• 6.5.Dissotsialanish darajasi
  • Dissotsialanish konstantasi o’zgarmas haroratda ionlar konsentratsiyasi ko’paytmasining muvozanatdagi ayni elektrolit konsentratsiyasiga nisbatidir.
  • ( 1 - a) * C 1 - a 1 - a
  • 6.6. Eruvchanlik ko’paytmasi
  • Ayni haroratda qiyin eriydigan moddalarning to’yingan eritmasida ionlar konsentratsiyalari ko’paytmasi o’zgarmas son bo’lib shu moddaning eruvchanlik ko’paytmasi deyiladi.
  • Ionli reaksiyalar va ionlar muvozanatining siljishi
  • Atom tuzilishi




    Download 466 Kb.
    bet4/17
    Sana25.03.2017
    Hajmi466 Kb.
    #2198
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    1 *2

    Q = --------

    E * r2

    E - erituvchining dielektrik o’tkazuvchanligi.

    Formuladan ko’rinib turibdiki, ayni erituvchi uchun E qancha katta bo’lsa, tortishuv kuchi shuncha kichik bo’ladi. Suvning dielektirik doimiyligi eng katta (E = 81 ).

    6.5.Dissotsialanish darajasi

    Ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy molekulalar soniga nisbati dissotsiyalanish darajasi deyiladi.



    n

    a= --------

    N

    a- dissotsialanish darajasi; n-ionlarga ajralgan molekulalar soni; N- umumiy molekulalar soni.

    Kuchli elektrolitlar eritmasida molekulalar ionlarga to’la dissotsialangan. Ularda a ning qiymati 30 % dan yuqori bo’ladi. Kuchli elektrolitlarga:

    - kuchli kislotalar HCl, HBr, HJ, HNO3, H2SO4, HClO4, HMnO4, H2CrO4,HClO3, H2Cr2O7 lar kiradi;

    - kuchli asoslarga I va II guruh metallarining asoslari olnishi mumkin Be(OH)2 va Mg(OH)2 dan tashqari;

    - barcha suvda eruvchan tuzlar ham kuchli elektrolitlarga kiradi.Ba’zi elektrolitlarning 0,1 n eritmalari uchun dissotsilanish darajasi quyidagi 12- jadvalda keltirilgan.

    Bu qiymatlarga qarab elektrolitlar kuchi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin.

    Kuchsiz elektrolitlar uchun dissotsiyalanish darajasi 3% dan kam qiymatga ega bo’ladi. Kuchsiz elektrolitlarga:

    - barcha organik kislotalar(R-COOH) va asoslar (R-NH2; R2NH ;R3N);

    - kuchsiz asoslar (1 va 11 guruh asosiy guruhi metallaridan boshqa barcha metallar gidroksidlari; NH4OH

    - ba’zi anorganik kislotalarni : H2S, HNO2, H2SiO3, H2CO3, HClO, HCN, H2SO3 olish mumkin.

    12 -jadval.18oS da elektrolitlaning 0,1 n eritmalari uchun dissotsialanish darajasi



    Elektrolit

    ,%

    Elektrolit

    ,%

    H2S

    HgCl2

    NH4OH

    CH3COOH

    HF

    H3PO4



    H2S03

    CuSO4

    MgSO4

    H2SO4

    K2SO4


    0,07

    1,0


    1,34

    1,34


    8,5

    27

    34



    38

    42

    58



    72

    HNO3

    HI

    HCl



    KOH

    NaOH


    KCl

    NaCl


    NaNO3

    Ba(OH)2

    CaCl2

    Ca(OH)2



    92

    92

    91



    91

    91

    86



    86

    83

    77



    75

    75


    13- jadval. Ba’zi elektrolitlarning dissotsilanish konstantalari (25oS da)

    Kislotalar

    k

    Asoslar

    k

    HCN

    HNO2

    H2S
    H2CO3
    H3PO4

    HCOOH


    CH3COOH

    7,2*10-10

    4*10-4

    k1=1*10-7

    k2=2,5*10-3

    k1=4,5*10-7

    k2=4,8*10-11

    k1=7,1*10-3

    k2=6,2*10-8

    k3=5*10-10

    1,4*10-4

    1,74*10-5


    NH4OH

    Ca(OH)2

    Zn(OH)2
    Pb(OH)2
    NH2OH

    N2H4

    CH3NH2

    C6H5NH2

    C5H5N


    1,76*10-5

    4*10-2

    k1=4,4*10-5

    k2=1,5*10-9

    k1=9,6*10-4

    k2=3*10-8

    1*10-3

    3*10-6

    4,4*10-4

    3,8*10-10

    1,70*10-9


    Dissotsialanish jarayoni eritma konsentratsiyasiga, elektrolit tabiatiga va temperaturaga bog’liq. Temperatura ortishi dissotsialanish darajasini qiymati yuqori bo’lishiga olib keladi. Kuchsiz elektrolitlar uchun dissotsialanish darajasi konsentrtasiya kamaysa ortadi(14 jadval).


    14- jadval. 25oS da sirka kislota eritmasi uchun dissotsialanish darajasining eritma konsentratsiyasiga bo’g’liqligi

    C,M

    0,2

    0,1

    0,05

    0,01

    0,005

    0,001

    ,%

    0,95

    1,40

    1,90

    4,20

    6,00

    12,40

    Dissotsialanish jarayonini dissotsialanish konstantasi bilan tasniflash mumkin. Kislota va asoslarning dissotsialanish konstantalari 13- jadvalda keltirilgan:



    HNO2 = H+ + NO2

    [H+ ]*[ NO2 ]

    K= ----------------------

    [HNO2]

    [H+] va [NO2]- ionlarning molyar konsentratsiyasi;

    [HNO2] dissotsiyalanmagan ionlarning konsentratsiyasi.

    Dissotsialanish konstantasi o’zgarmas haroratda ionlar konsentratsiyasi ko’paytmasining muvozanatdagi ayni elektrolit konsentratsiyasiga nisbatidir.

    K elektrolit tabiati va haroratga bog’liq. K qiymati qancha kichik bo’lsa elektrolit kuchsiz hisoblanadi. Ba’zi kuchsiz elektrolitlarning dissotsialanish konstantasi qiymati jadvalda keltirilgan.

    Dissotsialanish darajasi bilan dissotsialanish konstantasi orasida quyidagi bog’lanish bor:

    Agar [ H+ ]= a*C ; [ NO2 ]= a*C; [HNO2]= (1- a)*C


    a*Ca*C a2*C a2*C

    K= ---------------= ----------; K=-----------.

    ( 1 - a)*C 1 - a 1 - a

    Bu tenglama Ostvaldning suyultirish qonunini ifodalovchi tenglama deyiladi. a qanchalik katta bo’lsa K ning qiymati ham shuncha yuqori bo’ladi.

    Juda kuchsiz elektrolitlar uchun 1 - a = 1 bo’lsa, K= a2*C qiymatga teng bo’ladi. 

    = K/C; Agar konsentratsiya 100 marta kamaysa, dissotsialanish darajasi 10 marta ortadi.




    6.6. Eruvchanlik ko’paytmasi

    Qiyin eriydigan moddalarning (CaSO4, AgCl, BaSO4 va boshqalar) to’yingan eritmasida cho’kma bilan erigan modda ionlari o’rtasida muvozanat qaror topadi. Masalan, 25oS da CaSO4 eritmasida:



    CaSO4 (q) = Ca2+ (s) + SO4 2-(s)

    [Ca2+ ]* [ SO4 2-]

    K= ------------------------

    [CaSO4]

    Kasrning maxrajidagi K* [CaSO4]= K1 o’zgarmas qiymat bo’lib uni

    eruvchanlik ko’paytmasi (EK) deyiladi.

    Ayni haroratda qiyin eriydigan moddalarning to’yingan eritmasida ionlar konsentratsiyalari ko’paytmasi o’zgarmas son bo’lib shu moddaning eruvchanlik ko’paytmasi deyiladi.

    EK- haroratga bog’liq bo’lgan kattalik.



    EK= [Ca2+] *[SO42-]= 2,25*10-4

    Juda ko’p moddalar uchun EK qiymati berilgan ( 15- jadval) va u moddalarning eruvchanligini hisoblashlarda ishlatiladi. Quyidagi jadvalga ko’ra eng yomon eriydigan birikma HgS deyish mumkin.

    Qator farmatsevtik preparatlar tahlilida cho’ktirish usuli keng qo’llaniladi, bu usul yomon eriydigan moddalarning eruvchanligiga asoslangan. Klinik tahlilda ham peshob tarkibini aniqlashda, oshqozon shirasi tekshirilganda, qon tarkibi va sanitariya- gigiyna tekshiruvlarida cho’ktirish usuli keng ko’lamda ishlatiladi.

    15- jadval. 25oS da ba’zi qiyin eruvchan tuzlarning eruvchanlik ko’paytmasi




    Birikmalar

    Eruvchanlik

    ko’paytmasi



    Birikmalar

    Eruvchanlik

    ko’paytmasi



    CaSO4

    CaCO3

    BaSO4

    AgCl


    MnS

    AgBr


    AgI

    2,25*10-4

    5*10-9

    1,1*10-10

    1,8*10-10

    2,5*10-10

    6*10-13

    1*10-16


    Zn(OH)2

    FeS


    Cu(OH)2

    ZnS


    CuS

    Cu2S

    HgS


    1*10-17

    5*10-18

    2,2*10-20

    1*10-23

    6*10-36

    1*10-48

    1*10-52

    Moddalarning suvdagi eruvchanligi va uning toksik ta’siri orasida bog’liqlik bor. Agar organizmga Al3+ kiritilsa erimaydigan fosfatlar hosil bo’lishi hisobiga raxit paydo bo’ladi.



    Ionli reaksiyalar va ionlar muvozanatining siljishi

    Barcha elektrolitlar ishtirokida amalga oshadigan reaksiyalar ionlar orasida amalga oshadi. Bunday reaksiyalar ionli reaksiyalardir. Ion almashinish reaksiyalariga quyidagilar kiradi:





    1. Download 466 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 466 Kb.