|
-mavzu: Yo’llarda piyodalar harakati
|
bet | 2/7 | Sana | 31.12.2019 | Hajmi | 1,88 Mb. | | #6700 |
2-mavzu: Yo’llarda piyodalar harakati
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
3-mavzu: Birinchi tibiiy yordam qanday ko’rsatiladi?
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga birinchi tibbiy yordam haqida tushuncha, tibbiy yordamga muhtoj kishilarga duch kelganda qanday harakat qilish lozimligi tug’risida tushuncha berish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
a)Psixologik muhit yaratish.
b)Navbatchi hisoboti.
II.Asosiy qism: O’qituvchi o’quvchilarga birinchi tibbiy yordam haqida ma’lumot beradi.
Ma’lumki, baxtsiz hodisalar, falokat, tabiiy ofat va boshqalar vaqtida voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘p sonli jarohatlanganlar bo‘ladi. Bunday holatlarda tez yordam qanday tashkil qilinadi? Qanday yordam va u qanday ketma-ketlikda ko‘rsatiladi? Bunday hollarda voqea sodir bo‘lgan joyda tibbiyot xodimi yoki birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxs voqea oqibatlarini bartaraf qilish uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha javobgar bo‘ladi. U hamma jarohatlanganlarga yordam berilmaguncha yoki tez yordam brigadasi yetib kelmaguncha o‘sha joyda qolishi kerak.
Bu holatda hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar quyi-dagilardan iborat: shikastlanish turi bo‘yicha jarohatlanganlar guruhlarini tashkil qilish, hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tez tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatlanganlarni tezkorlik bilan, ularning holati va jarohati darajasiga qarab, navbat bilan davolash muassasasiga evakuatsiya qilish.
Jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha umumiy boshqaruv mahalliy sog‘liqni saqlash organlariga yuklatiladi.
Amaliy boshqaruvni operativ bo‘lim orqali, o‘choqdagi (tabiiy yoki baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi) mas’ul tibbiy xodim va tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul navbatchi vrachi amalga oshiradi. O‘choqda barcha ishlarga mas’ul feldsher tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul vrachiga bo‘ysunadi. U voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelishi bilan sharoitni baholab, barcha tibbiy xodimlarni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirishi, so‘ngra o‘z o‘rnini belgilashi kerak.
U jarohatlanganlar sonini aniqlaydi va shunga mos ravishda radio yoki telefon orqali qo‘shimcha tez yordam mashinalarini chaqirish masalasini hal qiladi. Fyeldsher muassasa rahbariyati, militsiya va avariya qutqaruv xizmati bilan aloqa bog‘laydi va jarohatlanganlar evakuatsiyasi yo‘nalishini aniqlaydi. Jarohat turiga qarab, tibbiy saralash va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun feldsher va hamshiralar ajratiladi.
Yangi kelgan brigadalarni o‘z boshqaruviga olib, bosh vrach bilan birgalikda jarohatlanganlarni gospitalizatsiya qilish va ko‘rsatmalar bo‘yicha profilli kasalxonalarga evakuatsiya qilish tartibini aniqlaydi.
O‘choqda ishlar tugaganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan o‘choqni shaxsan tekshiradi va obyekt rahbariga hamda tez tibbiy yordam stansiyasi mas’ul navbatchi vrachiga axborot beradi, ularning ruxsati bilan voqea sodir bo‘lgan joydan eng keyin jo‘nab ketadi.
Qo'l, oyoq qattiq shikast yetganda birinchi tibbiy yordam
Qo'l yoki oyoq qattiq jarohat tufayli uning sinish extimoli mavjud.
Quyidagi holatda vrach kelgunicha birinchi tibbiy tez yordam quyidagicha Qo'l yoki oyoq singan bo'lsa darhol singan joyiga shina (qattiq, tekkis bo'lgan jism) qo'yiladi va ustidan toza bint yoki mato bilan o'rab bog'lab qo'yiladi. Singan joyidan katta jarohat bo'lib to'xtovsiz qon kelayotgan bo'lsa shu jarohat tepasidan tahminan bir qarich tepasidan qo'lni yoki oyoqni mato bilan qattiq bog'lab qo'yiladi, bog'lab qo'yish natijasida qo'lga yoki oyoqga qon borishini to'xtatib turamiz, faqat bog'lab qo'ygan joyizga qachon bog'lab qo'yilgan vaqtingizni yozishni unutmang.
Gemostaz (Qon oqishi vaqtida birinchi yordam)
Qоn оqshi sаbаbаlri vа kuchi. Qоn оqshi, ko`pinchа, qоn tоmir dеvоrining mеxаnik tа`sir tufаyli shikаstlаnishidаn yuzаgа kеlаdi, shuningdеk uning bа`zi bir kаsаlliklаridа pаtоlоgik o`zgаrishlаrgа uchrаshi hаm sаbаb bo`lаdi. Bundаn tаshqаri, qоn оqishi qоnning ivish xususiyati buzilgаnidаn, mаsаlаn, gеmоfiliya xаstаligidа kuzаtilishi mumkin. Qоn tоmirdаn оqаyotgаn qоn оqimining kuchi o`shа tоmir turigа, kаttа-kichikligigа, qаysi to`qimа shikаstlаngаnligigа, jаrоhаt xаrаktеrigа, qоn оqаyotgаn gаvdа qismining hоlаtigа bоg`libo`lаdi.
Qоn оqishining turlаri. Qоn tаshqаrigа оqаyotgаn bo`lsа tаshqi, bo`shliqаrgа yoki gаvdа to`qimаlаrigа quyilаyotgаn bo`lsа, ichki yoki yashirin qоn kеtishi dеyilаdi.
Teri shikastlanganda birinchi tubbiy yordam
Terining timdalanishi, qirilishi, tilinishi. Bunda jarohat toza sovuq suv bilan, keyin kaliy permanganatning och pushti rangli
(1:1000) eritmasi bilan yuviladi; so'ngra atrofiga yod eritmasi yoki yashildori (zelyonka) surtib, sterillangan bint bilan bog'lab qo'yiladi. Agar jarohat kattaroq bo'lsa, yuqoridagi birinchi yor¬dam berilgandan so'ng jarroh yoki travmatolog shifokorga mu rojaat qilinishi kerak. Jarohatga tuproq, qozonkuya kabilarni sepish mutIaqo mumkin emas, chunki ularda har xii mikroblar bo'lib, jarohat yiringlashi mumkin.
III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O’quvchilar rag’batlantiriladi.
4-mavzu: Yo’l xavfsizlik belgilari
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
5-mavzu: Ustoz mehri
|
| |