BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELNI ISHGA TUSHIRISH




Download 2.45 Mb.
bet5/5
Sana08.06.2023
Hajmi2.45 Mb.
#70997
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sinxron-dvigatellarning-nosozliklari
mahalla dalolatnomasi Zakovat, Yetakchi Yon daftarchasi
BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELNI ISHGA TUSHIRISH
Zaruriy ishga tushirish momenti hosil qilish uchun, bir fazali dvagatel ishga tushirish chulg‘ami bilan taʼminlanadi. Bu chulg‘am pazlarning bo‘sh qolgan 1/3 qismida shunday joylashtiriladiki, uning MKi statorning ish asosiy chulg‘ami MKiga nisbatan 90 el. gradusga siljigan bo‘ladi. Bundan tashqari, ishga tushirish chulg‘amining zanjiriga faza siljituvchi elementi ulanadi. Bu ish chulg‘ami va ishga tushirish chulg‘amidagi tok orasida faza siljishini vujudga keltirish uchun zarur. Faza siljituvchi element (FE) sifatida aktiv qarshilik, induktivlik yoki sig‘im ishlatilishi mumkin. Dvigatel rotori barqaror tezlikka yaqin tezlik olgandan keyin ishga tushirish chulg‘ami uzib qo‘yiladi. Statordagi fazoda bir-biriga nisbati 90° burchakka siljigan ikkita chulg‘am vositasida aylanuvchan maydon hosil qilish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish zarur: a) ish chulg‘amining FA va ishga tushirish chulg‘amining FB magnitlovchi kuchlari o‘zaro teng va fazoda bir-biriga nisbatan 90° ga siljigan bo‘lishi kerak; b) stator chulg‘amlaridagi toklar FA va FB faza jihatdan bir-biriga nisbatan 90° ga siljigan bo‘lishi lozim. Bu shartlarga qatʼiy rioya qilinganda statorning anlanuvchan maydoni aylanma (doiraviy) bo‘ladi, bu esa elektromagnitli momentning eng katta qiymatiga to‘g‘ri keladi. Ko‘rsatilgan shartlardan birortasi buzilsa, aylanuvchan maydon ellips shaklida bo‘lib, kattaligi jihatdan bir-biriga teng bo‘lmagan, turli tomonlarga aylanadigan ikkita: to‘g‘ri va teskari aylanma maydonlardan tarkib topadi. Teskari aylanuvchi maydon rotorda tormozlash momentini vujudga keltiradi va dvigatelning ish xossalarini yomonlashtiradi. Aktiv qarshilik yoki induktivlik stator chulg‘amlaridagi toklar orasida faza siljishi p = 90° bo‘lishini taʼminlamaydi. Faza siljituvchi element sifatida sig‘im S ishlatilgandagina p = 90° bo‘ladi. Bu sig‘imning kattaligi shunday tanlab olinadiki, dvigatelni ishga tushirish momentida 1s=1 ishga tushirish chulg‘amidagi tok FB faza jihatidan kuchlanish U1 dan PB ga (PA burchakni 90° gacha to‘ldiruvchi) oldin ketadigan bo‘lsin:

Agar bunda ikkala chulg‘am bir xil magnitlovchi kuchlar hosil qilsa, dvigatel tarmoqqa ulangan paytda, unda doiraviy aylanuvchan maydon vujudga keladi va dvigatelning boshlang‘ich ishga tushirish momenti katta bo‘ladi. Shunday qilib, sig‘im eng yaxshi faza siljituvchi element bo‘lib, bir fazali dvigatelning ishga tushish xossalari yaxshi bo‘lishini taʼminlaydi, lekin kondensatorlar gabaritlarining katta bo‘lishi sig‘imni faza siljituvchi element sifatida ishlatishni baʼzan cheklab qo‘yadi, vaholanki, elektr dvigatelni ishga tushirishda doiraviy aylanuvchan maydon hosil qilish uchun katta sig‘im bo‘lishi zarur. Masalan, dvigatelning quvvati 200 W, ish kuchlanishi 300–500 v bo‘lganda sig‘im S = 30 mkf bo‘lishi kerak. Ana shu mulohazalarga ko‘ra faza siljituvchi element sifatida aktiv qarshilik ishlatiladigan bir fazali asinxron dvigatellar eng ko‘p ishlatiladi. Ishga tushirish chulg‘ami ulangan holda, oz vaqt turishi sababli (faqat dvigatelni ishga tushirish davrida) u kichikroq kesimli simdan yasaladi. Bu hol ishga tushirish chulg‘amining aktiv qarshiligi yuqori bo‘lishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, ishga tushirish chulg‘amining bir qismi baʼzan bifillar qilib yasaladi, bu bilan uning induktivligi kamaytiriladi. Natijada ishga tushirish chulg‘ami ish chulg‘amidan aktiv qarshiligining kattaligi va induktivligining kamligi bilan farq qiladi. IA va IB toklar orasidagi fazalar siljish burchagi baribir 90° dan kichik bo‘lsa ham, bu dvigatellarning ishga tushish xossalari to‘la qoniqarli bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ishga tushirish jarayoni tugagandan keyin, ishga tushirish chulg‘amining zanjirini uzib qo‘yish lozim. Agar shunday qilinmasa, kichikroq kesimli simdan tayyorlangan va uzoq vaqt tok o‘tib turishiga mo‘ljallanmagan ishga tushirish chulg‘ami qattiq qizib ketadi. Ishga tushirish chulg‘amini uzib qo‘yish, odatda, avtomatlashtiriladi va rele vositasida amalga oshiriladi.
Download 2.45 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELNI ISHGA TUSHIRISH

Download 2.45 Mb.