ASINXRON DVIGATELLARNING KONSTRUKSIYASI




Download 2.45 Mb.
bet2/5
Sana08.06.2023
Hajmi2.45 Mb.
#70997
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sinxron-dvigatellarning-nosozliklari
mahalla dalolatnomasi Zakovat, Yetakchi Yon daftarchasi
ASINXRON DVIGATELLARNING KONSTRUKSIYASI
Asinxron dvigatellar o‘zining tuzilishiga ko‘ra bir-biridan faqat rotorning konstruksiyasi bilan farq qiladigan ikki tipga bo‘linadi: qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatellar va faza rotorli dvigatellar; faza rotorli dvigatellar kontakt halqali dvigatellar ham deyiladi. 113-rasmda qisqa tutashtirilgan rotorli uch fazali asinxron elektrodvigatelning, 114-rasmda esa faza rotorli uch fazali asinxron dvigatelning tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu dvigatellar asosiy qismlarining konstruksiyasini ko‘rib chiqamiz. Asinxron dvigatelning statori konstruktiv jihatidan sinxron mashinaning statoridan farq qilmaydi. U korpus, o‘zak va chulg‘amdan tarkib topgan. Stator korpusi chulg‘amli o‘zakni va podshipnikni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Korpus kichikroq dvigatellarda po‘lat yoki cho‘yandan quyish yo‘li bilan, yirik mashinalarda esa payvandlab tayyorlanadi. Stator o‘zagi qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm li elektrotexnikaviy po‘lat listlardan yig‘iladi, ularni yig‘ishdan oldin ikki tomoniga izolatsion lok surtiladi, bu o‘zak po‘latida hosil bo‘ladigan uyurma toklar kattaligini cheklaydi. O‘zakning ichki yuzasida bo‘ylama pazlar bo‘lib, ularga stator chulg‘ami joylashtirilgan bo‘ladi. Stator chulg‘amlari sinxron mashinalarning chulg‘amlarini tayyorlash prinsipida tayyorlanadi. Chulg‘amlar bir qatlamli yoki ikki qatlamli, to‘la oqimli yoki qisqartirilgan oqimli bo‘lishi mumkin.

113-rasm. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelning tuzilishi: 1 – stator korpusi; 2klemmalar qutisi; 3 – stator chulg‘ami; 4 – stator o‘zagi; 5 – rotor; 6 – podshipniklar shchiti.
Stator chulg‘ami ko‘pincha ikki qatlamli qisqartirilgan oqimli qilib tayyorlanadi. Chulg‘am uchlari uchliklar qutisining klemmalariga chiqariladi. Asinxron dvigatel statorining chulg‘amini yulduz yoki uchburchak usulida ulash mumkin. Bu hol bir xil dvigatellarning o‘zini tarmoqning 1/3 nisbatda bo‘lgan turli xil ikki kuchlanishda, masalan, 127/220 bki 220/380 v kuchlanishlarda ishlatishga imkon beradi. Bunda chulg‘amni yulduz usulida ulash dvigatelni yuqori kuchlanishga ulashga mos keladi. Masalan, agar dvigatel 220/380 v kuchlanishga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda tarmoq kuchlanishi 380 v bo‘lganda uning stator chulg‘amini yulduz usulida ulash, tarmoq kuchlanishi 220 v bo‘lganda esa – uchburchak usulida ulash lozim. Har ikkala holda ham faza kuchlanishi 220 v ga tengligicha qoladi. Bu aytib o‘tilgan uzib-ulashlarni soddalashtirish uchun stator chulg‘amining klemmalari muayyan tartibda joylashtiriladn (115-rasm). Asinxron dvigatelning rotori val, o‘zak va chulg‘amdan tarkib topgan. Rotor o‘zagi silindr shaklida bo‘ladi va stator o‘zagi kabi, elektrotexnikaviy po‘lat listlaridan yig‘iladi. Qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatellarda rotor chulg‘ami rotor o‘zagining pazlarida joylashtirilgan va tores tomonidan halqalar bilan tutashtirilgan mis yoki aluminiy sterjenlar bosim ostida eritilgan aluminiy quyish yo‘li bilan tayyorlanadi. Bunda bir vaqtning o‘zida tutashtiruvchi halqalar ventilatsion qanotchalar bilan birga qo‘yiladi.


Download 2.45 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ASINXRON DVIGATELLARNING KONSTRUKSIYASI

Download 2.45 Mb.