Sanoat 4.0: to‘rtinchi sanoat inqilobi




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi0.71 Mb.
#18727
TuriУчебное пособие
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashg’ulot
24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2-маъруза, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi
2.2. Sanoat 4.0: to‘rtinchi sanoat inqilobi 
Ma’lumki, tarixda 3 ta sanoat inqilobi yuz bergan bo‘lib, ular quyidagilar 
bilan bog‘liq bo‘lgan: 
1. 
Bug‘ 
dvigatelining 
ixtiro 
qilinishi, 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizatsiyalashtirish (XVIII asr oxiri); 
2. Elektrlashtirish, konveyyer, mehnat taqsimoti, ommaviy ishlab chiqarish 
(XIX-asr oxiri – XX asr boshi); 
3. Elektronika, axborot texnologiyalari industriyasi, avtomatlashtirilgan 
ishlab chiqarish (XX asr oxiri). 
“Sanoat 4.0” atamasi 2011-yilda Yevropada paydo bo‘lib, Gonnover 
shahridagi sanoat ko‘rgazmalaridan birida Germaniya hukumati tomonidan axborot 
texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishi e’lon qilingandi. 
Buning uchun rasmiy shaxslar va mutaxassislar ishtirokida tuzilgan maxsus 
guruh tomonidan Germaniyadagi sanoat korxonalarini “aqlli” korxonalarga 
aylantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Bundan o‘rnak olib, boshqa davlatlar ham 
yangi texnologiyalarni tatbiq etishga kirishdilar va hozirda “Sanoat 4.0” g‘oyasi 
butun dunyoni zabt etishni boshladi. 
“Sanoat 4.0”ning asosiy xususiyati – ishlab chiqarish jarayonining barcha 
tarkibiy qismlarining (korxona uskunalari va uning axborot tizimlari – ombor va 
logistika hisobi, buxgalteriya, boshqaruv va boshq.) ishida insonning aralashuvini 


borgan sari kamaytirgan holda, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun boshqa 
tizim va odamlar bilan o‘zaro faoliyat yuritishdan iboratdir. 
Internet va simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi natijasida “istagan 
vaqtdagi kommunikatsiya”ga ega bo‘ldik, smartfonlar va planshetlar esa “istagan 
joydagi kommunikatsiya” tamoyilini amalga oshirishga imkon berdi. Hozir esa, 
mashinalar boshqa mashinalarni yaratishni boshlaydigan, hayotimizni tubdan 
o‘zgartiruvchi yangi inqilob ostonasidamiz. 
Ishlab chiqarish sohasini batamom o‘zgartirilishini inqilob deb atalishining 
sababi – o‘zgarishlar yuzaki emas, balki radikal ravishda amalga oshib, industriya 
boshidan oxirigacha qayta quriladi. Biznes modellar o‘zgaradi, yangi kompaniyalar 
paydo bo‘ladi, yangi “inqilobchilar” safiga kirishga ulgurmagan, ko‘p yillik tarixga 
ega jahonga mashhur brendlar kasodga uchrab, yo‘q bo‘lib ketadi. 
Hozirda mijozlarning xatti-harakati o‘zgarmoqda, ular individual 
yondoshuvni va noyob tovarlarni xohlamoqdalar, ommabop mollarga esa ehtiyoj 
kamaymoqda. Bir xil narsalarni ishlab chiqarishga o‘rgangan korxonalar o‘z ishini 
qayta tashkil qilishga majbur bo‘lmoqda. 
“Sanoat 4.0” tamoyillarini tatbiq etilishi, an’anaviy sanoat modellarida 
bo‘lmagan bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishga yordam beradi. Masalan, 
kompaniyalar 
mijozlarning 
istaklariga 
qarab, 
buyurtmalarga 
individual 
yondoshishlari mumkin. 
Eski zavod va fabrikalar endi “aqlli” korxonalarga aylanib, xos 
buyurtmalarga ko‘ra donabay maxsulotlar ishlab chiqarishni boshlamoqda. Bunda, 
bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlar kamayib, 
kompaniyalar ommabop standartlashtirilgan mahsulot narxida xoslangan noyob 
mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lmoqda. 
Misol uchun, dunyoning istalgan nuqtasidan mobil jihozingizga Nike 
ilovasini yuklab olib yoki kompaniya saytiga kirib, krossovka modelini tanlashingiz, 
o‘zingiz yoqtirgan futbol komandasi rangiga bo‘yashingiz, pulini to‘lab, bir necha 
kundan keyin uni qabul qilib olishingiz mumkin. Yetkazib berish xarajatini hisobga 


olmaganda, uning qiymati ushbu kompaniyaning oddiy ommabop krossovkasidan 
qimmat bo‘lmaydi. 
Individual buyurtmaga ko‘ra dvigatellar, serverlar va boshqa istagan narsa 
ishlab chiqarilishi mumkin. Germaniyaning Augsburg shahridagi Fujitsu Siemens 
zavodida komputer tizimlari va serverlar muayyan buyurtmachi uchun aynan 
donabay ishlab chiqariladi. 
Nihoyat darajada avtomatlashtirilgan korxonada individual buyurtma 
asosida ishlab chiqarilgan mahsulotga ketadigan xarajatlarning miqdori oshib 
ketmaydi – agar oldin ikki juft krassovka uchun uskunalar qo‘lda qayta sozlangan 
bo‘lsa, hozirda buni komyuter tizimining o‘zi bir necha daqiqada amalga oshiradi. 
Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining zavodlarini 
robotlashtirilishi – kompaniya o‘z ishlab chiqarishini Xitoyda emas, balki 
Kaliforniyada tashkil etishga imkon berdi. Bu, xitoy ishchilarining mehnatidan 
foydalanib, keyin esa tayyor mashinalarni olib kelishga ketadigan yo‘l xarajatlaridan 
arzonga tushdi. 
To‘rtinchi sanoat inqilobi nafaqat alohida kompaniyalarning biznesini 
o‘zgartirmoqda, balki global miqyosdagi kuchlar mutanosibligiga ta’sir qilmoqda. 
Yangi texnologiyalarni joriy etilishi, boshqa mashhur kompaniya – Adidas 
uchun ham o‘z ishlab chiqarishini Germaniyaga qaytarishga imkon berdi. 
Ochilayotgan fabrikada barcha jarayonlarni robotlar bajaradi. 


Odamlar asta-sekin “aqlli” uylarda yashashga, smartfonda barmoqning bir 
nechta harakati yordamida har qanday muammoni yechishga o‘rganishmoqda. 
Shubhasiz, bunday tamoyillarni ular o‘z ish joylariga ham tatbiq etishni istaydilar. 
Oxirgi yillarda Xitoy kompaniyalari butun dunyoda yuqori texnologiyalar 
tadqiqotlariga investitsiyalar miqdorini keskin ko‘paytirib, buning natijasida 2013 
yildan boshlab Xitoyning sanoat robotlari bozori dunyodagi eng yirik bozorga 
aylandi. 2020 yilga borib Xitoyda har 10 000 sanoat ishchi o‘rinlariga o‘rtacha 150 
ta robot to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Bu esa, 2015 yilga qaraganda 3 barobar ko‘p 
deganidir. 
Endi, AQSh va Germaniya singari rivojlangan davlatlar bu borada Xitoydan 
o‘zib o‘tishi oson bo‘lmaydi. AQShda 2014 yilda sanoat interneti konsorsiumi 
(Industrial Internet) tashkil etilib, uni General Electric, AT&T, IBM va Intel kabi 
sanoat yetakchilari boshqarmoqdalar. 
Germaniyada esa shunday zavodlar borki, ular nafaqat «aqlli» sanoat 
komponentlarini, balki shunday zavodlarning tayyor modellarini ham taklif 
qilmoqdalar. Kayzerslautendagi Germaniya sun’iy intellekt ilmiy-tadqiqot 
markazini bunga misol qilib keltirish mumkin. 
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya sanoati internet infratuzilmasini 
rivojlantirishga 2020-yilga qadar yiliga 40 mlrd. Yevro miqdorida investitsiyalar 
kiritadi. Bu esa to‘rtinchi sanoat inqilobiga butun Yevropa bo‘yicha har yili 
kiritiladigan 140 mlrd. Yevro miqdoridagi investitsiyalarining salmoqli hissasini 
tashkil etadi. 
Yaponiya ham bu borada ortda qolmayapti va ular o‘z industriyasini 
rivojlantirish 
uchun 
Connected 
Factories 
(zavodlarni 
tarmoqqa 
ulash) 
konsepsiyasini ishlab chiqmoqdalar. Rossiyada esa, 2017-yilda «Texnet» maxsus 
yo‘l xaritasi qabul qilinib, uning doirasida «Raqamli iqtisodiyot 2024» dasturi 
tayyorlanmoqda. Qo‘shni Qozog‘istonda esa, ishlab chiqarishni raqamli 
texnologiyalarga o‘tkazilishi va “Sanoat 4.0” dasturi davlat strategiyasi darajasiga 
ko‘tarildi.

Download 0.71 Mb.
1   2   3




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat 4.0: to‘rtinchi sanoat inqilobi

Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish