Atom tuzilishi




Download 466 Kb.
bet7/17
Sana25.03.2017
Hajmi466 Kb.
#2198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
pH = - lg [H+]

Shunga o’xshash pOH= - lg [OH-]

Toza suvning pH qiymati pH= - lg[10-7]= -( -7) lg 10= 7 ga teng.

Hisoblashlarga ko’ra kislotali muhit uchun pH qiymati 0 dan 7 gacha o’zgaradi.

Ishqoriy muhitda esa pH qiymati 7 dan 14 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi.

[H+]*[OH-]= 10-14 qiymat logarifmlansa , unda pH + pOH = 14 ga teng.

Oxirgi tenglama pH ma’lum bo’lsa pOH ni yoki teskarisini topishga imkon beradi.


Indikatorlar haqida tushuncha

Eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasiga qarab o’z rangini o’zgartiradigan moddalar indikator deyiladi. Indikatorlar bir rangli yoki ikki rangli indikatorlarga bo’linadi. Masalan, lakmus ikki rangli indikatorga kiradi, chunki u o’z rangini kislotali muhitda ham va ishqoriy muhitda ham o’zgartiradi.

Fenolftalein indikatori bir rangli indikatordir. Bu indikator o’z rangini faqat ishqoriy muhitda o’zgartiradi.

Universal indikator bir necha indikatorlar to’plamidan iborat bo’lib uni rangi anchagina keng chegarada o’zgaradi. Rangli jadval bilan solishtirish orqali bu indikator pH ni 0 dan 14 gacha ±1 aniqlikda topishga imkon beradi.

Hozirgi paytda elektrometrik va kolorimetrik usulda pH ni aniqlash usullari ancha aniq usullardan hisoblanadi.



Download 466 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 466 Kb.