BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELNING ISHLASH PRINSIPI




Download 2.45 Mb.
bet4/5
Sana08.06.2023
Hajmi2.45 Mb.
#70997
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sinxron-dvigatellarning-nosozliklari
mahalla dalolatnomasi Zakovat, Yetakchi Yon daftarchasi
BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELNING ISHLASH PRINSIPI
Bir fazali asinxron dvigatel statorining bir fazali chulg‘ami bo‘lib, u, odatda, stator o‘zagidagi pazlar umumiy sonining 2/3 qismini egallaydi. Dvigatelning rotori qisqa tutashgan qilinadi. Dvigatel bir fazali tarmoqqa ulanganda (117-rasm) stator chulg‘ami aylanuvchi emas, balki amplitudasi ± Fmaks bo‘lgan pulsatsiyalanuvchi magnitli oqim hosil qiladi. Bu oqimni qarama-qarshi tomonlarga aylanadigan ikkita f1 va f2 oqimlarga ajratish mumkin, ulardan har biri

117-rasm. Bir fazali asinxron dvigatelni ulash sxemasi.
Dvigatelning rotori soat strelkasining harakatiga teskari, yaʼni f1 oqim yo‘nalishida aylanadi, deb faraz qilaylik (118-rasm). Bunda f1 oqimni to‘g‘ri, f2 oqimni esa teskari oqim deymiz.

118-rasm. Pulslanadigan magnitli oqimni ikkita aylanuvchan oqimga ajratish.
U holda dvigatelning to‘g‘ri oqim f1 ga nisbatan sirpanishi quyidagiga teng:

Teskari oqim f2 ga nisbatan sirpanishi esa

f1 va f2 oqimlar rotor chulg‘amida E1 va E2 EYKlar hosil qiladi, ular esa s1 va s2 toklarni vujudga keltiradi. Maʼlumki, rotor chulg‘amlaridagi tok chastotasi sirpanishga proporsional bo‘lgani uchun rotor chulg‘amida teskari oqim f2 hosil qilgan tok f2 ning chastotasi rotor chulg‘amida to‘g‘ri oqim f1 vujudga keltirgan tok f2 ning chastotasidan ancha katta bo‘ladi. Masalan, n1 = 1500 ayl/minut, n2 = 1450 ayl/minut va f1 = 50 gs bo‘lgan bir fazali dvigatel uchun quyidagilarni olamiz:

Rotor chulg‘amining tokka induktiv qarshiligi uning aktiv qarshiligidan ko‘p marta katta bo‘ladi. Shuning uchun tok f1 deyarli sof reaktiv bo‘lib, teskari oqim f2 ga kuchli magnitlovchi taʼsir etadi. Natijada dvigatelning teskari oqimi ancha susayadi.

Download 2.45 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELNING ISHLASH PRINSIPI

Download 2.45 Mb.