165
Bu tushuncha so‘ngida ajratish qurilmasi va qismlarga bo‘lish
qurilmalari bo‘ladi. Diskga o‘xshash ba’zi kiritish/chiqarish
qurilmalari ko‘p sonli foydalanuvchilar bilan bir vaqtda ishlay olishi
mumkin. Shu sababli bir nechta foydalanuvchilar bitta diskda bitta
faylni ochganda muammo paydo bo‘lmasligi kerak. Magnit tasmali
tarqatgich
kabi
boshqa
qurilmalar
ushbu
qurilmada
u
yakunlanmagunga qadar bir foydalanuvchilik bo‘ladi. Agar bir
vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq foydalanuvchilar bitta tasmaga
aralash bloklarni yozishsa, yaxshi narsa olinmaydi. Ajratilgan
(monopol foydalaniladigan) qurilmasi birgalikda bloklash kabi
muammolarni keltirib chiqaradi. Operatsion tizim qismlarga ajratish
va ajratilgan qurilmalarini boshqarish va turli xil muammolarni
mustaqil yecha olishi kerak.
Bu muammolarni hal qilish uchun kiritish/chiqarish dasturiy
ta’minotini to‘rtta pog‘onaga ajratiladi:
To‘xtalishlarni qayta ishlovchi (past pog‘ona);
Qurilma drayveri;
Apparatura kodidan mustaqil operatsion tizimlar;
Foydalanuvchi dasturlari (yuqori pog‘ona).