• Qo‘shni xotirani taqsimlash
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Xotiraning himoyalanishi 
    Sahifali tashkil etish yordamida manzillashda balki mantiqiy 
    manzil noto‘g‘ri shakllangan va uning sahifa raqami protsessorning 
    mantiqiy xotirasi chegarasidan chiqib ketadi. Noto‘g‘ri manzillashdan 
    himoyalanish sahifalar jadvalining har bir elementida qo‘shimcha 
    bitni valid-invalid saqlash va tekshirish yo‘li bilan amalga oshirilishi 
    mumkin. Valid qiymati shu raqamli sahifa protsessorning mantiqiy 
    xotirasiga tegishliligini ko‘rsatadi, invalid qiymati – nimadir to‘g‘ri 
    emasligini bildiradi. Valid-invalid biti yordamida protsessor xotirasini 
    himoyalashni tashkil etish 3.19-rasmda tasvirlangan. 
    Misolda jarayon 0 dan 5 gacha bo‘lgan raqamlar bilan 
    belgilangan oltita mantiqiy sahifalarga ega. “6” va “7” elementlar 
    jarayonning mantiqiy sahifalariga mos emas, shuning uchun ularda 
    valid-invalid bitlar invalid qiymatida o‘rnatilgan. Shuning uchun 
    mantiqiy manzil bo‘yicha “6” yoki “7” raqamli sahifalarga murojaat 
    qilishga bo‘lgan urunishida noto‘g‘ri manzillash bo‘yicha to‘xtalish 
    ro‘y beradi. 
    Qo‘shni xotirani taqsimlash 
    Xotirani taqsimlashning eng oddiy va eng keng tarqalgan 
    algoritmi qo‘shni xotirani taqsimlashdir - bitta qo‘shni xotira 
    maydonida foydalanuvchi jarayonlari uchun xotirani taqsimlash.
    Asosiy xotira bir-biriga qarab "o‘sadigan" ikkita qo‘shni 
    qismlarga bo‘linadi: OTning doimiy qismi va uzilish vektori - pastki 
    manzillarda, foydalanuvchi jarayonlari – manzil bo‘yicha. Har bir 
    jarayon uchun ko‘chirish registri unga ajratilgan xotira maydonining 
    boshlanishini, chegara registri mantiqiy manzillar oralig‘ining 


    121 
    uzunligini o‘z ichiga oladi. Har bir mantiqiy manzil chegara registri 
    tarkibidan kichik bo‘lishi kerak.
    3.19- rasm. Valid-invalid biti yordamida protsessor xotirasini 
    himoyalash 
    Fizik manzil qurilma tomonidan mantiqiy manzil va ko‘chirish 
    registrining qiymati yig‘indisi sifatida hisoblanadi. Ko‘chirish va 
    chegara registerlari apparat bilan qo‘llab-quvvatlash manzillar 
    sxemasi quyidagi 3.20- rasmda keltirilgan.

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish