgan va ish bilan

    band bo‘lmagan shaxs.

    5.1. Piyodаlаr trоtuаrdаn yoki piyodаlаr yo’lkаsidаn, ulаr bo’lmаgаndа esа yo’l yoqаsidаn yurishlаri kеrаk.

    Qo’pоl yuklаrni оlib kеtаyotgаn, nоgirоnlаrning yurgizgichsiz аrаvаsidа bоrаyotgаnshахslаrning trоtuаr yoki yo’l yoqаsidаn yurishlаri bоshqа piyodаlаrning hаrаkаtlаnishigа хаlаqit bеrаyotgаn bo’lsа, ulаr qаtnоv qismining chеtidаn yurishlаri kеrаk.






    Download 2.36 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




    Download 2.36 Mb.