• Tarmoq protokoli
  • Fizik pog‘ona
  • Kanal pog‘onasi
  •  Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi va protokollari




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    6.4. Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi va protokollari 
    OSI/ISO modeli 
    1970-yillarning oxiriga kelib dunyoda ko‘p sonli xususiy aloqa 
    protokollari steklari mavjud bo‘lib, ular orasida, masalan, DECnet, 
    TCP/IP va SNA kabi mashhur steklarni eslatib o‘tish mumkin. 
    Internet 
    tarmog‘iga 
    ulanishning 
    bunday 
    xilma-xilligi 
    turli 
    protokollardan foydalangan holda qurilmalarning nomuvofiqligi (mos 
    kelmasligi) muammosiga olib keldi. O‘sha paytda ushbu muammoni 
    hal qilishning bir usuli mavjud tizimlarning kamchiliklarini hisobga 
    olgan holda, yaratilgan barcha tizimlar uchun yagona protokol stekiga 


    220 
    universal o‘tish edi. Aynan shu maqsadda OSI modeli ishlab 
    chiqilgan. 
    1980-yillarning 
    boshlarida 
    bir 
    qator 
    xalqaro 
    standartlashtirish tashkilotlari, xususan Xalqaro standartlashtirish 
    tashkiloti (ISO), ochiq tizimlarning o‘zaro ta’sirining standart 
    modelini ishlab chiqdilar (Open System Interconnection, OSI). Ushbu 
    model kompyuter tarmoqlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. 
    OSI modeli, birinchidan, paketlar kommutatsiyasi tarmoqlarida 
    tizimlarning o‘zaro ta’siri darajasini, ikkinchidan, standart daraja 
    nomlarini va uchinchidan, har bir darajani bajarishi kerak bo‘lgan 
    funksiyalarni belgilaydi. OSI modeli ma’lum bir protokol 
    to‘plamining bajarilishini tavsiflamaydi.
    Tarmoq 
    protokoli
    – hisoblash tizimlarining tarmoq 
    komponentlari orqali almashinayotgan xabarlarning shakli va ketma-
    ketligini belgilovchi rasmiy qoidalar majmui. Barcha protokollar 
    to‘plami protokollar oilasi yoki protokollar steki deb nomlanadi.
    Tarmoqning murakkabligi tufayli ishlatiladigan tarmoq protokoli 
    modeli juda ko‘p miqdordagi mavhumlikni o‘z ichiga oladi. 
    Zamonaviy tarmoqlar murakkab tizimdir: ular ko‘p sonli tarmoqlardan 
    iborat 
    bo‘lib, 
    ularning 
    har 
    biri 
    odatda 
    har 
    xil 
    tarmoq 
    texnologiyalaridan foydalangan holda turli xil aloqa qurilmalarida 
    qurilgan va turli xil topologiyalarga muvofiq aloqa kanallari bilan 
    bog‘langan. ISO aloqa modeli standartiga muvofiq aloqa tarmog‘i 
    quyidagi asosiy yetti pog‘onalarga (qatlam, sath) bo‘linadi: 
    Fizik pog‘ona
    - signallarni uzatish uchun mexanik va elektr 
    qurilmalar. Tarmoq aloqasining eng past darajasi hisoblanadi. Tarmoq 
    qurilmalarini o‘z ichiga oladi - tarmoq kabellari, ulagichlar, 
    konsentratorlar va boshqalar. Fizik aloqa kanallari orqali bit oqimini 
    uzatishni amalga oshiradi. 
    Kanal pog‘onasi
    - xatoliklarni aniqlash va fizik darajada 
    xatoliklarni tiklashni o‘z ichiga oladi, belgilangan uzunlikdagi kadrlar 
    (frame) yoki qismlarni qayta ishlaydi. Ushbu pog‘onada PDU 
    (Protocol Data Unit – ma’lumotlar bloki protokoli) odatda kadr deb 
    ataladi. Paketlar kommutatsiyasi rejimida ishlaydigan birinchi 
    pog‘ona hisoblanadi.

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi va protokollari

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish