• Elektrostatik asboblarining afzalliklari
  • Kamchiliklari
  • Nazorat savollari
  • Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных




    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/86
    Sana09.02.2024
    Hajmi3,76 Mb.
    #153591
    TuriУчебное пособие
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
    Bog'liq
    YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

    3.4.Elektrostatik o‘lchash asboblari 
     
    Elektrostatik o‘lchash asboblarining siljishi bevosita kuchlanish ta’sirida 
    yuzaga keladi.
    3.5–rasm. Elektrostatik o‘lchash mexanizmi. 
    Shuning uchun elektrostatik asboblar, asosan voltmetrlar sifatida ishlatiladi.
    Quyidagi 3.5-rasmda elektrostatik asbobining sxematik tuzilishi ko‘rsatilgan. 
    Qo‘zg‘almas qism (elektrod) o‘zaro ulangan ikkita metall plastinkalardan 1 
    iborat bo‘lib, ularning orasiga sektorsimon qo‘zg‘aluvchan elektrod 2 
    joylashtirilgan. Berilgan kuchlanish ta’sirida plastinkalar orasida elektr maydoni 
    hosil bo‘ladi.
    Plastinkalarga berilayotgan kuchlanish ortishi bilan qo‘zg‘aluvchan elektrod 
    qo‘zg‘almas elektrodlar oralig‘i tomon tortiladi. Asbobning qo‘zg‘aluvchan 
    qismiga ko’rsatkich tayanch tortqi yoki aks ta’sir etuvchi hamda posangilarga 
    mahkamlanishi mumkin. Elektrodlar alyuminiydan yasaladi.
    Elektrodlar shakli, ularning o‘lchamlari va o‘zaro joylashishini tanlash 
    asosida dC/dα bog‘lanish shunday tanlanadiki, natijada asbob yuqori o‘lchash 
    chegarasining 15 foizidan boshlab shkalaning bir tekis bo‘lishi ta’minlanadi. 
    Elektrostatik asboblarining afzalliklari: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok 
    (chastota diapazoni 20 Gts dan 35 MGts gacha) zanjirlarida foydalanish 
    mumkinligi, quvvat iste’molining kamligi (o‘zgarmas tok zanjirlarida nolga 
    teng), chastota, harorat va kuchlanish shaklining o‘zgarishi va tashqi maydonga 
    sezgirligining juda pastligi. 


    31 
    Kamchiliklari: sezgirligining pastligi, shkalasining notekisligi va namlikka 
    juda sezgirligi. C75 rusumli elektrostatik voltmetr o‘zgarmas va o‘zgaruvchan 
    kuchlanishlarni o‘lchashga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘lchash diapazoni (20...3000)
    V, chastota diapazoni 20 Gts dan 3 MGts gacha. 
    Nazorat savollari 
    1. Magnitoelektrik o‘lchash asbobi haqida nimalarni bilasiz ? 
    2. Magnitoelektrik o‘lchash asboblarining afzallik va kamchiliklarini ayting ? 
    3. O‘lchash turlari va usullari ? 
    4. Elektromagnit asboblarining afzallik va kamchiliklarini ayting ? 
    5. Elektrodinamik o‘lchash mexanizmlari haqida nimalarni bilasiz ? 
    6. Ferrodinamik o‘lchash asboblarini ta’riflang. 
    7. Elektrostatik asboblarining afzalliklari haqida nimalarni bilasiz ? 

    Download 3,76 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных

    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish