• 17-mavzu:Vatan posbonlari (
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • II.Asosiy qism: O`qituvchi
  • 18-mavzu:Mening mahallam I.Kirish
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • 19-mavzu:Yaxshi tarbiya – inson ziynati
  • 20-mavzu: Bobolarimiz deydilar… (
  • 21-mavzu:“Dono bobolar o’gitlari”(xalq maqollari va matallari haqida) I.Kirish
  • 22-mavzu:“Bizni dunyo taniydi” I.Kirish
  • Tushuntirish xati




    Download 2.22 Mb.
    bet5/6
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.22 Mb.
    #4657
    1   2   3   4   5   6

    2.Nima uchun “Yangi yil”bayramini ayniqsa bolalar katta quvonch bilan kutib olishadi?

    -Endi siz bilan “Archa bezash ” o`yinini o`ynaymiz.

    Fikrlaringizni mehnat darsida yasagan archa o`yinchoqlaringizga yozib,mana bu archa daraxti shoxlarini yasatasiz.

    O`quvchilar nima uchun bu bayramni yoqtirishlarini qog`ozli archa o`yinchoqlariga yozishadi va archa daraxti shoxlariga izohlab osishadi.



    1-archani“Qorqiz” guruhi: (yozib yasatishadi) Qorbobo va Qorg`iz kelishadi,sovg`alar ulashishadi,qiziqarli bayram tadbirlari bo`lib o`tadi,archa yasatiladi va boshqalar.

    2-archani“Qorbobo”guruhi qopchadagi o`yinchoqlardan birini olib topishmoqlarni o`qishadi,javobini topishgach,archa shoxiga ilishadi.Topolmaganlar joylariga borib o`tirishadi.

    Topishmoqlar.

    -O`tda yonmaydi,

    Suvda cho`kmaydi.

    -Barmog`i bor,tirnog`i yo`q.

    -Sudrasang yuradi,sudramasang turadi.

    -Ayoz bobo novvot soldi,

    Olgan edim,qo`lim qotdi.

    -Oppoq sochli boshlari,

    Daryo bo`lar yoshlari.

    Mana archamiz ham tayyor bo`ldi.Endi archa atrofida quvnab-o`naymiz.

    O`quvchilar musiqa darslarida o`rgangan qo`shiqlarini kuylashadi,yangi yilga atalgan she`rlarini aytishadi,raqsga tushishadi.


    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.

    17-mavzu:Vatan posbonlari (14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini qaror toptirish.Ajdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Kun shiori: Biz Vatanimizni qanday himoya qilamiz !

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi: Vatan – muqaddas dargoh.Uning har bir qarichi biz uchun azizdir.Shu yurtda tug`ilib,o`sib,shu yurtda kamol topgan zot borki,umr bo`yi unga nisbatan buyuk muhabbat bilan yashaydi. Bu jannatmakon diyorda ne-ne ulug` zotlar o`tmagan.Ularning Vatan ravnaqiga qo`shgan hissalari ham dunyoga mashhur.

    Biz Mirzo Ulug`bek,Xorazmiy,Beruniy,Ibn Sino,Alisher Navoiy,Mirzo Bobur kabi bobolarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

    -“Tinch elning bog`i gullar”,deydi donishmandlarimiz.Shukrona aytamiz: Vatanimiz – tinch, yurtimiz – obod.Osoyishtalik tufayli kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz jahonga yuz tutmoqda.Dunyo ahli bugun O`zbekistonga,shu zaminda yashovchilarga havas bilan qarashadi.

    -Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarga,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.

    -O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir

    III.Yakuniy qism.

    O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman.

    “Askar” She`r yodlatiladi.

    Kelajakda askar bo`lamiz,

    Qo`riqlaymiz ona Vatanni

    Sarhadlarda sergak turamiz,

    Asrab shu yurt,bog`-u chamanni.
    Sarkardalar avlodidanmiz,

    Sharaflarga,shonlarga loyiq.

    Temur bobom,Jaloliddindek,

    Qalbda Vatan mehri har nedan ortiq.


    Habib Rahmatning “Botir askarcha” she`ridagi ota va o`g`il dialogini aytish mumkin.

    Dadajon,askar akam

    Qadam tashlar gurs,gurs,gurs.

    Vatanimga,xalqimga

    Sodiqman,deb bergan so`z.

    -Shundaymi?

    -Shunday!
    -Men ularning ukasi,

    Qanday bo`lishim kerak?

    Vatan ishiga tayyor

    Bo`lib turishim kerak.

    -Shundaymi?

    -Shunday!

    Vatanimni,xalqimni

    Ko`z qoramdek saqlayman,

    Askar akamga o`xshab

    El ishonchin oqlayman.

    -Shundaymi?

    -Shunday!

    Ofarin,ota o`g`il,

    Tilginangga bol,shakar.

    Sen ham bir kun ulg`ayib,

    Bo`lasan botir askar.


    Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli gaplani qo`yib to`ldirish.

    -Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz)

    -Vataning tinch- ________________________(sen tinch)

    -Tinchlik bilan el ko`karar,

    _____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.)

    -Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.)

    -El qudrati – chin qudrat,

    _____________________(Vatan tuprog`i qimmat.)

    -Yurt qo`risang o`sarsan,

    _____________________(Qo`rimasang to`zarsan.)

    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.




    18-mavzu:Mening mahallam

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:Xalqimizga xos fazilat. “Bir bolaga yeti mahalla ota-ona”, “Qo’shning tinch, sen tinch”, Mening mahallamda yashash yaxshi kabi tushunchalarni singdirish

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.

    Kun shiori: Mahalla-tarbiya o’chog’I



    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    1.Ko`rgazmalilik asosida o`qituvchining mavzu bo`yicha ma`lumoti.



    Bizning mahalla katta va chiroyli. Mahallamizda o’rik, olma, shaftoli, nok, gilos va behi daraxtlari o’sadi. Mahallamiz bolalari bu ko’chatlarni parvarish qiladilar. Ularga suv qo’yadilar, tagini yumshatadilar. Mahallamiz kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. Bunga sabab mahallamiz ahlining ahil-inoqligidir.
    2. Rasmlar asosida guruhlarda ishlash

    3.O`qituvchining darsni xulosalash.

    1) Mahalla qanday maskan?

    2).Sizning mahallangiz chiroylimi?

    3) Sizning mahallangizda kimlar yashaydi?

    4)Qo’shnilaringiz qanday odamlar?

    5)Qo’shnilar bilan ahilmisiz?

    6)Mahallangizda qanday do’konlar bor?

    III.Yakuniy qism.

    Guruhlarda kichik savollar asosida ishlash

    1) O’z mahallangiz haqida gapirganda nimalarni xis qilasiz?

    2) Vatan nima?

    3). Mahalla- kichik Vatan deganda nimani tushunasiz?

    4) Siz o’z mahallangizga bo’lgan hurmatingizni qanday ifodalaysiz?

    5) Sizning oilangiz ahil oila-mi?

    6) Oilangizda kimlar yashaydi?

    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
    19-mavzu:Yaxshi tarbiya – inson ziynati

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga yosh avlod tarbiyasi-kelajak poydevori ekanligini uqtirish.

    O`quvchilarda or-nomus,mehr-oqibat,kamtarlik,insonparvarlik,mehnatsevarlik tuyg`ularini tarbiyalash,kattalarni hurmat qilish,kichiklarni izzat qilishga o`rgatish.



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Kun shiori: Biz tarbiyali bolalarmiz !



    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi:

    Inson tarbiyasi – buyuk ma`naviy qadriyatlarga ega. Tarbiya – bu odobfazilatlaridan biri.Tarbiyali kishi el o`rtasida e`zozlidir.

    Hozir men sizga Rostgo`ylik haqida hikoya aytib beraman.Diqqat bilan quloq soling.

    Aytishlaricha,Imom Buxoriy hazratlari bolalik yillari ilm o`rganish maqsadida uzoq safarga chiqibdilar.U kishining onalari bolasini to`nining etagiga qirq tilla tangani yaxshilab tikib qo`yibdi. Safar oldidan har qanday vaziyatda ham hech qachon yolg`on so`zlamaslikni tayinlabdi.Yo`lda bola qo`shilib ketayotgan karvonga qaroqchilar hujum qilib qolibdi.Barchani talab bor-yo`g`ini batamom tortib olishibdi-da,bolaga uncha ham e`tibor bermay so`rashibdi:

    -Sening nimang bor?

    -Menda qirq tilla bor,-debdi bola.

    Qaroqchilar bolani masxara qilishibdi.Qaroqchilar boshlig`i bolani olib kelishni buyuribdi.Shunda ham bola to`g`risini gapirib,menda qirq tilla bor,deb turaveribdi va etagini yirtib,tangalarni qaroqchilar boshlig`ining oldiga to`kibdi.Shunda qaroqchilar boshlig`i:

    -Ey,nodon bola,sen bor narsangni aytmaganingda,tillalaring o`zingda qolardi,hech kim bilmagan edi-ku!- debdi.

    Shunda Imom Buxoriy hazratlari safar oldidan onalari hech qachon yolg`on gapirmasliklari lozimligini ta`kidlaganini va onalarining o`gitiga amal qilganliklarini aytgan ekanlar.

    Qaroqchilar boshlig`i yosh Buxoriyning gapidan nihoyatda ta`sirlanib,qaroqchilik,talon-taroj va zo`ravonlikdan qaytib,nochor,faqir odamlardan zo`ravonlik bilan tortib olgan narsalarni miskin,bechoralarga tarqatib tavba qilgan ekanlar.

    III.Yakuniy qism.

    1.Ona safarga otlangan o`g`liga qanday nasihat berdi?

    2. Shunda Imom Buxoriy hazratlari qaroqchilarga qanday saboq berdilar?

    “Ruchka stol o`rtasida”o`yini.(Tanaffusda har bir o`quvchiga o`zi yopishadigan bo`sh tarqatma kartochkalar beriladi.)



    Har bir qatorga A-4 format tarqatiladi. Tarbiya deganda qanday tushunchaga ega bo`ldingiz? Fikringizni qog`ozchalarga yozib formatga yopishtiring.

    Dars yakunida o`quvchilarfikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.


    20-mavzu: Bobolarimiz deydilar…

    (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni ajdodlarimiz an`analarini hurmat qilish,e`zozlash ruhida tarbiyalash.Ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ezgulik va insonparvarlik tuyg`ularini singdirish.

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.

    Kun shiori: Bizning ikki buyuk bobomiz !



    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga jalb qilish.Sinf ikki guruhga ajratiladi.

    1-guruh nomi:-“Alishe Navoiy”

    2-guruh nomi:- “Zahiriddin Muhammad Bobur”

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi:- Mana,guruhlar bilan tanishib oldik. Endi ajdodlarimiz hayot yo`li va ularning qoldirgan merosi haqida bilganlaringizni aytib o`zaro bellashasiz.

    1-guruh.

    1-o`quvchi:

    Besh asrkim nazmiy saroyni

    Titratadi zanjirband bir she`r.

    Temur tig`i yetmagan joyni

    Qalam bilan oldi Alisher.(A.O)

    2- o`quvchi:

    -Buyuk bobomiz Alisher Navoiy chindan ham insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan shaxslardan biri,so`z mulkining sultoni.

    3- o`quvchi:

    Alisher Navoiy bobomiz 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug`ilganlar.

    4- o`quvchi:

    Yoshligidan kitobga mehr qo`ygan Alisher odobli,zehni o`tkir,ko`plarning diqqat – e`tiborida bo`lgan.

    5- o`quvchi:

    Bobomiz bizga ko`plab g`azallar,dostonlar,ruboiylar va hikmatlarnimeros qilib qoldirganlar.

    2-guruh:

    6- o`quvchi:

    Siz –zobit,dastini cho`zgan dunyoga,

    Siz- shoir, mangu bir alanga yoqqan.

    Nainki bandalar,Sizning siymoga

    Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.(A.O)

    7- o`quvchi:

    -Vatanining asl farzandi,adolatli shoh siymosi bo`lmish Mirzo Bobur 1483-yil 14-

    Fevral kuni Andijon shahrida tavallud topganlar.

    8- o`quvchi:

    Ham shoh,ham shoir bobomizning yurt sog`inchida bitgan ruboiylar-u g`azallari Vatanni sevish,uni e`zozlashga undaydi.

    9- o`quvchi:

    Zahriddin Muhammad Bobur o`z davrida xalq manfaatini o`yladi.Inson qadr-qimmatini yuqori tutdi.

    10- o`quvchi:

    Buyuk shoir o`z asarlari orqali odamlarni kamtarin,ko`rkam fazilatlar egasi bo`lishga da`vat etdi.

    O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.



    III.Yakuniy qism.

    Bobolarimizdan meros bo`lib qolgan qanday hikmatli so`z,ruboiylar bilasiz?

    1-guruh:

    -Aytar so`zni ayt,aytmas so`zdan qayt.

    -Vafosizda hayo yo`q,hayosizda vafo yo`q.

    -Yigitlik chog`I yiqqil ilmu hunarni,

    Qarilik chog`I sarf qilgin oni.

    2-guruh:-Har kimki,vafo qilsa-vafo topqusidur!

    Har kimki,jafo qilsa-jafo topqusidir!

    Yaxshi kishi ko`rmagay yomonloq hargiz,

    Har kimki, yomon bo`lsa-jazo topqusidur!

    21-mavzu:“Dono bobolar o’gitlari”(xalq maqollari va matallari haqida)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarning xalq maqollari va matallarini hamda vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ma’naviy merosini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mehr-oqibatlilik, insoniylik, vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash. Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug`bek, Bobur va albatta ota- onamiz va ustozlarimizdan o`rnak olishga , ularning yaxshi amallarini o`rganib, davom ettirishga o`rgatish



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Kun shiori: Biz buyuk allomalar yurti farzandlarimiz !

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug`bek, Bobur rasmlari , ularning qilgan ishlari aks ettirilgan kitoblar va tasvirlar

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:.

    Tashkiliy qism : .

    Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug`bek, Bobur rasmlari , ularning qilgan ishlari aks ettirilgan kitoblar va tasvirlar.

    Tashkiliy qism. Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.

    II Asosiy qism: O`qituvchi: Alpomishdagi botirlik, Shiroqning jasorati va aqli, Amir Temurning qahramonliklari , Ulug` vatan urushidagi ota- bobolarimizning matonati tufayli shunday yorug` kunlarda yashayapmiz. “Shiroq ” afsonasi o`qib beriladi va mazmuni ustida ishlanadi.Temurning “Kuch- adolatdadir.” Bosgingga qilich kelsada ,rost so`zla hikmatlari mazmuni muhokama qilinadi.

    Ko`ragoniy jadvalin tuzgan, Shoir, bog`bon, olim, alloma sarvar.

    Sirli osmon toqiga Umrini xalqiga bergan xalqsevar.

    Ilk narvon qo`ygan, Ellarga quyoshdek maqbul kitobi,

    Ulug`bek bobomiz bo`lasiz. Jahonda nur sochgan “Xamsa” kitobi

    Alisher Navoiy bobomizga tasanno.


    Tole yo`qki jonimga balolig` boldi,

    Har ishnikim ayladim, xatolig` boldi.

    O`z yerni qo`yib Hind sora yuzlandim,

    Yo rab ,netay, ne yuz qarolig` bo`ldim.

    She`ri mazmuni muhokama qilinib,Mirzo Boburning Vatanga bo`lgan cheksiz muhabbati yoritib beriladi. A. Navoiyning bolaligi , M.Ulug`bekning Rasadxonalari, Boburning yurttinchligi uchun qilgan ishlari , qurdirgan saroy va bog`lari rasmlarda namoyish etiladi.

    Ota- onamizning kasblari, ustozimizning bizlarga berayotgan bilimlari, ularning muomalalari, kiyinishi va o`zlarini tutishlariga ahamiyat berib, o`zimiz uchun o`rnak bo`ladigan ishlarini davom ettirishga harakat qilamiz.



    III. Yakuniy qism: O`quvchilar o`zlari o`rnak olishlari mumkin bo`lgan kishilar haqida so`zlab berishadi va mashg`ulot yakunlanadi.

    Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.



    22-mavzu:“Bizni dunyo taniydi”

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:Mustaqillik O’zbekiston – seni tanidi jahon. Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi haqida so’zlab berish;



    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.

    Kun shiori: Biz jahonga chiqamiz !

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:.

    Tashkiliy qism : .



    II Asosiy qism:

    O’qtuvchi globusdan O’zbekiston chegarasini ko’rsatadi.



    • O’zbekiston o’z vaqtida sobiq mustabid tuzumning mahmuriy-buyruqbozlik tizimidan, biryoqlama rivojlangan nochor iqtisodiyotdan, «shok terapiyasi» kabi nomahqul modellardan butunlay voz kechib, mashhur besh tamoyilga asoslangan o’z taraqqiyot yo’lini qat’iy tanlab olgani va dunyoda «O’zbek modeli» sifatida ehtirof etilgan rivojlanish strategiyasining real natijalarini aniq tahlillar orqali ochib berish;

    • 1990 yilda mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, go’sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan bo’lsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi o’zimizda ishlab chiqarilayotganini el-yurtimiz farovonligi tobora ortib borayotganining amaliy tasdig’i sifatida talqin etish;



    • mustaqillikka qadar mamlakatimizda umuman mavjud bo’lmagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi bugungi kunda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig’ini ishlab chiqarayotgani, mazkur tarmoqda jami ish bilan band aholining 75-77 foizi mehnat qilayotgani, yurtimizda bu soha jadal rivojlanib, o’rta sinf – mulkdorlar sinfining jamiyat tayanchiga aylanib borayotganini hayotiy misollar bilan ko’rsatish;

    • shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga go’zallashib, tobora obod bo’lib borayotgani, jumladan, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish bo’yicha joriy etilayotgan dasturlarning ijtimoiy ahamiyatini ochib berish;

    • mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholimiz, birinchi navbatda keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy ehtibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, ularning huquq va manfaatlarini tahminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun davlat byudjetidan ijtimoiy ehtiyojlar, jumladan, aholini qo’llab-quvvatlash va sotsial sohani mustahkamlashga ajratilayotgan yillik xarajatlar izchil oshib borayotganini, birgina 2014 yilda bu raqam 60 foizdan ortganini mazkur yo’nalishda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlarimizning mantiqiy natijasi sifatida ko’rsatish;

    • zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustaqil fikrlaydigan, o’z ona yurtiga mehr va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan, hech kimdan kam bo’lmaydigan, hal qiluvchi kuch bo’lib maydonga chiqayotgan yangi avlodni tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning mohiyatini ochib berish;

    • mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, o’zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va anhanalarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug’lash, sog’lom va barkamol yangi avlodni shakllantirish bo’yicha ilgari tasavvur ham qilib bo’lmaydigan beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng tushuntirish;

    • yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayot, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni saqlash, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, uzoq va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan do’stona munosabat va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, turli mintaqa va hududlarda xavf-xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh, sergak va hushyor bo’lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish – bugun hayotning o’zi barchamizdan talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifa ekaniga alohida ahamiyat qaratish;.

    Ma’naviy sohada ham sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi : tilga, tarixga, milliy an’ana va qadriyatlarimizga, ma’naviy merosimizga, dinga, adabiyot va san’atga, urf-odatlarimizga bo’lgan munosabatlar o’zlikni anglash, milliy mafkuraning shakllanganligidan dalolatdir. Bunday keng ko’lamli ishlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar zamirida Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning mehnati beqiyosdir!

    2016-yil 2-sentyabrda Vatanimiz, butun o‘zbek xalqi o‘ta og‘ir judolikka uchradi…

    Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov  o‘z xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevar edi va o‘zining kunlariga qadar butun hayotini O‘zbekistonga xizmat qilishga bag‘ishladi.

    2016-yil 2-sentyabrda maktablarda 02.09.2016 yili Vazirlar Mahkamasining №4-sonli tezkor majlisining qaroriga ko‘ra,  2016-2017 o‘quv yilining ilk darslari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlandi.  O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni porloq xotirasiga atab barcha maktablarimizning asosiy kirish foyesida kichik “Xotira maydonchasi” va “Xotira darslari” tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni, xalqimizni sobiq sho‘ro mustamlakaligidan ozod qilish, millatimizning azaliy qadriyatlarini tiklash, yoshlarimizning hech kimdan kam bo‘lmay, barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun tarix zarvaraqlarida o’chmas iz qoldirdi, butun dunyoda tan olingan rivojlanishning “O‘zbek modeli” asosida mamlakatimizni misli ko‘rilmagan yuksak darajalariga olib chiqdi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligining 25 yili davomida dunyoda o‘z nomi, o‘rni va maqomiga ega bo‘ldi. Respublikamizning barcha hududlarida muqaddas qadamjolarimiz tiklandi, buyuk allomalarimizning muborak nomlari, ular qoldirgan meros beqiyos ulug‘landi. G‘allachilik, energetika va boshqa o‘nlab sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Bu islohotlar nafaqat xalqimiz, balki jahon ahli ommasi tomonidan yuksak e’tirof va ehtirom qozondi.



    Yurtboshimizning yoshlarga, ayniqsa, intiluvchan, g‘ayratli, tashabbuskor kelajak avlodlarga mehri bo‘lakcha edi. Yosh avlod tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratib, farzandlarimizning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi uchun mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy sharoitlar yaratildi. Yaratilgan sharoitlar tufayli iqtidorli yoshlarimiz san’at va sport sohasida jahon maydonlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. Yurtimiz dovrug‘ini dunyoga yoymoqdalar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning so‘nmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi.


    Download 2.22 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2.22 Mb.