301
Xavfsizlikga bog‘liq muammolar bilan birga ishonchlilik, texnik
vositalarning rad etishlarga bardoshlilik muammolari keladi.
Bunda
oldini olish yo‘llarini takomillashtirish, apparat darajasida zaxiralash
yoki ma’lumotlar bazasi darajasida nusxalash choralari ko‘riladi.
Bilib (qasddan) qilingan tahdidlar
tizimni
monitoring yoki
ma’lumotlarni o‘qishini cheklash (passiv) yoki axborotni imkoniyligi
va yaxlitligini buzilishi, qurilmalar va ilovalarni ishlash darajasini
yo‘qotishi (aktiv) bilan bog‘langan.
Qasddan qilingan tahdidlar
xakerlar xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladi va ochiqdan-ochiq
tashkilotni zarar ko‘rishiga qaratilgan bo‘ladi. Yetarli zaxiralash va
tiklash siyosatiga ega bo‘lish va arxivlashning boshqa usullarini
bajarish ko‘plab hisoblash tizimlari uchun standart ish tartibidir.
Ko‘plab tizim mamurlari ko‘p darajali
zaxira nusxalari jadvalidan
foydalanadilar. Ya’ni, ular butun tizimning zaxira nusxasini haftada
bir marta va faqatgina o‘sha kuni o‘zgartirilgan fayllarni zahira
nusxalarini olishadi. Qo‘shimcha xavfsizlik chorasi sifatida tizimning
to‘liq zaxira nusxalari uch-olti oy davomida xavfsiz joyda saqlanadi.
Hisoblash tarmog‘ida qasddan qilingan taqdidlarni quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
Tarmoqdagi
kompyuterlardan
biriga
qonuniy
(legal)
foydalanuvchi nomi ostida noqonuniy kirish;
Dastur-virus
yordamida tizimlarni buzish;
Qonuniy
(legal)
foydalanuvchilarni
noqonuniy
xatti-
harakatlari;
Tarmoqdagi ichki trafikni «eshitish».
Noqonuniy kirishlar quyidagi holatlar orqali amalga oshirilishi
mumkin:
Xavfsizlik
tizimida
imkoniyatlari
xujjatlashtirilmagan
operatsion tizimni qo‘llagan holatlarda zaif nuqtalarni vujudga kelishi;
Kuzatish, parol faylini shifrlash, ehtimoliy terib ko‘rish yoki
tarmoq trafigini analiz qilish yo‘li bilan olingan parollar, ya’ni
«begona» parollarni ishlatish;
Begona kompyuterlarga «troyan oti» ni kirishi. «Troyan oti»
dasturi har doim kerakli utilita yoki o‘yin ko‘rinishida bo‘ladi.
Qonuniy
(legal)
foydalanuvchilarni
noqonuniy
xatti-
harakatlari — legal foydalanuvchi o‘zini lavozimidan foydalangan
holatda uning funksiyasiga kiritilmagan xatti-harakatlarni
bajarishga
urinishi bilan baholanadi.
302
Tarmoqdagi ichki trafikni «eshitish» — bu noqonuniy tarzda
tarmoqni monitoring qilish, tarmoq xabarlarini ushlab olish va tahlil
qilishga urinishi bilan baholanadi.