19
buyruqlarini bajarish yo‘riqnomasi, dasturlar va ma’lumotlar
saqlanadigan xotira, kompyuterga axborotlarni kiritishni ta’minlovchi
va foydalanuvchi – inson qabul qilgan yoki boshqa dustur shaklida
dastur natijalarini chiqaruvchi kiritish/chiqarish
qurilmasi yoki tashqi
qurilma.
Operatsion tizim (
operating system) – kursimizning asosiy
predmeti.
Foydalanuvchili
va
turli
xil
dasturli
kompyuter
apparatlaridan foydalanishni boshqaruvchi tizim dasturiy ta’minoti.
Amaliy dasturiy ta’minot (
applications software) – turli xil
masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan dasturlar. Ularga ko‘proq
dasturlash tillari (masalan C++) bilan dasturlarni translyatsiya qilishni
ta’minlovchi kompilyatorlar, mashina kodi (buyruq), ma’lumotlar
omborini
boshqarish tizimi, grafik kutubxona, o‘yin dasturlari, ofis
dasturlari kiradi. Amaliy dasturiy ta’minot
operatsion tizim bilan
solishtirilganda
nisbatan
yuqori
pog‘onada
joylashadi,
va
kompyuterdagi turli xil amaliy va kundalik masalalarni yechishga
yordam beradi.
Foydalanuvchilar (
users) – insonlar va boshqa kompyuterlar.
Kompyuter tizimlari komponentlariga foydalanuvchi inson sifatida –
kompyuterda o‘z ish faoliyati jarayonining hisoblash tizimlari bir
qismi bo‘lgan istalgan inson bo‘lishi mumkin.
Tarmoqdagi boshqa
kompyuterlar ushbu kompyuterga bog‘lanish (serverga ulanish)
bo‘yicha foydalanuvchi rolini bajarishi mumkin. Masalan, katta
dasturlarni bajarish yoki fayllarni saqlash.
Kompyuter tizimlarining ishlash tafsilotlarini o‘rganishdan oldin
bizga kompyuter tizimining tuzilishi haqida umumiy ma’lumot kerak.
Ushbu bo‘limda biz ushbu strukturaning bir nechta qismlarini ko‘rib
chiqamiz.