43
Protsessorni rejalashtirish uchun ma’lumot (jarayon
stekiga
ko‘rsatgich, jarayon raqami);
Xotirani boshqarish uchun ma’lumot (jarayon xotira
maydonining chegaralari);
Resurslar (jarayon bajarilishi uchun ajratilgan);
Hisob ma’lumotlari (e’lon qilingan
ijro vaqtidan qolgan
jarayonning umumiy bajarilish vaqti, jami kiritish/chiqarish
vaqti va
boshqalar);
Kiritish/chiqarish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ochiq
fayllar ro‘yhati).
Jarayonni boshqarish bloki tuzilishi 2.4- rasmda ko‘rsatilgan.
2.2. Operatsion tizimdagi oqimlar va ularning turlari
Oqim – bu operatsion tizimning mohiyati,
protsessorda
ko‘rsatmalar to‘plamini bajarish jarayoni, aniqrog‘i dastur kodi.
Oqimlarning umumiy maqsadi ikki yoki ko‘plab
turli xil vazifalarni
protsessorda parallel bajarishdir.
2.5- rasm. Bitta oqimli bitta jarayon, uchta oqimli bitta jarayon
ko‘rinishi
44
Oqim o‘zining kod segmenti, ma’lumotlar
segmenti va ochiq
fayllarini teng huquqli oqimlari bilan almashadi. Agar bir oqim kod
segmentining xotira elementini o‘zgartirsa,
qolgan barcha oqimlar
buni ko‘radi. Oqim yengil jarayon deb ham ataladi. Oqimlar
parallellash orqali dastur samaradorligini oshirish usulini taqdim etadi.
Quyidagi rasmda bir oqimli va ko‘p oqimli
jarayonlarning ishlashi
ko‘rsatilgan.
Oqimlar - bu klassik jarayonga mos keladigan ishchi oqimlarni
kamaytirish hisobiga operatsion tizimning ish faoliyatini yaxshilashga
qaratilgan dasturiy yondashuv.
2.1- jadval. Jarayon va oqim o‘rtasidagi farq