Fayllarni himoyalash va ularga murojaatlarni boshqarish




Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/253
Sana18.05.2024
Hajmi3,88 Mb.
#242375
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   253
Bog'liq
5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

5.5. Fayllarni himoyalash va ularga murojaatlarni boshqarish 
Axborot kompyuter tizimida saqlanganda, biz uni fizik 
shikastlanishdan (ishonchlilik muammosi) va noto‘g‘ri kirishdan 
(himoya muammosi) himoya qilishimiz kerak. Ishonchlilik odatda 
fayllar nusxalari tomonidan ta’minlanadi. Ko‘pgina kompyuterlarda 
fayl tizimi ishdan chiqqan yoki buzilgan taqdirda ularni qayta tiklash 
uchun, disk fayllarini ma’lum bir vaqtda (kuniga bir marta, haftada 
yoki oyda bir marta) avtomatik ravishda (yoki kompyuter 
operatorining aralashuvi bilan) ularni nusxalarini lentalarga saqlash 
uchun ko‘chiradigan tizim dasturlari mavjud. Qurilma bilan bog‘liq 
muammolar tufayli (o‘qish yoki yozish xatoliklari kabi) fayl tizimlari 
shikastlanishi 
mumkin, 
yuklanishni 
ortishi 
yoki 
uzilishlar, 
o‘qish/yozish boshining ishdan chiqishi, haroratning haddan tashqari 
o‘zgarishi orqali bo‘lishi mumkin. Fayllar tasodifan o‘chirilishi 
mumkin. Fayl tizimi dasturidagi xatolar, shuningdek, fayl tarkibining 
yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Himoya turli xil usullar bilan 
ta’minlanishi mumkin. Bir foydalanuvchilik tizimda noutbuk yoki ish 
stoli kompyuterlari xavfsizligini xonani qulflash yoki boshqa usullar 
orqali himoya qila olamiz. Biroq, ko‘p foydalanuvchilik tizimlarda 
boshqa xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlariga ehtiyoj seziladi.
Birinchi operatsion tizimlar foydalanuvchilar o‘rtasida fayl 
almashishni qo‘llab-quvvatlay olmadi. Masalan, oldingi tizimlarda 10 
ta foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish uchun kompilyatorning 10 ta 
nusxasi talab qilingan. Bugungi tizimlar tizimdagi faol dasturlarning 
sonidan qat’iy nazar barchaga xizmat qilish uchun bitta nusxani talab 
qiladi. Aslida, har qanday faylni almashish mumkin - ma’lumotlar 
fayllari va foydalanuvchi dasturlari fayllaridan tortib tizim 
fayllarigacha. Fayllarni almashishning foydalari juda ko‘p.

Download 3,88 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   253




Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Fayllarni himoyalash va ularga murojaatlarni boshqarish

Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish