26
Elektromagnit asboblar sezgirligi magnitoelektrik asboblar sezgirligidan
ancha past, quvvat iste’moli esa juda katta. Elektromagnit asboblarda tashqi
harorat o‘zgarishining ta’siri ham magnitoelektrik asboblarga nisbatan juda katta.
Tashqi maydonning ta’siri astatik usul yordamida keskin kamaytirilishi
mumkin.
Bu usulga ko‘ra bitta o‘qqa ikkita ferromagnit o‘zak mahkamlangan bo‘lib,
ularning har biri o‘zining g‘altagiga maydon ta’sirida tortilish imkoniyatiga ega.
G‘altaklar bir xil bo‘lib o‘zaro ketma-ket va induktiv jihatdan qarama-qarshi
ulangan. Buning natijasida bitta g‘altakda uning xususiy maydoni bilan tashqi
magnit
maydon
qo‘shilsa,
ikkinchi
g‘altakda
ular
ayriladi.
Natijada
qo‘zg‘aluvchan o‘qqa ta’sir etayotgan moment qiymatiga tashqi maydon ta’sir
ko‘rsatmaydi. Berk magnit o‘tkazgichli elektromagnit asboblarning xususiy
magnit maydoni kuchli bo‘lganligi sababli ularning o‘lchashiga tashqi
maydonlarning ta’siri uncha sezilmaydi.