• (Qo‘llash)
  • Tuzuvchilar: Rahimova Sabohat




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/11
    Sana28.05.2024
    Hajmi4,35 Mb.
    #255744
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    9-sinf Ona tili va Adabiyoti imtihon savollari

    (Mulohaza) 
     
    V VARIANT 
    Sen Mashrabsan, 
    Xalqda tumor, 
    Balxda dorga osilgan. 
    Navoiysan, shoh yonida 
    Faqirni duo qilgan. 
    Yassaviysan, meniki deb, 
    Ko‘ringan da’vo qilgan, 
    Ming bir yog‘i ochilmagan 
    Qo‘rig‘imsan, Vatanim. 
    Sen Xo‘jandsan, 
    Chingizlarga 
    Darbozasin ochmagan, 
    Temur Malik orqasidan 
    Sirdaryoga sakragan. 
    Muqannasan qorachig‘i 
    Olovlarga sachragan,
    Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon: 
    Cho‘lig‘imsan, Vatanim. 
     
    TOPSHIRIQLAR: 
    1. Ushbu matn qaysi asardan olingan? Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang.
    (Bilish) 
     
    2. 
    Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon: 
    Cho‘lig‘imsan, Vatanim.
    Ushbu satrlarda tinish belgilarining qo‘yilish sababini 
    tushuntiring. 
    (Bilish)
    Kim Qashqarni qildi makon, 
    Kim Enasoy tomonda, 
    Jaloliddin — Kurdistonda, 
    Boburing — Hindistonda, 
    Bu qanday yuz qarolik deb, 
    Yotarlar zimistonda. 
    Tarqab ketgan to‘qson olti 
    Urug‘imsan, Vatanim…
    O‘g‘lim desang osmonlarga 
    G‘irot bo‘lib uchgayman, 
    Chambil yurtda Alpomishga 
    Navkar bo‘lib tushgayman, 
    Padarkushdan pana qilib 
    Ulug‘beging quchgayman,
    G‘ichir-g‘ichir tishimdagi 
    So‘lig‘imsan, Vatanim… 
    (90 so‘z) 


    3. 
    Kim Qashqarni qildi makon, 
    Kim Enasoy tomonda
    … deganda shoir Muhammad Yusuf nimani nazarda tutadi?
     
    (Qo‘llash) 
     
    4. Matnda kelgan 
    “Jaloliddin — Kurdistonda, Boburing — Hindistonda” 
    satridagi 
    qo‘shma gap turini yozing hamda sodda gaplarning bog‘lanishini izohlang. 
    (Qo‘llash) 
     
    5. Shoir ota-bobolarimiz haqida: “…Bu qanday yuz qarolig‘ deb, yotarlar 
    zimistonda” misralarni nima maqsadda ifodalaydi? Mulohaza qiling.

    Download 4,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish