• Ayniqsa, onasi hammadan ko‘proq iztirob chekardi.
  • TOPSHIRIQLAR: 1. Ush bu matn qaysi asardan olingan Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang . (Bilish)
  • (Qo‘llash) 5.Shubxaning dunyoga kelishini oila a’zolari nega la’nat sifatida qabul qilishdi Dalillar bilan fikringizni asoslang. (Mulohaza)
  • Tuzuvchilar: Rahimova Sabohat




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/11
    Sana28.05.2024
    Hajmi4,35 Mb.
    #255744
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    9-sinf Ona tili va Adabiyoti imtihon savollari

    (Mulohaza)
    VI VARIANT 
    Qizcha dunyoga kelishi oilaning boshiga yoqqan la’nat bo‘lganini 
    bolaligidanoq sezgan edi. Shuning uchun odamlardan o‘zini chetga olib, doim 
    yolg‘izlikka intilar edi. Hamma uni birdan esdan chiqarib qo‘ya qolsa, unga ancha 
    yengil bo‘lardi, chog‘i. Biroq o‘z musibatini kim ham esdan chiqara oladi? Ota-onasi 
    shu haqda o‘ylagani-o‘ylagan. 
    Ayniqsa, onasi hammadan ko‘proq iztirob 
    chekardi.
    U qiziga qarab o‘zidan nomus qilardi: qiz degan onaga o‘g‘il boladan 
    ko‘ra hamisha yaqinroq bo‘ladi-da. Qiz bola ona vujudining bir qismi, undagi har 
    qanday nuqson onani nomusga qo‘yadi... U tildan mahrum bo‘lsa ham, lekin ko‘zlari 
    qora, shahlo, kipriklari uzun, lablari qiz qalbida tug‘yon urgan hislarni aks ettirib, 
    gul bargiday titrab turardi. (102 so‘z) 
    TOPSHIRIQLAR: 
    1. Ush
    bu matn qaysi asardan olingan? Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang

    (Bilish) 
     
    2. Matndagi 1-gapdagi ko‘chma ma’noli so‘zni aniqlab, leksik xususiyatini yozing. 
    (Bilish) 
     
    3. Ajratib ko‘rsatilgan gapdan yozuvchining asosiy maqsadini izohlang. 
    (Qo‘llash) 
     
    4. Matndan oxirgi berilgan qo‘shma gap turini aniqlab yozing, sodda gaplarning 
    bog‘lanishini izohlang va uyushiq bo‘laklarini yozing. 
    (Qo‘llash)
     
    5.Shubxaning dunyoga kelishini oila a’zolari nega la’nat sifatida qabul qilishdi? 
    Dalillar bilan fikringizni asoslang.
     (Mulohaza) 


    VII VARIANT 
    Sarsonboy ota javob bermadi. Uning bugun go‘yo niyatiga yetadigandek kayfi 
    chog‘ edi, lekin o‘rtog‘ining gapi bilan ko‘ngli buzildi. 
    Bir: “Sening nima ishing bor? Choyingni sotsang-chi!” – demoqchi ham bo‘ldi, tili 
    bormadi. Madumar akaning gapida jon bor edi. O‘g‘lidan qoraxat kelganidan keyin 
    bechora o‘n yil kutdi. Xatsiz, xabarsiz xotini farzand dog‘ida ado bo‘lay dedi. O‘zi 
    esa, cho‘p bo‘lib qoldi. Oxiri chidolmay aza ochdi. Ermagi – choyxona. Madumar 
    akaning bugungi gapida chindan ham jon bor edi. “Azbaroyi achinganimdan 
    gapiraman...” Nahotki, uning ahvoli achinarli bo‘lsa?! Sarsonboy ota shunday 
    o‘yladi-yu, yuragini nimadir timdalab ketganday bo‘ldi. Lablari titrab, tuproqdek 
    sarg‘aygan soqoli tortildi. Nimadir tomog‘iga kelib tiqildi…. 
    ….Madumar aka yangi damlangan choynakdan choy quyib, o‘rtog‘iga uzatdi, 
    odam kam bo‘lgani uchun o‘zi ham yoniga o‘tirdi. (114 so‘z) 

    Download 4,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish