III.Yakuniy qism.
Ichan qal`a majmuasi: O`rta asrlarda Xiva allomalarning shahri bo`lgan. Bu yerda yirik fan markazlari faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino yashagan va ijod qilgan.
Shoh Ma`mun ibn Muhammad huzurida o`rta asrlarning eng yirik Sharq olimlari ishlagan, ular «Ma`mun Akademiyasi» ni tashkil qilganlar.
Ko`kaldosh madrasasi” O`zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi Omonulla Bo`riyevning aytishicha, ushbu tarixiy obida 1551-1575 yillarda bunyod etilgan.
Shaharning eng yirik tarixiy dahalari – Ko`kcha, Beshyog`och, O`rda va Samarqand darvozadan keluvchi yo`llar aynan shu yerda – Ko`kaldosh madrasasi hududida kesishadi. Ko`kaldosh madrasasi Chorsu maydonining Shahriston tepaligida, Xo`ja Ahror Valiy jome` masjidi yonida an`anaviy sharqona uslubda barpo etilgan. O`sha davrda bu binodan butun shahar kartadagidek ko`rinib turgan.
Uning keng hovlisi hujralar va ochiq ayvonlar bilan o`ralgan. Janubga qaragan darvozasining chap qismida masjid, o`ng tomonida qiroatxona joylashgan. Istiqlolga erishganimizdan keyin, davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan yurtimizning boshqa hududlarida bo`lganidek, Toshkent shahrida ham qadimiy obidalarga alohida e`tibor berildi. Shuningdek, muqaddas qadamjolarni hamda me`moriy obidalarni qayta tiklash, arxeologiya yodgorliklarini bosqichma-bosqich chuqur o`rganishga e`tibor kuchaydi.
Ko`kaldosh madrasasida ham rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, yangi minora barpo etilib, madrasa binosi sharqona uslubda ziynatlandi.Yangi darvozalar o`rnatildi.Bunday xayrli ishlarda Toshkent, Samarqand, Farg`ona ustalari o`z mahoratini namoyish qildilar.
Savol va topshiriqlar
1.Qadimda Ko`kaldosh madrasasi qanday bo`lgan?
2.Hozirda madrasa qanday?
3.Siz Xivada bo`lganmisiz?
4.Ichan qal`a nimani anglatadi?
5.Vatanni sevish, uni ardoqlash, ko`hna va qadimiy shaharni asrash uchun nimalar qilish kerak?
6.Vatan ravnaqini belgilab beradigan narsa nima ekan?
O`qituvchi tarixiy obidalar vatanimimizning,uning xalqining g`ururi, o`tmishi, tarixi ekanligini,ko`hna va qadimiy obidalarini asrash, ularni kelajak avlodlarga yetkazib berish har bir fuqoroning asosiy burchidir deb,darsga yakun yasaydi.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
20-mavzu:Bobolarimiz merosi…
(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni ajdodlarimiz an`analarini hurmat qilish,e`zozlash ruhida tarbiyalash.Ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ezgulik va insonparvarlik tuyg`ularini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga jalb qilish.
|