370
sahifalarga joylashtiradigan qurilmalar va xotirani boshqarish
tuzilmalarini boshqaradi.
Jarayon/oqim menejeri (process/thread manager): jarayon
va oqim obyektlarini yaratadi, boshqaradi va o‘chiradi.
Konfiguratsiya menejeri (configuration manager): u tizim
ro‘yhatga olishini joriy qilish va
boshqarish uchun javobgardir, bu
tizim parametrlari va har xil parametrlarning individual sozlamalari
saqlanadigan ombor hisoblanadi.
Kengaytirilgan mahalliy protsedura chaqirig‘i vositasi
(Advanced local procedure call (ALPC) facility): u xizmatlarni va
quyi tizimlarni amalga oshiradigan mahalliy jarayonlar o‘rtasidagi
aloqa uchun samarali jarayonlar protsedurasini chaqirish mexanizmini
joriy etadi.
Foydalanuvchi rejimidagi jarayonlar (user mode
processes). Windows foydalanuvchi rejimining to‘rtta asosiy turini
qo‘llab-quvvatlaydi:
Tizimning maxsus jarayonlari (special system processes):
seans menejeri, autentifikatsiya quyi tizimi, servis menejeri va tizimga
kirish kabi tizimni boshqarish uchun zarur bo‘lgan
foydalanuvchi
rejimlari xizmatlari.
Xizmat ko‘rsatish jarayonlari (service processes): chop
etish menejeri, hodisalarni ro‘yxatga olish, qurilma drayverlari bilan
o‘zaro aloqada bo‘lgan foydalanuvchi rejimlari, turli xil tarmoq
xizmatlari va boshqalar. Xizmatlar Microsoft va boshqa dasturiy
ta’minot ishlab chiquvchilari tomonidan
tizimning funktsional
imkoniyatlarini kengaytirish uchun ishlatiladi, chunki ular Windows
tizimida fondagi foydalanuvchi rejimini boshqarishning yagona usuli
hisoblanadi.
Quyi tizimlar muhiti (Environment subsystems): turli xil
OT muhitlarini taqdim etadi. Win32 va POSIX quyi tizimlarini
qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir muhit quyi tizimi o‘z
ichiga quyi tizim
jarayonida va/yoki Windows tizimidagi foydalanuvchi chaqiriqlarini
ALPC chaqiriqlariga o‘zgartiradigan quyi tizim va dinamik bog‘lanish
kutubxonalaridan (DLL) foydalanadigan barcha dasturlar tomonidan
almashinadigan quyi tizim jarayonlarini oladi.
Foydalanuvchi ilovalari (user applications): bajariladigan
fayllar (exe) va DLL kutubxonalar, ya’ni foydalanuvchilar tizimni
yaratishda ishlatadigan funksional imkoniyatlarni ta’minlaydi. Exe va
371
DLL odatda muhitning ma’lum bir quyi tizimiga qaratilgan, lekin OT
tarkibiga kiruvchi ba’zi dasturlar o‘zlarining
tizim interfeyslaridan
(NT API) foydalanadilar. Shuningdek, 64 razryadli tizimlarda 32
razryadli dasturlarni ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Boshqa
versiyalarda
interfeysni
o‘zgarishi, muhandislik
yaxshilanishi, ishlash unumdorligini yaxshilanishi, ishonchlilik,
xavfsizlik, oqimlarni qo‘llashni yaxshilanishi, energiya samaradorligi
yaxshilanishlarini keltirib o‘tish mumkin.