• BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI
  • DARS. GRAFIK OBYEKTLAR VA ULARNI KOMPYUTERDA TASVIRLASH USULLARI
  • (ф) YODDA SAQLANGI
  • UYGA VAZIFA
  • YODDASAQLANG! Rastrli grafika keng tarqalgan grafikadir. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • DARS. PHOTOSHOP - RASTRLI GRAFIK MUHARRIRIDAISHLASH ASOSLARI. PHOTOSHOP INTERFEYSI
  • YODDA SAQLANG! PhotoShop interfeysi murakkab ko‘rinsa-da, juda qulay. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • ^UYGAVAZIFA
  • Uchburchak




    Download 1.77 Mb.
    bet2/13
    Sana16.03.2023
    Hajmi1.77 Mb.
    #45716
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    informatika 11 uzb
    Реферат - Эстетическая школа в языкознании, 1-kurs Yakuniy 1.1 (2) (2), YAKUNIY NAZORAT, kollejim rasmi, 2 ПОЯСНИТЕЛЬНАЯ ЗАПИС, Ta’limda axborot texnologiyalari, dars jadvali yangi dar 111, 7-sinf-m-pisa-test
    ISBN 978-9943-5127-2-6
    SO‘Z BOSHI
    Qadrli o‘quvchilar!
    Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining dav- lat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiq- langan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standard hamda umumiy o‘rta ta’limning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha malaka talablari asosida yaratilgan.
    Darslikning birmchi bobida kompyuter grafikasi tushunchasi, uning tur- lari, PhotoShop 6 - rastrli grafik muharririda tasvirlami yaratish, boshqarish, turli ranglar holatlarida ishlash, tasvirlami bog‘lash, matnlami tahrirlash, pa- litralami birlashtirish imkoniyatlari bilan tanishasiz.
    Darslikning ikkinchi bobida web-sahifa, web-sayt, web-dizayn tushun- chalari, Macromedia Flash 8 dasturi yordamida web-sahifa yaratish, bezash va animatsiyalar yaratish imkoniyatlari bilan tanishasiz.
    Darslikning uchinchi bobida axborot xavfsizligi tushunchasi, uning jami- yatdagi о‘mi, muammolari, axborotlami himoya qilish usullari, lokal, min- taqaviy, global kompyuter tarmoqlari, tarmoq xavfsizligi chora-tadbirlari, lokal va global kompyuter tarmog‘ida saqlanayotgan axborotlaming xavf- sizligini ta’minlash, elektron pochta xizmati tuzilmasi, kompyuter viruslari, antiviruslar bilan ishlashga oid ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
    Bir so‘z bilan aytganda, darslikdagi bilimlami o‘zlashtirib, siz uzviy ravishda informatika va axborot texnologiyalari sohasida o‘z-o‘zingizni intelektual rivojlantirish, kamolotga intilish, kognitivlik ko‘nikmalaringizni mustaqil ravishda muntazam oshirib borasiz va o‘z xatti-harakatingizni baho- lash imkoniyatiga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.
    Mualliflar

    1. BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI

    Siz ushbu bobni mutolaa qilib, grafik obyektlar va ulami kompyuterda tasvirlash usullari, ikki va uch o‘lchamli kompyuter grafikasi turlari, PhotoShop rastrli grafik muharririda ishlash asoslari, interfeysi, uskunalar paneli va palitralari, grafik obyekt fayllari bilan ishlash, tasviming geometrik shakl ko‘rinishidagi qismini ajratib olish, tasvir bo‘lagini ajratib olish usullari, tasvirlami kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarim bajarish, qatlamlar va ulardan foydalanish, rang tizimlari, ranglar bilan ishlash, kanallar va filtrlar haqida ma’lumot, mo‘yqalam va qalam bilan ishlash, tas virga geometrik shakllami va vektorli obyektlami joy lash, tasvirga matn joylash haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.

    1. DARS. GRAFIK OBYEKTLAR VA ULARNI
      KOMPYUTERDA TASVIRLASH USULLARI


    Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari yorda- mida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlaming tasvirini qabul qilib ola- di. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasavvur paydo bo‘ladi.
    Obyektlaming tasvirini yaratish, ulami saqlash, qayta ishlash va tasvir­lash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuteming eng qiyin va asosiy masa- lalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvimi sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi.
    Kompyuteming ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Video- kartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotses- sorlar kompyuteming asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlari- ni bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.
    Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuteming ma’lumotlami elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi.
    Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlami monitor orqali kuzatish mumkin. Monitoming tasvirlar ko‘rsatiladigan qismi, ya’ni ekrani displey (display - tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig‘ilgan tasvir- lash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tas- virlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda.
    Displey to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lib, uning tomonlari nisbati odatda 16 ga 9 kabi bo‘ladi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 10, 4 ga 3, 5 ga 4 kabi bo‘lishi ham mumkin. So‘nggi paytda 21 ga 9 nisbat- dagi displeylar ishlab chiqarila boshlandi. 16x9 va 16x10 nisbatli displeylar keng, 21x9 nisbatlilari o‘ta keng, 5x4 nisbatlilari kvadrat displeylar deb ata­ladi.
    Piksellar soni bo‘yicha displeylardan keng tarqalganlari va ulaming nom- lari quyida keltirilgan:
    320x240 CGA (Color Graphic Adapter - rangli grafik qurilma); 640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma); 800x600 SVGA (Super VGA);
    1024x768 XVGA (extended VGA - kengaytirilgan VGA); 1280x720 HD (High Definition - yuqori aniqlik);
    1280x800 HD+ (HD dan ko‘proq);
    1366x768 WXVGA (Wide XVGA - keng XVGA); 1440x900 HD++ (HD dan yanada ko‘proq);
    1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko‘proq); 1920x1080 FHD (Full HD - to‘liq HD);
    2560x1440 QHD (Quadra HD - to‘rtlangan HD);
    3840x2160 4K (4 kilo - to‘rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD - o‘ta HD).
    Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib chiqilgan bo‘lib, har bir qator va ustun kesishgan joy- da piksel deb ataluvchi juda kichik tasvir bo‘laklari joylashgan. Piksellaming har biri alohida manzilga ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir piksel uchun xotirada bir baytdan to‘rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo‘lgan ranglardan birida bo‘lishi mumkin.
    Ekrandagi har bir pikselning o‘zi uchga bo‘linadi. Ulardan bin qizil, ik- kinchisi yashil, uchinchisi ko‘k rangda porlaydi. Bu ranglar asosiy ranglar deb ataladi va turli nisbatda qo‘shilib, tabiatda uchraydigan ranglaming de- yarli barchasini yarata oladi.
    Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turi-ki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‘rinish- da tasvirlanadi.
    Kompyuter grafikasi o‘tgan asming 70 - 80-yillaridan boshlab ommaviy- lasha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
    Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san’at va sportga ham tegishli bo‘lib, barcha sohalarda keng qo‘llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‘yicha har yili ko‘plab konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy jumallar va o‘quv qo‘llanma- lar chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi.
    Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulot- lari ishlab chiqariladi va sotiladi. San’at durdonalari yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o‘yinlar bo‘yicha jahon birinchiliklari o‘tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.
    Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinf- larga ajratiladi: 1) statsionar (o‘zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) multimedia.
    Oddiy grafika vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlami yaratish bilan shug‘ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalami kelti- rish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan tasvir­lar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
    Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turda- gi axborotlami, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedia- ning o‘ziga xos jihati uning interfaolligi bo‘lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o‘tish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri - wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalami keltirish mumkin.
    Qaysi sohada ishlatilishiga qarab, grafika quyidagi turlarga ajratiladi:

    1. Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ulaming natijalarini tasvirlash uchun.

    2. Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlami yaqqol ko‘r- sata bilish uchun xizmat qiladi.

    3. Konstruktorlik grafikasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa soha- larda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avto- matlashtirishni ta’minlaydi.

    4. Illyustrativ grafika. Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladi.

    5. Badiiy grafika. San’at asarlarini yaratishda keng qo‘llaniladi.

    (ф) YODDA SAQLANGI
    Har bir pikselning rangi qizil, yashil va ko‘k ranglaming turli nisbat- dagi aralashmasidir.
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

    1. Videokarta qanday vazifa bajarishini tushuntirib bering.

    2. Kompyuter ekranida tasvirlar qanday yaratiladi?

    3. Monitor, displey deb nimaga aytiladi? Ulaming qanday farqi bor?

    4. Piksel deganda nimani tushunasiz?

    5. Kompyuter grafikasining turlari va sinf larini aytib bering.

    6. Diagonali 20 dyuym va o‘lchamlari 4x3, 5x4,16x9,16x10 nisbatda bo‘lgan monitorlami bitta chizmada tasvirlang va ulami solishtiring.

    UYGA VAZIFA
    UHD turidagi ekranni chizing. Uning o‘ng yuqori burchagiga boshqa turdagi ekranlami piksellari soniga qarab joylang. Ulaming yuzalari nisbatini toping.

    1. DARS. IKKI VA UCH CVLCHAMLI KOMPYUTER
      GRAFIKASI TURLARI


    Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi:

    1. 2D (inglizcha two dimension - ikki o‘lchamli jumlasidan olingan).

    2. 3D (inglizcha three dimension - uch о‘lchamli jumlasidan olingan).

    Ikki о‘lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo‘lib, ularga misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom to-
    monidan xolst (maxsus mato)da chizilgan rasmlami keltirish mumkin. Ikki о‘lchamli grafikaning turlari bilan keyingi sahifada batafsil tanishamiz.
    Uch 0‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan о‘mi mayda kublar bilan to‘ldiriladi. Agar bu kub- lar yetarlicha kichik bo‘Isa, inson ko‘zi ulami ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
    Lekin hozirgi paytda boshqacha yo‘l tutiladi. Jismning o‘zi emas, balki uning chegarasini tashkil etuvchi sirt shakllantiriladi. Natijada ko‘zlarimiz oldida jismning o‘zi namoyon bo‘ladi.
    Bunda jism sirti mayda uchburchaklar bilan qoplab chiqiladi. Agar bu uchbur­chaklar yetarlicha kichik bo‘Isa, ko‘z bu uchburchaklardan iborat to‘mi ilg‘amaydi va jism bir butun holda shakllanadi.
    To‘r ko‘zga tashlanmasligi uchun jism sirti bo‘yab chiqiladi. Yorug‘lik manbalari jism sirtini yoritishini va jismning soyasi- ni inobatga olsak, uch о‘lchamli jismning sirtini bo‘yash katta hajmdagi hisob-kitob- larni bajarishga olib kelishi ma’lum bo‘ladi.

    Uch о‘lchamli grafikadan ikki о‘lchamli grafikada ham, ayniqsa,
    Uch o‘lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o‘yinlari va virtual (xayoliy) borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim - shlemlarda tasvirlanadi. Bunda har bir ko‘z uchun alohida tasvir yaratiladi. Ular birgalikda tasvimi uch o‘lchamda ko‘rish imkonini yaratadi.
    animatsiyada keng foydalaniladi.
    Ikki o‘lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi: 1) rastrli grafika; 2) vektorli grafika; 3) fraktal grafika.
    Rastr so'zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilidagi rastrum - xaskash, omoch so‘zidan olingan. Monitor ekranida tasvir televizor ekranidagi kabi yaratiladi. Hozirgi paytda ekrandagi tasvir ham raqamli ko‘rinishda yaratiladi: tasvir qatorlar va ustunlarga bo‘linadi, tasviming mayda bo‘laklari - piksellardan iborat bo4ladi.
    Rastrli tasvirlar skanerlar, raqamli fotoapparatlar, shu jumladan, telefon- ning fotokameralarida yaratiladi. Kom­pyuter ekranidagi tasvirdan nusxa olin- ganda ham rastrli tasvir paydo bo‘ladi. Printerlarda chop etilgan tasvirlar ham rastrlar orqali yaratiladi.
    Rastrli tasviming o‘lchami deganda undagi ustunlar va satrlar soni tushuniladi. Masalan, 3200x2400 o‘lchamli tasvirda 7 million 680 ming- ta, 1920x1080 o‘lchamlisida 2 million 73 ming 600 ta piksel bor.
    Rastrlar zichligi deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksel- lar soni tushuniladi va dpi (dots per inch - bir dyuymdagi nuqtalar) da o‘lchanadi. Masalan, 3200x2400 o‘lchamli tasvimi 300 dpi zichlikda chop etish uchun 11x8 dyuym2 yoki 27x20 sm2 o‘lchamli qog‘oz kerak bo‘ladi.
    Rastrli grafikaning afzalliklari: har qanday tasvimi saqlay olishi, tas­viming sifatli bo‘lishi, deyarli barcha qurilmalar u bilan ishlay olishi- dir. Kamchiliklari: uni saqlash uchun katta hajmdagi xotira kerakligi, masshtab kattalashtirilganda tasvir sifati pasayishi, ba’zi amallami baja- rish ko‘p hisob-kitoblar talab qilishidir. Shunga qaramay, rastrli grafika kompyuter grafikasining barcha sohalarida keng qo‘llaniladi.
    Oddiygina 500x500 o‘lchamli kvadratni saqlash uchun 250 mingta piksel va 0,25 -1 MB xotira kerak bo‘ladi. Lekin biz bu kvadratni Pascal dasturlash tilida Rectangle(0,0,500,500) buyrug6 i orqali oson- gina yarata olamiz va bunda bizga bor-yo‘g‘i 22 bayt kerak bo‘ldi.
    Tasvirlami oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafika- sining asosini tashkil etadi. Vektor grafikasida tasvir oddiy shakllaming yig‘indisi ko‘rinishi ifodalanadi, saqlanadi va tasvirlanadi. Natijada tas­virlami yaratish, qayta ishlash, saqlash va tasvirlash osonlashadi. Ulami saqlashga kam joy talab qilinadi, tasviming masshtabi kattalashtirilgan- da uning sifati yomonlashmaydi. Lekin vektor grafikasi yordamida fo- tosuratlami saqlashning iloji yo‘q.
    Vektor grafikasidan chizmalar, animatsiyalar yaratishda keng foyda- laniladi. Operatsion tizimdagi shriftlar vektor grafikasi asosida yaratil- gan va ulaming yuqori sifati barcha tomonidan e’tirof etilgan.
    Fraktal so‘zi lotincha ffactus so‘zidan olingan bo‘lib, maydalangan, bo‘lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat bo‘lgan geometrik shakllarga aytiladi.






    Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo‘lib, u qisqa vaqt ichi- da juda ommaviylashib ketdi. Fraktallar oddiy matematik formulalar yordamida ajoyib tasvirlar yaratish imkonini beradi. Ular yordamida daraxtlar, o‘rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi tasvirlami yaratish munikin. Fraktallardan vir­tual borliq, animatsiya, kompyuter o‘yinlari va matematik modellashti- rishda keng foydalaniladi.
    YODDASAQLANG!
    Rastrli grafika keng tarqalgan grafikadir.
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

    1. Ikki o‘lchamli kompyuter grafikasi turlarini, ulaming afzalliklarini

    aytib bering.

    1. Rastrli grafika o‘lchami nima va uni saqlash uchun qancha xotira kerak bo‘ladi?

    2. Fraktallar haqida nimalami bilasiz?

    3. Uch 0‘lchamli grafika haqida nimalami bilasiz?

    4. Kvadrat chizing. Uni to‘qqizta kvadratga ajrating. Burchaklarda- gi to‘rtta kvadratni olib qolib, qolganlarini o‘chirib tashlang. Qolgan kvadratlami ham shu usulda qayta ishlang.

    UYGAVAZIFA
    Dars mavzusi bo‘yicha 6 ta test tuzing.

    1. DARS. PHOTOSHOP - RASTRLI GRAFIK
      MUHARRIRIDAISHLASH ASOSLARI.
      PHOTOSHOP INTERFEYSI


    Rastrli grafikani, masalan, fotosuratlami, tahrirlash ko‘p uchraydigan amal. Fotosuratlami olish paytida yo‘l qo‘yilgan xatoliklami tuzatish, mav- jud fotosuratlardan yangisini montaj qilish, fotosuratlardagi ortiqcha narsa- lami olib tashlash, fotosuratlaming muammoli joylarini boshqa qismi bilan almashtirish mumkin. Fotosuratga jilo berish, fotosuratga turli filtrlami qo‘l- lab ulami yangi ko‘rinishga o‘tkazish, fotosuratlarga matn qo‘shish, fotosu­ratlami boshqa sirtlarga, masalan, ko‘za sirtiga o‘tkazish uchun shaklini o‘z- gartirish bu amallardan ba’zilari xolos.
    Fotograflaming ishini osonlashtirish uchun qator dasturlar ishlab chiqil- gan. Ular orasida eng mashhuri Adobe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqil- gan va qo‘llab-quwatlanadigan PhotoShop dasturidir. Uning dastlabki versiyasi 1990-yilda yaratilgan bo‘lib, hozirgi paytgacha yigirmaga yaqin versiyalari sotuvga chiqarilgan.
    Ulardan dastlabki yettitasi Adobe PhotoShop 1, 2, ..., 7 nomlari bilan sotuvga chiqarilgan. 2007-yildan boshlab Adobe PhotoShop CS 1, 2, ..., 7 versiyalari ishlab chiqilgan. 2013-yildan boshlab yangi versiyalar Adobe PhotoShop CC deb atala boshladi. Ulaming versiya nomerlari sifatida ishlab chiqilgan yillari qo‘yila boshladi. Hozirgi paytda bu dastuming eng yangi versiyasi Adope PhotoShop CC 2018 hisoblanadi.
    Bu dasturlardan dastlabkilari asosan yakka holda ishlagan bo‘Isa, ikkin- chi guruhida Adobe kompaniyasining boshqa mahsulotlari bilan birga ishlash, ular bilan ma’lumot almashish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Oxirgi guruhga tegishlilarida esa intemetda saqlangan tasvirlami bir paytda turli operatsion tizimlarda ishlaydigan turli kompyuterlar, planshetlar va telefonlardan bir paytda foydalangan holda qayta ishlash imkoniyatlari yaratildi.
    PhotoShop yordamida quyidagi amallami bajarish mumkin.
    Fotosuratning chekka qismlarini va undagi keraksiz obyektlami olib tash- lash, rasm o‘lchamini va undagi piksellar zichligini o‘zgartirish, rasmning saqlash formatini o‘zgartirish, rasmni yoki uning bir qismini boshqa tekisllik yoki sirtda ko‘rinadigan qilib transformatsiyalash, fotosuratni olish paytida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami bartaraf qilish, masalan, uni olish paytida ko‘p ushlab qolingan, oq rangning balansini o‘zgarib ketishi, yorqinlik yoki kon- trastlik ko‘payib yoki kamayib ketishi oqibatida vujudga kelgan kamchilik­lami bartaraf qilish va yana ko‘plab amallami bajarishni PhotoShop yorda­mida oson amalga oshiriladi.
    PhotoShopning uskunalar panelida 70 dan ortiq uskuna borligining o‘zi ham uning imkoniyatlari qay darajada kengligidan dalolat berib turibdi. Bun- dan tashqari, PhotoShopda o‘nlab palitralar bo‘lib, ular dasturda ishlash- ni osonlashtirishi bilan birga, uning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. PhotoShopning filtrlari yordamida suratning o‘zini yoki uning bir qismini butunlay qayta ishlab chiqish mumkin. Natijada fotosuratga qo‘llanilgan ef- fektlar uning tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishiga olib keladi. Bunday effekt- lardan PhotoShopga o‘nlab joylashtirilgan.
    Ranglami rostlash, oq-qora suratlarga rang berish, aksincha, rangli surat- lami oq-qoraga o‘tkazish, fotosuratlami nashriyotdagi yoki uydagi fotoprin- ter yordamida chop etishga tayyorlash, fotosuratlarda ko‘zlaming qizil rang- ga kirib qolishini to‘g‘rilash kabi amallar PhotoShopda oson bajariladi.
    PhotoShop asosan, tayyor fotosuratlami qayta ishlash uchun mo‘ljallan- gan bo‘lishiga qaramay, unda hayotda va tabiatda uchramaydigan yangi fan- tastik suratlami yaratishning ham keng imkoniyatlari mavjud. Yangi tasvir yaratish amali tayyor fotosuratlar asosida yangisini yaratish paytida ham ke- rak bo‘ladi. Bunda turli suratlaming bo‘laklari yangidan yaratilgan suratga joylab chiqiladi.
    PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat: 1) sarlavha satri va asosiy menyu; 2) parametrlar paneli; 3) uskunalar paneli; 4) palitralar sohasi; 5) ishchi soha; 6) holat satri.


    Asosiy menyuning quyidagi bo‘limlari mavjud:
    1) Файл (Fayl)-tasvirlar saqlanadigan fayliar ustida amallar; 2) Редактирование (Tahrirlash) - tasvirlami tahrirlash amallari; 3) Изображение (Tasvir) - tas- vimingumumiy parametrlarini o‘zgartirish; 4) Слои (Qatlam) - tasvir qatlam- lari bilan ishlash; 5) Шрифты (Shrift) - shriftlar bilan ishlash; 6) Выделение (Ajratma) - tasvir bo‘lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash; 7) Фильтр (Filtr) - tasvimi butunlay yoki qisman o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlami qo‘llash uchun ishlatiladi; 8) 3D (Uch o‘lchamli) - uch o‘lchamli obyektlar bilan ishlash; 9) Просмотр (Ko‘rish) - ilovaning tashqi ko‘rmishi va undagi boshqarish obyektlarini ko‘rsatish uchun xizmat qila- di; 10) Окно (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi; 11) Справка (Ma’lumot) - turli yordamlami chaqirish uchun ishlatiladi.
    Uskunalar panelida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda
    kerak bo‘ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko‘p bo‘lganligi sa- babli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo‘ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo‘yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo‘yilgan va ulami chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi.
    Parametrlar panelida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko‘rsatila- di. Zarurat bo‘lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o‘zgartirish mum- kin.
    Palitralar sohasi PhotoShopning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydala- nishda juda qo‘l keladi. Zarur bo‘lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerak- mas paytda palitralar olib qo‘yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko‘proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan keraklisini ochish uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.
    YODDA SAQLANG!
    PhotoShop interfeysi murakkab ko‘rinsa-da, juda qulay.
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

    1. PhotoShopning tarixi haqida gapirib bering.

    2. PhotoShopning imkoniyatlarini aytib bering.

    3. PhotoShop interfeysi nimalardan iborat?

    4. PhotoShop asosiy menyusining qanday bo‘limlari mavjud?

    5. Asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) va Окно (Oyna) bo‘limlaridagi bandlar bilan tanishib chiqing.

    ^UYGAVAZIFA
    PhotoShop palitralar sohasiga turli palitralar chiqarishni mashq qiling

    1. DARS. PHOTOSHOPNING USKUNALAR
      PANELI VA PALITRALARI


    PhotoShopning uskunalar panelida 23 ta tugma bo‘lib, ular dastlab bitta ustun ko‘rinishida joylashgan bo‘ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo‘shaloq uchburchak ko‘rinishidagi tugmani bosib, uskunalami ikki us­tun ko‘rinishida joylab chiqish mumkin. Yangidan paydo bo‘lgan qo‘shaloq
    uchburchaklami yana bir marta bosib, uskunalar panelini awalgi holatiga qaytarish mumkin.




    L J

    Прямоугольная область

    М




    1

    Перемещение

    V





    Download 1.77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1.77 Mb.