• Kompilyatsiya bosqichi
  • Yuklash bosqichi
  • Bajarilish bosqichi
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Manzillar bog‘lanishi
     
    Demak, mantiqiy va fizik manzillar maydonlari, tashkil etilishi 
    va o‘lchami bo‘yicha bir biriga mos emas. Mantiqiy manzillar 


    94 
    maydoning maksimal o‘lchami odatda protsessorning razryadi bilan 
    aniqlanadi (masalan 2
    32
    ), va zamonaviy tizimlarda fizik manzillar 
    maydonining hajmidan ko‘zga ko‘rinarli darajada yuqori bo‘ladi. 
    Shunday ekan, protsessor va operatsion tizim asosiy xotirada 
    joylashgan dasturni dastur kodiga, real fizik manzilga tayangan holda 
    yo‘lni aks ettirishi kerak. Bunday ko‘rinishda manzillarni tasvirlash 
    manzillarni translatsiyasi yoki manzillarni bog‘lash deb nomlanadi. 
    Mantiqiy manzilning fizik manzil bilan bog‘lanishi dastur 
    operatorining bajarilishigacha yoki bajarilish vaqtida amalga 
    oshirilishi shart. Bunday holda, ko‘rsatmalarni va ma’lumotlarni 
    xotiraga bog‘lash quyidagi qadamlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 

    Kompilyatsiya bosqichi
    . Kompilatsiya bosqichida siz 
    jarayonning xotirada joylashish joyini bilsangiz, unda mutloq 
    (absolyut) kodni yaratishingiz mumkin. Masalan, agar foydalanuvchi 
    jarayoni doimiy ravishda R joyida boshlanishini bilsangiz, u holda 
    yaratilgan kompilyator kodi o‘sha joyda boshlanadi va u yerdan 
    davom etadi. Agar bir muncha vaqt o‘tgach, dastlabki joylashuv 
    o‘zgarsa, ushbu kodni qayta yozishingiz kerak bo‘ladi.

    Yuklash bosqichi
    . Agar kompilatsiya bosqichida dasturlarni 
    joylashtirish to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmasa, u holda 
    kompilyator o‘zgaruvchan kodni yaratishi kerak. Bu holatda yakuniy 
    bog‘lanish yuklanish vaqtigacha xotirada saqlanadi. Agar dastlabki 
    manzil o‘zgarsa, o‘zgarishlarni hisobga olib foydalanuvchi kodini 
    qayta yuklash kerak bo‘ladi.

    Bajarilish bosqichi
    . Agar jarayonni bajarilish vaqtida bir 
    xotira segmentidan boshqa xotira segmentiga o‘tkazish mumkin 
    bo‘lsa, 

    holda 
    bajarilish 
    muddati 
    tugaguncha 
    bog‘lanish 
    kechiktirilishi kerak. Bu yerda mavjud maxsus qurilmalardan 
    foydalangan ma’qul, masalan, register joyini o‘zgartirish. Ko‘plab 
    zamonaviy 
    operatsion 
    tizimlar 
    bajarish 
    bosqichida 
    manzil 
    translatsiyasidan foydalanadi, buning uchun maxsus qurilma 
    vositalaridan foydalaniladi.

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish