Ko‘p marotabalik operatsiyalar Bir martalik operatsiyalar operatsion tizim boshqaruvi ostida
joylashgan jarayonlar sonining o‘zgarishiga olib keladi va har doim
ajratilgan yoki belgilangan resurslarni ozod qilish jarayonlariga
bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p martalik operatsiyalar operatsion tizimlarda
jarayonlar sonini o‘zgartirmaydi va ajratilgan yoki bo‘shatilgan
resurslarga bog‘liq emas.
Jarayonni ishga tushirish . Operatsion tizim tayyorlilik holatida
bo‘lgan jarayon sonlaridan birini keyingi vazifani bajarish uchun
tanlab oladi. Operatsion tizim tanlagan jarayonlar axborotlarni tezkor
xotirada mavjud bo‘lishini ta’minlaydi. So‘ng jarayon holati ushbu
jarayon uchun registr belgilarini tiklaydi, bajarilishini o‘zgartiradi va
jarayon buyruqlarini hisoblagich ko‘rsatishiga muvofiq boshqaruv
buyruqlarini uzatadi. Kontekstni qayta tiklash uchun kerakli barcha
ma’lumotlar, operatsiyani amalga oshiradigan PCB jarayonidan
olinadi.
Jarayonni ma’lum bir vaqtga to‘xtatish. Bajarish holatida
bo‘lgan jarayon ishini istalgan biror bir uzilish natijasida to‘xtatish
mumkin. Protsessor buyruq hisoblagichini avtomatik ravishda
saqlaydi va bajarilayotgan jarayonda bir yoki bir nechta registr
bo‘lishi mumkin, so‘ng esa joriy uzilishni qayta ishlash uchun maxsus
manzil bo‘yicha boshqaruvga uzatiladi. Uzilishni qayta ishlash
bo‘yicha ishni qurilma (hardware) oxiriga yetkazadi. Odatda
ko‘rsatilgan manzilda operatsion tizimning bir qismi joylashgan
61
bo‘ladi. U tayyorlilik holatidagi jarayonga o‘tkazishda uning PCB da
tizimli va registrli kontekst jarayoni dinamik qismida saqlanadi va
uzilishlarni qayta ishlaydi, u holda paydo bo‘lgan uzilish bilan bog‘liq
belgilangan ishlar bajariladi.