• Kiritish/chiqarish menejeri
  •  Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    4.6. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy 
    ta’minoti 
    Fayl tizimlarni qo‘llab-quvvatlash 
    Disklar periferik qurilmalarining alohida turi hisoblanadi, chunki 
    aynan ularda ham foydalanuvchi, ham tizim ma’lumotlarining 
    aksariyat qismi saqlanadi. Disklardagi ma’lumotlar fayl tizimlarda 
    joylashtiriladi, va fayl tizimi xususiyatlari asosan OT o‘zining 
    xususiyatlari bilan aniqlanadi. Fayl tizimining ommalash-ganligi 
    ko‘pincha uni “o‘zining” operatsion tizimidan boshqa operatsion 
    tizimlarga ko‘chirilishiga olib keladi, masalan FAT fayl tizimi boshida 
    MS-DOS da, keiynchalik esa OS/2, MS Windows tizimlarida va Unix 


    161 
    tizimining 
    ko‘p 
    variantlarida 
    qo‘llanilgan. 
    Shuning 
    uchun 
    kiritish/chiqarish kichik tizimiga bir nechta ommaviy fayl tizimlarini 
    qo‘llab-quvvatlash xuddi periferik qurilmalarining keng spektrini 
    qo‘llab-quvavvatlashdek muhim. Kiritish/chiqarish kichik tizimi 
    arixitekturasini uning tarkibiga osongina, kodlarni qayta yozishga 
    zarurat bo‘lmasdan, yangi fayl tizimlarni kiritish imkoniyati ham 
    muhim hisoblanadi. Odatda operatsion tizimda mazkur vazifani 
    yechishga javob beruvchi dasturiy ta’minotining maxsus qatlami 
    bo‘ladi, masalan, Unix operatsion tizimi versiyalarida VFS (Virtual 
    File System) kodi asosida System V Release 4 qatlami.
    Kiritish/chiqarish menejeri 
    Kiritish/chiqarish 
    kichik 
    tizimida 
    tashqi 
    qurilmalarning 
    xususiyatlari va vertikal kichik tizimlarni tashkil etuvchi modullar 
    bilan bir qatorda universal turdagi modullar ham mavjud. Bu modullar 
    kiritish/chiqarish kichik tizimining barcha boshqa komponentlarining 
    o‘zaro ishlashini va foydalanuvchi jarayonlari hamda OT ning boshqa 
    kichik tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarini tashkil etadi. Xuddi 
    qurilmalarni boshqarish funksiyalariga o‘xshab, bu tashkillashtiruvchi 
    funksiyalar 
    barcha 
    darajalar 
    bo‘yicha 
    taqsimlanadi 
    va 
    kiritish/chiqarish 
    menejeri 
    nomli 
    qobiqni 
    tashkil 
    etadi. 
    Kiritish/chiqarish menejerning vazifalari to‘rtta interfeysni qo‘llab-
    quvvatlashdan iborat: 

    Foydalanuvchi kiritish/chiqarish interfeysi; 

    Kiritish/chiqarish qurilmalari bilan interfeys; 

    OT ning boshqa kichik tizimlari bilan interfeys; 

    Kiritish/chiqarish kichik tizimning qismlari bilan ichki 
    interfeys.
    Menejerning yuqori qatlamini foydalanuvchi jarayonlardan 
    tizimli ko‘rinishda keladigan kiritish/chiqarishga so‘rovlarni qabul 
    qiladigan va ularni ma’lum qurilmalarga javob beruvchi modul va 
    drayverlarga 
    qayta 
    manzillaydigan 
    hamda 
    kiritish/chiqarish 
    amallarining natijalarani jarayonlarga qaytaradigan OT ning modullari 
    tashkil etadi. Shunday qilib bu qatlam kiritish/chiqarish foydalanuvchi 
    interfeysni qo‘llab-quvvatlaydi va amaliyotchi dasturchilarga tashqi 
    qurilmalar hamda ularda joylashgan ma’lumotlar bilan ishlashda 
    maksimal 
    qulayliklar 
    yaratadi. 
    Menejerning 
    pastki 
    qatlami 
    drayverlarni kompyuterni apparat platformasining xususiyatlaridan 


    162 
    (kiritish/chiqarish 
    shinalari, 
    uzilishlar 
    tizimi 
    va 
    boshqalar) 
    ekranlashtirish yo‘li bilan tashqi qurilmalar kontrollerlari bilan 
    bevosita 
    o‘zaro 
    harakatni 
    amalga 
    oshiradi. 
    Bu 
    qatlam 
    kiritish/chiqarish shinalarning manzillari va formatidan mustaqil 
    ravishda 
    ma’lum 
    umumiylashtirilgan 
    shaklda 
    drayverlardan 
    kontrollerlar registrlari bilan ma’lumotlar almashinuviga so‘rovlar 
    qabul qiladi, va keyin bu so‘rovlarni apparatli platformaga bog‘liq 
    formatga aylantiradi. Avval ko‘rib chiqilgan to‘htatishlar dispetcheri 
    kiritish/chiqarish menejerning tarkibiga kirishi mumkin yoki 
    yadroning alohida moduli shaklida bo‘lishi mumkin. Oxirgi vaziyatda 
    kiritish/chiqarish menejeri to‘xtatishlar dispetcheri uchun dispetcherga 
    so‘rov manbai to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotlarni uzatib, 
    uzilish so‘rovlarini boshlang‘ich ishlovini bajaradi. Menejerning yana 
    bir funksiyasi – bu kiritish/chiqarish kichik tizimi modullarini OT 
    ning jarayonlarni boshqarish, virtual xotira va boshqa kichik tizimlari 
    singari boshqa kichik tizimlari modullari bilan o‘zaro harakatini 
    tashkillashtirish. Kiritish/chiqarish menejerning muhim funksiyasi 
    kiritish/chiqarish kichik tizimni qismlarining o‘zaro harakati uchun 
    ma’lum 
    qulay 
    muhitni 
    yaratishdan 
    iborat. 
    Buning 
    uchun 
    kiritish/chiqarish menejeriga kiritish/chiqarish modullari o‘zaro 
    harakatini ma’lum standart ichki interfeysini qo‘llab-quvvatlash 
    kiritiladi, hamda menejerga drayverlar ishlashida eng ko‘p 
    foydalaniladigan funksiyalarni bajarish yuklatiladi. Bu funksiyalar 
    drayver ayrim tez-tez uchraydigan amallarni bajarilishini chaqirish 
    imkoniyatini 
    beradigan 
    tizimli 
    protseduralar 
    ko‘rinishda 
    shakllantiriladi. Misollar tariqasida kontroller registrlari bilan 
    almashinuvi amallari, kiritish/chiqarish ma’lumotlarni oraliq saqlash 
    buferlarni 
    olib 
    borish, 
    bir 
    nechta 
    drayverlar 
    ishlashini 
    sinxronlashtirish, ma’lumotlarni foydalanuvchi fazodan tizimning 
    fazosiga nusxalashni keltirish mumkin. Bunday yondashuv yangi 
    drayverlar va faylli tizimlarni ishlab chiqish va ularni OT tarkibiga 
    joylashtirishni sezilarli darajada yengillashtiradi. Kiritish/chiqarish 
    menejeri vazifasini Unix operatsion tizimining ko‘p versiyalarida 
    mavjud bo‘lgan STREAMS muhiti bajaradi. Boshqa misol tariqasida 
    Windows NT oilasi OT larning kiritish/chiqarish menejerini keltirish 
    mumkin. U modullar o‘rtasidagi o‘zaro harakatni kiritish/chiqarish 
    so‘rovlar 
    paketlari 
    (I/O 
    Request 
    Packet, 
    IRP) 
    yordamida 
    tashkillashtiradi. Tizimli chaqiruv protsedurasidan so‘rov olgach 


    163 
    menejer IRP ni shakllantiradi va uni kerakli drayverga uzatadi. 
    So‘ralgan amal bajarilganidan keyin drayver javobni yana bir IRP 
    paketi ko‘rinishida menejerga qaytarida, u esa, o‘z navbatida zarurat 
    bo‘lgan holda shu IRP paketni boshqa drayverga uzatishi mumkin. 
    Menejer drayverlarga o‘zaro bog‘lanishlar (biddings) berishga imkon 
    yaratadi, va o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi axborot asosida IRP 
    paketlarni uzatishni amalga oshiriladi. Shuningdek, Windows NT 
    oilasi OT ning menejeri tizimni to‘xtatmagan holda drayverlarni 
    dinamik yuklash va chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Standart ichki 
    modullararo interfeysning mavjudligi kiritish/chiqarish kichik 
    tizimining chidamliligini oshiradi va kengayuvchanligini yaxshilaydi, 
    ammo uning ishlash tezligini biroz sekinlashtirishi mumkin, chunki 
    har bir qatlam va qismlarga bo‘linish boshqaruvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    uzatishlar bilan mustahkamlashga nisbatan qo‘shimcha amallarga olib 
    keladi.

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish