• 115-rasm
  • Uch fazali asinxron dvigatelning ishlash prinsipi




    Download 2.45 Mb.
    bet3/5
    Sana08.06.2023
    Hajmi2.45 Mb.
    #70997
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Sinxron-dvigatellarning-nosozliklari
    mahalla dalolatnomasi Zakovat, Yetakchi Yon daftarchasi
    114-rasm. Faza rotorli uch fazali asinxron dvigatelning tuzilishi (tipi MT-22-6; 75 kW): 1 – val; 2podshipniklar shchiti; 3 – cho‘tka tutqich; 4 – lyukning qopqog‘i; 5 – stator chulg‘ami; 6 – stator o‘zagi; 7– ventilatorning kojuxi; 8 – rotor o‘zagi; 9 – rotor chulg‘ami; 10kontakt halqalar; 11–podshipnik qopqog‘i.
    Faza rotorli dvigatelda yuqorida ko‘rsatilgan qismlardan tashqari, uchta kontakt halqa ham bo‘ladi. Halqalar valga mustahkam qilib o‘rnatilgan vtulkaga mahkamlanadi. Kontakt halqalar vtulkadan va bir-biridan izolatsiya qilinadi.

    115-rasm. Stator chulg‘ami: a – chulg‘am uchlarining dvigatel shchitida joylashishi; b – chulg‘amning yulduzcha-uchburchak shaklida ulanishi.

    116-rasm. Rotorning qisqa tutashtirilgan chulg‘ami.
    Isroflarni va cho‘tkaning yoyilishini kamaytirish uchun, faza rotorli o‘rta va katta quvvatli baʼzi dvigatellar maxsus mexanizm bilan taʼminlanadi, u dvigatel ishga tushirilgandan keyin cho‘tkalarni ko‘tarishga, bir vaqtning o‘zida kontakt halqalarni qisqa tutashtirishga imkon beradi.
    Kontakt halqali dvigatel rotorining chulg‘ami stator chulg‘ami yasalgan sxemalar bo‘yicha yasaladi. Chulg‘am, odatda, yulduz usulida ulanadi, uning uchlari esa kontakt halqalarga tutashtiriladi. Bu holda rotor pazlari yarim yopiq qilinadi. Dvigatelning podshipnik shchitlari podshipniklar uchun tayanch vazifasini o‘taydi. Shchitlar stator korpusiga boltlar yordamida mahkamlanadi va, korpus singari, quyma yoki payvandlanadigan qilinadi. Kichik quvvatli asinxron mashinalarning korpusi hamda podshipnik shchitlari ko‘pincha aluminiy qotishmasidan quyiladi, bu esa dvigatelning vaznini kamaytiradi va uni arzonlashtiradi. Stator korpusiga stator chulg‘amining oltita uchi chiqarilgan uchliklar qutisi o‘rnatiladi. Rotor chulg‘amining uchlari R 1, R 2, R bilan belgilanadi. Dvigatel korpusiga jadvalcha mahkamlangan bo‘lib, unda dvigatelning tipi, tayyorlovchi zavod, ishlab chiqarilgan yili, shuningdek, dvigatelga oid nominal maʼlumotlar: foydali quvvati, dvigatel ulanishi mumkin bo‘lgan kuchlanishlar, tok qiymati, quvvat koeffitsiyenti, aylanish tezligi va FIK ko‘rsatilgan bo‘ladi.



    Download 2.45 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2.45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uch fazali asinxron dvigatelning ishlash prinsipi

    Download 2.45 Mb.